10- мавзунинг номи: Мантиқ илмининг предмети, асосий қонунлари. Тушунча тафаккур шакли сифатида


Download 243 Kb.
bet5/5
Sana27.08.2020
Hajmi243 Kb.
#127900
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 Мантиқ илмининг предмети, асосий қонунлари Тушунча тафаккур шакли


v) tushunchalarni bo‘lish. Tushunchalarning hajmi bo‘lish operatsiyasi orqali aniqlanadi. Tushunchalar hajmini aniqlash mantiqiy usuli tushunchalarni bo‘lish deyiladi.

Bo‘lish deganda tushunchalarda ifodalangan predmet, hodisalarni fikran kichik guruppalarga ajratish nazarda tutiladi. Hajmi aniqlanadigan tushuncha bo‘linuvchi tushuncha; bo‘lish uchun olingan belgi-bo‘lish asosi, bo‘lish natijasida tushunchalar bo‘linma deyiladi. Tushunchalarni bo‘lishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak;

1. Tushunchalarni bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshiriladi. Masalan, uchburchaklar-o‘tkir burchakli uchburchak, o‘tmas burchakli uchburchak, to‘g’ri burchakli uchbarchak.

2. Tushunchalarni bo‘lish mutanosib bo‘lmog’i kerak. Buning ma’nosi shuki, bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan tur tushunchalarining hajmi bo‘linuvchi (jins) tushuncha hajmiga teng bo‘lmog’i lozim.

Masalan, materiklar tushunchasi tarkibiga YevroOsiyo, Afrika, Avstraliya, SHimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida tushunchalari kiradi. .

Z. Bo‘lish natijalari bir-birini istisno qilishi kerak.

Masalan, «tabiat» (A)ni bo‘lish orqali «jonli tabiat» (B), «jonsiz tabiat» (V) hosil qilinadi.

4. Tushunchalarni bo‘lishda sakrash bo‘lmasligi kerak, ya’ni tushunchalarning yaqin turini olish kerak.

Masalan, gap (A) bo‘lish orqali, sodda gap (B), qo‘shma gap (V). Agar biz gaplarni sodda va bog’langan qo‘shma gap deb bo‘lsak, jins qolib jinsni bir turiga o‘tiladi. Bunday bo‘lishi noto‘g’ridir.

Tushunchalarni bo‘lish mantiqiy usulni predmetlarni qismlarga ajratishdan farqlamoq lozim. Masalan, “Hafta” deganda – dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba nazarda tutiladi. Dushanba - haftaning birinchi kuni.

Tushunchalarni bo‘lishning bir qator yo‘llari bor. Ular tushunchalarni bo‘lish usullari deb yuritiladi. Tushunchalarni bo‘lish usullariga: a) jins tushunchalarni tur tushunchalariga bo‘lish; b) dixotomiya asosida bo‘lish; v) klassifikatsiya kiradi.

Tushunchalarni bo‘lishning eng keng tarqalgan usuli jins tushunchalarni tur tushunchalarga bo‘lish hisoblanadi. Masalan; gap bo‘laklari deganda gapning bosh bo‘laklari va ikkinchi darjali bo‘laklari nazarda tutiladi.

Tushunchalarni hajmiga ko‘ra ikkita bir-birini istisno qiluvchi zid tushunchalarga ajratish usuli ham mavjud bo‘lib, bu dixotomik bo‘lish deyiladi. Bunda tushunchalarning biri ikkinchisini istisno qiladi: Masalan, o‘qituvchilar: fiziklar va fizik emaslar.

Dixotomik bo‘lishda bo‘linuvchi va bo‘linma o‘rtasida hajm jihatdan nomutanosiblik istisno-qilinadi. Bo‘lish to‘g’ri amalga oshirilsa, bo‘linuvchi va bo‘linma hajm jihatdan har doim teng bo‘ladi.

Tushunchalarni bo‘lishning alohida turi tasniflash-klassifikatsiyadir. Klassifikatsiya obyektiv olamdagi buyumlarni ifodalovchi tushunchalarni o‘xshash belgilari va farqiga qarab ma’lum gruppalarga, turlarga sinflarga bo‘lishdir.

Klassifikatsiya (tasnif) - obyektiv olamdagi predmetlar, hodisalar haqidagi bilimlarimizni sistemalashtirish, ma’lum bir tartibga solib o‘rganishning muhim usulidir. Amaliy ehtiyoj talablariga ko‘ra tushunchalarni bo‘lish asosini o‘zgartirish mumkin. Lekin klassifikatsiyada bo‘lish asosi nisbatan barqarorligi, doimiyligi bilan ajralib turadi.

Mantiqda klassifikatsiya ikki gruppaga: tabiiy va sun’iyga bo‘linadi. Tabiiy klassifikatsiya ilmiy tadqiqotning natijasi va muxim vositasi bo‘lib, bilish jarayonida katta axamiyatga ega. Tabiiy klassifikatsiyada predmetlar eng umumiy va eng muhim belgilari asosida guruhlarga bo‘linadi. Ushbu usul o‘simliklarni va hayvonlarni klassifikatsiya qilishda ayniqsa keng qo‘llaniladi. Sun’iy klassifikatsiya esa tashqi belgilarga asoslanadi va turli - tuman predmetlarni, ularni aks ettiruvchi tushunchalarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Tabiiy klassifikatsiyaga misol sifatida Mendeleevning ximiyaviy elementlarining davriy sistemasini, O‘simliklar, hayvonlar klassifikatsiyasini keltirish mumkin. Kutubxonadagi kitoblarni alfavit tartibda joylashtirish sun’iy klassifikatsiyaga misol bo‘la oladi.

g) tushunchalarni ta’riflash. Tushunchalarni ta’riflash hayotda keng qo‘llanadigan mantiqiy usuldir. Ta’riflash yordamida biz ta’riflanuvchi tushunchaning mazmunini, mohiyatini ochamiz. Odatda biror predmetni bilganimizdan keyingina uning mazmunini, asl mohiyatini aniqlab, fanga yangi atama kiritamiz. Bunga tushunchada ifodalangan predmetning asosiy belgilarini aniqlash orqali erishamiz.

Tushuncha mazmunini ifodalovchi asosiy belgilarini ochib berishga qaratilgan mantiqiy usulga tushunchalarni ta’riflash (definitsiya) deyiladi. Masalan «kvadrat» tushunchasiga ta’riflashda uning asosiy belgilari, ya’ni teng tomonli, to‘g’ri burchakli to‘rtburchakdan iborat geometrik shakl ekanligini nazarda tutamiz.

Tushunchani ta’riflash uning muhim belgilarni ochib berishni taqozo etadi. Masalan: Davlat - jamiyatni siyosiy hokimiyat yordamida maxsus boshqaruv shaklidir. Tushuncha ta’rifi ikki qismdan iborat bo‘ladi.



  1. Ta’riflanuvchi. Bu mazmunni ochilishi lozim bo‘lgan tushuncha.

  2. Ta’rifning o‘zi bu- tushuncha mazmunini ochishga yordam beradigan belgilarni ochib berish

Tushunchalarni ta’riflash turlari deganda;

A) yaqin jins va tur orqali ta’rif;

B) nominal ta’rif;

V) genetik ta’rif nazarda tutiladi.

Yaqin jins va tur orqali ta’rifda ta’riflanuvchi tushuncha, uning tur belgisi va jinsga mansubligi ifoda etiladi.

Jamiyat o‘z - o‘zidan tashkillanuvchi, o‘z - o‘zidan rivojlanuvchi ijtimoiy organizm. Bu ta’rifda mazmuni ochilish lozim bo‘lgan tushuncha – “jamiyat”, uning tur belgisi “o‘z-o‘zidan tashkillanuvchi”, “o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi”, jins ifodasi - “ijtimoiy organizm”.

Tariflash quyidagi formula (mantiqiy shakl)da ifodalash mumkin: A tur B jins + A tur.

Genetik ta’rifda tushunchada ifodalangan predmetning kelib chiqishi, uning nimadan tuzilganligi qanday shakllanganligi kabi o‘ziga xos tomonlariga e’tibor beriladi. Masalan: nutq - mehnat jarayonida yuzaga kelgan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiluvchi, insonlargagina xos bo‘lgan aloqa vositasidir.

Ta’rif real va nominal turlarga bo‘linadi.



Nominal ta’rifda tushunchani ifodalagan so‘z, nom - terminning ma’nosi bayon etiladi. Real ta’rif o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. Nominal ta’rifda biologiya «bio» - hayot, «logos» - fan degan so‘zdan olingan bo‘lib, hayot to‘g’risidagi fan desak, real ta’rifda «biologiya» - hayot qonuniyatlari va jonli mavjudotlarning o‘sishi haqidagi fandir, deymiz.

Masalan: «Informatika axborotni hosil qilish, saqlash, qayta ishlash jamiyatiga tadbiq etish yo‘llari va usullari haqidagi fan» dir ta’rifi real ta’rifiga misol bo‘la oladi.



Ta’riflashning hamma fanlar uchun zarur bo‘lgan mantiqiy qoidalari mavjud. Ularga amal qilingandagina ta’rifda aniqlikka erishiladi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:

1. Ta’riflash teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni ta’riflanuvchi predmet hajmi bilan ta’riflovchi hajmi teng bo‘lishi kerak. Agar biz, falsafa - tabiat, jamiyat haqidagi eng umumiy bilimlarni o‘rganadigan fandir desak, bu ta’rif noto‘g’ri, chunki ta’riflanuvchi tushunchaning xajmi ta’riflovchidan keng;

2. Ta’riflashda eng yaqin jins tushunchani olish kerak. Agar biz san’at ijtimoiy ong formasi desak, noto‘g’ri bo‘ladi, chunki «ijtimoiy ong formasi» san’atning yaqin tur belgisi emas.

3. Ta’rifda belgi faqat ta’riflanuvchi predmetga tegishli bo‘lishi va uning barcha predmetlardan farqini ko‘rsatib berishi kerak. Agar biz «baliq» suvda yashovchi jonzotdir, deb ta’riflasak, noto‘g’ri bo‘ladi, chunki yuqoridagi qoida buzilgan hisoblanadi.

4. Ta’rif inkor shaklida bo‘lmasligi, tushunchada ifodalangan narsa, hodisaning asosiy belgilari ko‘rsatilishi kerak. Masalan. «baliq» - ilon emas, deb ta’rif bersak, xato bo‘ladi.

5. Ta’riflash aniq bayon qilingan bo‘lishi kerak. Noaniqlik noto‘g’ri ta’riflashga olib keladi.

Ko‘rinadiki, obyektiv olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini ochishda ta’riflash muhim rolь o‘ynaydi.

ТЕСТЛАР.
1. Формал логика нимани ўрганади?

А) фикрларнинг конкрет мазмунидан мавҳумлашган шакл ва қонунларни ўрганади

Б) тафаккур хусусиятларини ўрганади

C) тафаккурнинг нутк билан боғлиқлигини ўрганади

Д) тафаккурни шакллари, қонунлари ва усулларини ўрганади
2. Мантиқнинг назарий аҳамияти қандай?

А) тўғри фикр юритишни қандай амалга ошиши ҳақида билим беради

Б) нарса ва ҳодисалар ҳақида билим беради

C) исботлашни ўрганади

Д) табиий ҳодисаларнинг қонунларини ўрганади

3. Тафаккур қонунлари нима?

А) фикрлар ўртасидаги зарурий, муҳим, умумий , турғун такрорланиб турувчи боғланишларни ўзида ифодалайди

Б) объектив оламдаги предмет ва воқеаларнинг зарурий умумий муҳим, турғун такрорланиб турувчи боғланишларни ифодалайди

C) объектив воқеликдан нарса ва ҳодисаларнинг томонларини акс этади

Д) тафаккурнинг умумий боғланишини ифодалайди

4. Тушунча мазмунига кўра қандай турларга бўлинади?

А) якка, мавҳум, конкрет

Б) конкрет, мавҳум, нисбатдош, ижобий, салбий

C) конкрет, мавҳум, тўпланма, мусбат, манфий

Д) мавҳум, нисбатдош, ижобий, салбий
5. Тушунчанинг белгилари қайси турларга бўлинади?

А) якка ва умумий Б) муҳим ва номуҳим C) илмий ва оммавий Д) А ва Б


6. Ҳажм жиҳатидан чегараланган умумий тушунчаларни кўрсатинг.

А) океан (сув ҳавзаси) Б) ўсимлик C) атом Д) сув


7. қуйидаги қайси тушунчалар қисман мос келиши муносабатида бўла олади?

А) ручка ва қалам

Б) шаҳар ва қишлоқ

C) давлат ва вилоят

Д) ўқитувчи ва врач
8. қуйидаги қайси тушунчалар тартиби умумлаштириш ва чегаралашга тўғри мисол бўла олади?

А) океан, Тинч океан, денгиз, Орол денгизи

Б) терак, арча, дарахт, ўсимлик

C) фалсафа, мантиқ, ижтимоий фан, фан

Д) кўк кит, кит, ҳайвон, тирик мавжудот
9. Абу Али Ибн Сино ва Фаробий тушунчаларининг ҳажм муносабатлари.

А) қисман мос тушунча

Б) бирга буйсуниш муносабатидаги тушунча

C) мос тушунча

Д) қарама-қарши тушунча

10. “Ҳар бир буюм ва ҳодисанинг реал асоси бўлгани каби уларнинг инъикоси бўлган фикр – мулоҳазалар ҳам асосланган бўлади” бу қайси формал мантиқ қонунининг таърифи ҳисобланади?

А) айният қонуни

Б) зиддият қонуни

C) ицисно қонуни

Д) етарли асос қонуни

11. қайси бир формула учинчиси ицисно қонунига тегишли?

А) А предмети а,в,с,д дир

Б) Агар Р бўлса, Р бўлади

C) «А – Б» дир, «А – Б» эмас

Д) А ёки А эмас C ҳожат ёъқ
12. Логика сўзининг луғавий маъноси қандай?

А) логика (юнонча логике) – бу мантиқнинг бузилиб айтилишиди

Б) логика (юнонча логике) – бу тушунча ва хулоса чиқариш

C) логика (юнонча логике) – ҳукм, тушунча деган маънони англатади

Д) логика (юнонча логике) – сўз, фикр, тафаккур деган маънони билдиради


13. Баланд ва пац тушунчалари қайси муносабатларга мисол бўла олади?

А) буйсуниш

Б) қарама – қарши

C) қисман мос келиш

Д) зидлик
14. Тушунча шаклланишининг мантиқий усуллари.

А) таққослаш

Б) анализ ва синтез

C) абцраксиялаш, умумлаштириш

Д ) барча жавоблар тўғри
15. Бўлинувчи тушунчани ўзаро тур бўлган иккита тур тушунчага ажратиш бўлишнинг қайси тури ҳисобланади?

А) классификатсия

Б) дихотомик бўлиш

C) синфлаш

Д) асос бўлган белгини ўзгаришига қараб бўлиш
16. қайси бир формула учинчиси ицисно қонунига тегишли?

А) А предмети а,в,с,д дир

Б) Агар Р бўлса, Р бўлади

C) «А – Б» дир, «А – Б» эмас

Д) А ёки А эмас C ҳожат ёъқ
17. Тушунчанинг мантиқий таркиби қандай бўлади?

А) унинг тузилишидир Б) унинг ҳажмидир

C) унинг мазмунидир Д) унинг логик усуллари мажмуидир.
18. Тушунчани ҳажмига кўра қандай турлари бор?

А) якка, умумий, тўпланма ( ёки хусусий) Б) конкрет, умумий, нисбатдош

C) мавҳум, тўпланма, хусусий Д) зарурий, якка, умумий
19. Тушунча шаклланишининг қайси усулида предмет фикран уни ташкил қилувчи қисмлар, томонларга ажратилиб, ҳар қайси алоҳида ўрганилади?

А) таққослаш Б) синтез C) анализ Д) умумлаштириш


20. қуйидагиларни қайси бири якка тушунча ҳисобланади?

А) шаҳар Б) давлат C) Зарафшон дарёси Д) дўцлик


21. Қуйидаги қайси тушунчалар қисман мос келиши муносабатида бўла олади?

А) ручка ва қалам

Б) шаҳар ва қишлоқ

C) давлат ва вилоят

Д) ўқитувчи ва врач


22. Тушунчаларнинг таърифлаш қоидалари кўрсатинг.

А) ҳар бир таъриф мутаносиб бўлмоғи лозим.

Б) таъриф айланма бўлмаслиги лозим.

C) таъриф инкор этиш орқали бўлмаслиги лозим, таъриф аниқ ва метафорасиз бўлмоғи лозим.



Д) барча жавоблар тўғри.
23.Тушунчаларни таърифлаш мантиқда нима деб аталади?

А) дефинитсия Б) классификатсия C) аргументатсия Д) аннотатсия
Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling