10- мавзунинг номи: Мантиқ илмининг предмети, асосий қонунлари. Тушунча тафаккур шакли сифатида


Download 243 Kb.
bet1/5
Sana27.08.2020
Hajmi243 Kb.
#127900
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10 Мантиқ илмининг предмети, асосий қонунлари Тушунча тафаккур шакли




10- мавзунинг номи: Мантиқ илмининг предмети, асосий қонунлари. Тушунча тафаккур шакли сифатида
Мантиқ илмининг асосий масалалари ва уларни тадқиқ этиш йўналишлари. Тафаккурнинг мантиқий шакллари ва қонунлари. Мантиқнинг асосий қонунлари. Айният, зиддият, учинчиси- истисно, етарли асос қонунларининг моҳияти. Формал мантиқнинг предмети ва структураси. Мантиқ илмининг фанлар тизимидаги ўрни.

Тушунчаларнинг шаклланиши ва қўлланиши. Тушунчаларнинг тилда ифода қилиниши: ном ва термин. Тушунчанинг таърифи, тузилиши ва турлари. Тушунчалар ўртасидаги муносабатлар. Тушунчалар билан бажариладиган мантиқий амаллар: тушунчаларни чегаралаш ва умумлаштириш; тушунчани таърифлаш (дефиниция); тушунчаларни бўлиш ва таснифлаш. Фикр юритишда тушунчалар билан боғлиқ хатоликлар.



Мавзу бўйича саволлар.


  1. Тафаккурнинг асосий хусусиятлари нималардан иборат?

  2. Тафаккур шакли нима?

  3. Тафаккур қонуни нима?

  4. Формал мантиқ нимани ўргагади?

  5. Тафаккур қонунлари нималари нималарни акс эттиради?

  6. Формал мантиқнинг асосий қонунларини санаб беринг?

  7. Мантиқ тафаккурнинг қайси жиҳатларини ўрганувчи фан.

  8. Мантиқ тушунчасининг қўлланиш соҳаларини кўрсатинг.

  9. Мантиқий шакл ва мантиқий қонун тушунчаларининг бир-биридан фарқи нимада?

  10. Тўғри фикрлашнинг асосий қонунлари бошқа хусусий қонунларидан нимаси билан фарқ қилади?

  11. Айният қонунининг талаби нимада?

  12. Зиддият қонуни талаби нимада?

  13. Учинчиси истисно қонуни зиддият қонунидан нимасидан билан фарқ қилади?

  14. Етарли асос қонуниниг талабини кўрсатинг.

  15. Тушунча ва сўз, уларнинг бир-биридан фарқи ва узвий бирлигини кўрсатинг.

  16. Тушунчанинг мазмуни ва хажми деганда нимани тушунасиз?

  17. Тушунчанинг мазмун ва хажми жихатдан турларини санаб беринг.

  18. Сиғишадиган ва сиғишмайдиган муносабатдаги тушунчаларнинг бир-бирларидан фарқини кўрсатинг.

  19. Тушунчани таърифлаш, бўлиш, чегаралаш ва умумлаштириш қандай мантиқий амаллар?


Глоссарий.

  1. Мантиқ - тафаккур қонунлари, шакллари ва усулларини ўрганувчи фан.

  2. Логика – грекча “logike” сузидан олинган булиб, “сўз”, “фикр”, “ақл” маъноларини билдиради.

  3. Тафаккур – ақлий билиш босқичи бўлиб, тафаккур жараёнида нарса ва ҳодисаларнинг ўзаро алоқадорлиги, ривожланиш қонуниятлари, истиқболи ҳақида билимлар, ғоялар, гипотезлар ҳосил бўлади.

  4. Тафаккур шакллари – тушунча, ҳукм ва хулоса чиқаришдан иборат бўлади. Булар ҳаммаси объектив борлиқнинг, предмет, ҳодисаларнинг мавҳум тафаккурда ифодаланиш шаклидир.

  5. Мантиқий усул – унинг ёрдамида баён этилган мулоҳазаларга асосланиб тафаккур шакли муайян типдаги буюмлар муносабатини акс эттиради.

  6. Тафаккур қонунлари – чин билимга эришиш мақсадига хизмат қиладиган тўғри фикрлашнинг аниқ нормаларидир.

  7. Мантиқий қонунлар – инсон тафаккуригагина хос бўлган, инсон тафаккурида турли фикр, мулоҳаза, муҳокамалар муносабатидагина амал қиладиган қонунлардир.

  8. Айният қонуни – ҳар бир фикр, муҳокама аниқ, равшан бўлишини ўзида ифодалайдиган мантиқий қонун.

  9. Зиддият қонуни – зиддиятга йўл қўймасликни талаб этувчи, фикрий зиддиятнинг олдини олишга қаратилган мантиқий қонун.

  10. Учинчиси истисно қонуни – тушунчанинг икки зид муносабатини ифодалайдиган мантиқий қонун.

  11. Етарли асос қонуни – фикрлашнинг исботли, ишонарли бўлишини талаб этувчи мантиқий қонун.

  12. Тушунча – буюмларнинг умумий ва муҳим белгиларини инсон онгида яхлит акс эттирувчи тафаккур шакли.

  13. Анализ – тадқиқ этилувчи объектни фикран таркибий қисмларга ажратиш усули.

  14. Синтез – нарса ва ҳодисаларни яхлит, бутун ҳолда олиб, уларнинг тарикибий қисмларини ўзаро бир-бир билан боғлаб текшириш усули.

  15. Категория – тушунчанинг махсус тури. Категория буюмлар муносабати ва боғланишларини инсон онгида энг умумий тарзда инъкос эттирадиган илмий тушунчадир.

  16. Дефиниция – тушунчаларни таърифлаш.

  17. Классификация – тасниф, туркумлаш, бу бўлишнинг энг мукаммал шаклидир.


9.Асосий ва қўшимча адабиётлар
Асосий адабиётлар:

4. Скирбекк Г., Н.Гилье “Фалсафа тарихи”. -Т.: “Шарқ”, 2002. 116-117 бетлар.

5. Хайруллаев М., Ҳақбердиев М. “Мантиқ”. Т.: 1995. “Ўқитувчи” 1,2,4-боб.

6. Шарипов М., Д.Файзихўжаева. “Мантиқ” маърузалар матни. Т.: 2000. 3-4 мавзулар 5-16, 47-70 бетлар.



7. Ивин А.А., “Логика”. М.: 1999. “Гаролрики”. 8-10, 26-29, 32-38 бетлар.

8. Бочаров В.А., Маркин В.И. “Основы логики”. «ИНФРАМ», 1997. 7-28 стр.

9. Саифназаров И., Ж.Маҳкамов “Логика курсини ўрганиш бўйича методик тавсиялар ”.Т:ТДИУ.1992й. 77бет.
Қўшимча адабиётлар:

1. Гетманова А.Д. “Логика” (словарь и задачник). М.: 1998. “Владос” 137-143 стр.

2. Григорьев В.В. “Классическая логика”. М.: 1996. “Владос” 192 стр.

3. Ивлев Ю.В. “Логика”. М.: 1993 г. “Логос”. 1-3 боблар.

4. Трояновский В.М. “Логика в менеджменте. М.:Издательство РДЛ”. 2001. 240 ст.

5. Рахимов И. Логикадан амалий машғулотлар ва методик тавсиялар”. Т.: 1988. “Ўқитувчи”, 1-боб.

Интернет сайтлари.

10. Internet saytlari ва ҳаволалар

  1. www.bilim.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.faylasuf.uz.

  4. www.philosophy.ru

  5. www. gow uz

  6. www. vlibrary. freenet uz

  7. www. press - service. uz

  8. www. filosofia. ru

  9. www. pҳilosopҳy. nsc. ru

  10. ҳttp:// vlibrary. freenet uz.

  11. ҳttp:// psylib ukrweb. net.

  12. www. bilim.uz

  13. www. history.ru


1-Mavzu: Mantiq fanining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida

Reja:

1. Mantiq fanining o‘rganish obyekti va predmeti. Mantiq va boshqa fanlar.

2. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Asosiy mantiqiy qonunlar.

3.Tushuncha tafakkur shakli sifatida. Tushunchaning mazmuni va xajmi.

4. Tushunchalar orasidagi munosabatlar.

5. Tushunchani bo‘lish va ta’riflash.
1. Mantiq fanining o‘rganish obyekti va predmeti. Mantiq va boshqa fanlar.

«Mantiq» arabcha so‘z bo‘lib, ma‘nosi bo‘yicha «logika» so‘ziga muvofiq keladi. «Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘p mahnoligi turli xil narsalarni ifoda qilishida o‘z aksini topadi. Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, obyektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «obyektiv mantiq», «narsalar mantigi» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-qoidalar yigindisini (masalan «subyektiv mantiq» iborasida), va nixoyat, uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rgano‘vchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.

Mantiq ilmining o‘rganish obhektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning moxiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur.

Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida subyektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha xollarda bilish insonning xayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bogliq bo‘lgan, uning ma’lum bir extiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib etishga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o‘z oldilariga ma’lum bir maqsadlarni qo‘yadilar. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo‘nalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi.

Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish - insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi.

Xissiy bilish 3 ta shaklda: sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi. Sezgi predmetning birorta tashqi xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir. Idrok predmetning yaxlit, yaqqol obrazi bo‘lib, u mazkur predmet haqidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida hosil bo‘ladi. Alohida olingan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok berilgan predmetni boshqa predmetlardan (masalan olmani behidan, nokdan va shu kabilardan) farq qilish imkonini beradi. Tasavvur esa avval idrok etilgan predmetning obrazini ma’lum bir signallar (berilgan predmet bilan ma’lum bir umumiylikka ega bo‘lgan) ta’sirida miyada qayta hosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat xissiy bilish shaklidir. Masalan, tanishingizga o‘xshagan kishini uchratganda tanishingizni eslaysiz, yoki ko‘rmoqchi bo‘lgan imoratingizni mavjud imoratlar obrazlari yordamida yaqqol xis qilasiz.

Xissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari katoriga quyidagilar kiradi: Birinchidan, xissiy bilish obhektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) subhektga (individga, to‘g’rirogi, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bogliq bo‘lgan boshqa predmet-signal ta’sir etadi.

Ikkinchidan, xissiy bilish shakllari predmetning tashqi xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.

Uchinchidan, xissiy obraz predmetning yaqqol obrazidan iborat.

To‘rtinchidan, xissiy bilish, konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham, xar bir Alohida xolda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bogliq tarzda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.

Beshinchidan, xissiy bilish bilishining dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. U siz bilish mavjud bo‘la olmaydi. Chunki inson tashqi olam bilan o‘zining sezgi organlari orqali bog‘langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi.

Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, xissiy bilish tafakkur bilan uzviy bogliq. Xususan, nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo‘li bilan, yahni tajribada bunday bilimlarning obhektini qayd etish orqali asoslanadi. O‘z navbatida, xissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida to‘rgan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvoxlarning bergan ko‘rsatmalari asosida jinoyatchining portreti yaratiladi, yaqqol xis qilinadi va qidiriladi.

Lekin, shunga qaramasdan xissiy bilish o‘z imkoniyatlari, chegarasiga ega. U bizga Alohida olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari xaqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik (masalan muz bilan xavoning xarorati o‘rtasidagi boglanish) o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari fark qilinmaydi.

Bundan tashqari, bahzi xollarda xissiyotimiz bizni aldab qo‘yadi. Masalan, uzoqdan sizga qarab yurib kelayotgan kishini tanishingizga o‘xshatasiz, lekin yaqinroq kelganda uning boshqa kishi ekanligi ma’lum bo‘ladi. Boshqa bir misol. Èndi tanishgan kishingiz xaqidagi dastlabki taassurot (bu asosan uning tashqi tamonidan ko‘rinishiga qarab hosil qilinadi), u bilan mulokatda bo‘lgandan keyin o‘zgaradi. Mana shu o‘rinda «Kiyimiga qarab kutib olishadi, aqliga qarab kuzatishadi» degan maqolning xissiy bilish bilan aql o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni, farqni yaxshi ifoda qilishini tahkidlash lozim. Yuqorida qayd etib o‘tilgan xolatlar bilishda tafakkurga bo‘lgan extiyojni, uning moxiyatini, bilishda tutgan o‘rnini chuqur anglashga yordam beradi.

Predmet va hodisalarning moxiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi.

Tafakkur bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio-aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, yahni qonuniy boglanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:

1) Unda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan xolda inhikos qilinadi. Xissiy bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan abstraqlashgan (fikran chetlashgan, mavxumlashgan) xolda, ehtiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, temperament, qiziqish va shu kabilardagi) ehtibordan chetda qoldirgan xolda, ular uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, maqsadga muvofiq xolda mehnat qilish, ongga ega bo‘lish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, boglanish usullarini o‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o‘xshash va muhim belgilariga ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning moxiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tugiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o‘rtasidagi muhim boglanishlar (masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi.



2) Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga xar safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan xolda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab, uning qanday muxitda tarbiya olganligi xaqida fikr yo‘ritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon bo‘ladi.

3) Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo‘lmagan narsalar-yuqori darajada ideallashgan obhektlarni (masalan absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar) ni yaratish, turli xil formal sistemalarni ko‘rish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.

4) Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda-moddiy hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita kabul qila oladigan, xis etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir.

2. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Asosiy mantiqiy qonunlar.



Tafakkurning mantiqiy shakllari uch xil bo‘lib, bular: tushuncha, xukm (muloxaza) va xulosa chiqarish shakllaridir. Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning boglanish usuli, uning stukturasi (tuzilishi) dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda kilingan belgilari xaqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.

Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bo‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida o‘zining maydoniga, axolisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta sohasiga oid bo‘lgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, ma’lum bir metod yordamida ko‘rilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra bir xildir: xar ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. «o‘z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalariga egaligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «predmetlarning birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet xaqida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi», «ma’lum bir metod yordamida ko‘rilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida bo‘lishi» ilmiy nazariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, b, c,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.

Xukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik faqti xaqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-metall» degan xukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall ekanligi) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquqdan ilgari paydo bo‘lgan» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jixatdan turli xil bo‘lgan bu xukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet xaqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi xaqidagi tushuncha (P) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni P ning Sga xosligi tasdiqlangan. Umumiy xolda xukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S-P formulasi yordamida ifoda etish mumkin.

Xulosa chikarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan,

Daraxt - o‘simlik

Terak – daraxt

Terak - o‘simlik

va

Xar bir ximyaviy element o‘z atom ogirligiga ega.



Mis - ximiyaviy element

Mis o‘z atom og‘irligiga ega.

Xulosa chiqarish ko‘rinishlari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Xar ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan xukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda-«daraxt», ikkinchi misolda – «ximiyaviy element» tushunchasi) orqali boglangan.

Yukoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shaklining fikrning konkret mazmunidan nisbatan mustaqil xolda mavjud bo‘lishi va, demak, o‘ziga xos qonuniyatlarga egaligi ma’lum bo‘ldi. SHuning uchun ham mantiqda uni Alohida o‘rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin.

Tushuncha, xukm (muloxaza) va xulosa chikarish tafakkurning universal shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muxokama yuritish ana shular va ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g’oya, argumentlash va shu kabilar) da amalga oshadi.

Muxokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bo‘lishi va formal jixatdan to‘g’ri ko‘rilishi kiradi. CHin fikr deb, o‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (Masalan, «Temir-metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall emas»). Fikrning chin yoki xato bo‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir.

Fikrning chin bo‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo‘lsada, o‘z xolicha yetarli emas. Fikr muxokama yuritish jarayonida formal jixatdan to‘g’ri ko‘rilgan ham bo‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taallukli bo‘lib, tafakkurda hosil bo‘ladigan turli xil mantiqiy strukturalarda, sodir bo‘ladigan xar xil mantiqiy amallarda o‘z aksini topadi.

Fikrni to‘g’ri ko‘rishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin.



Tafakkur qonuni muxokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chikadigan, muxokamani to‘g’ri ko‘rish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, yetarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.

Muxokamani to‘g’ri ko‘rish bilan bogliq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, ularning muayyan printsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g’ri tafakkur printsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muxokamaning noto‘g’ri ko‘rilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish zarur bo‘lgan xuquqiy xujjat», «Buyruq qonun emas», demak, «Buyruq rioya qilish zarur bo‘lgan xuquqiy xujjat emas») yoki xato ko‘rilgan muxokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir-moddiy jism», demak, «Temir-kimyoviy element») mumkin.



To‘g’ri fikrlash qonunlarilari tafakkur qonunlari - deb yuritiladi. Tafakkur qonunlari insonning tarixiy taraqqiyoti va bilish sohasidagi tajribasi asosida shakllangan. Tafakkur qonunlarida insonga xos fikrlash jarayonining eng oddiy, eng umumiy xususiyatlari aks etgan. Tafakkur qonunlari muhokama jarayonida fikrlar orasidagi munosabatlarga taalluqli bo‘ladi. Fikrlarning to‘g’ri tuzilganligi va ular orasidagi ichki aloqadorlik mantiq qonunlarida o‘z ifodasini topadi. Mantiq qonunlariga quyidagilar kiradi: 1) ayniyat qonuni; 2) ziddiyatsizlik qonuni; 3) mustasno qonuni; 4) yetarli asos qonuni. Mantiq qonunlari faqat inson fikrlarigagina tadbiq etiladigan qonunlar hisoblanadi. SHuning uchun ham ular tafakkurning xususiy qonunlari, deb yuritiladi. Tafakkur qonunlari fikr – muhokamalar orasidagi eng umumiy, zaruriy, takrorlanadigan, qat’iy, ichki aloqadorliklarni ifodalaydi hamda mantiqiy (ya’ni to‘g’ri) fikr yuritish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ayniyat, ziddiyatsizlik, uchinchisi mustasno qonunlari Aristotelning «Metafizika» asarida ta’riflab berilgan. Yetarli asos qonuni nemis faylasufi, matematik Leybnits tomonidan asoslangan.

Mantiq qonunlari mantiqiy fikrlashning to‘g’ri amalga oshishini ta’minlaydi.



Mantiq qonunlari umuminsoniy xarakterga ega. Inson qaysi millatga mansub bo‘lmasin, qanday tilda muloqotga kirishmasin, uning fikrlari muayyan talablarga javob bermog’i lozim:

- Fikrlar aniq bo‘lsin.

- Fikr yuritish jarayoni izchil, muayyan tartibda kechishi lozim.

- Aynan bir narsa haqida fikr yuritayotganda ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslik, bir savolga bir vaqtning o‘zida ham «ha», ham «yo‘q».

- Fikrning chinligini ta’minlash uchun, asoslamoq lozim.



Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling