10. Amaliy o’quv mashg’ulotlarning o’qitish texnologiyasi Mavzu
Download 211.91 Kb.
|
10-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matn protsessori
- Kiritish amali
- Muharrirlik qilish
Matn muharriri deb asosan matnli fayllarni tahrirlash elementlarini ishlatmasdan tayyorlaydigan dasturga aytiladi. Tahrirlash elementlari deganda matn qismlarini har xil shriftlar bilan ajratib ko’rsatilmaganligi tushuniladi.
Bunday muharrirlar asosan kompyuter dasturlari matnini yaratishda ishlatiladi. Matn protsessori matnni formatlash, hujjatga grafika va boshqa obyektlar joylashtirish imkonini beradigan dasturlardir. Bunday turdagi muharrirlarga Word matn muharririni misol qilib keltirish mumkin. Microsoft Word – MS Office paketi tarkibiga kiruvchi universal matn muharriri bo’lib, unda matnlarni kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu matn muharririda o’zidan oldingi matn muharrirlarida yaratilgan matnlarni import qilish imkoni berilishi bilan bir qatorda o’zida yaratilgan mantlarni MS Office dasturiy mahsulotining boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko’rinishida va boshqa ko’rinishlarda eksport qilish imkoni ham mavjud. Matnlarni tayyorlashda qulayliklari juda katta bo’lgan zamonaviy dasturlardan biri – Microsoft Wordda tayyorlanadigan matnda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, videoklipplarni joylashtirish imkoni mavjud. Kompyuterda qog’ozga tushuriladigan matnlarda harf, raqam, belgilar va hokazolar asosiy vosita hisoblanadi. Kompyuterda matnlarni tayyorlashda asosan uch guruh amallardan foydalaniladi: kiritish, muharrirlik qilish, formatlash. Kiritish amali – berilgan matnni elektron ko’rinishga o’tkazish, ya‘ni kompyuter xotirasida saqlanadigan faylda ifodalashdir. Bundan tashqari matnlarni kiritish faqat klaviatura yordamida bo’lmasdan, balki skanerlash yo’li bilan matnni kiritish, maxsus yaratilgan dasturlar yordamida hujjatlarni grafikli tasvir ko’rinishidan matnli ko’rinishga o’tkazishlardan iborat bo’ladi. Muharrirlik qilish (to’g’rilash) amali – mavjud elektron hujjat ko’rinishda ba‘zi qo’shish va o’chirish yo’llari bilan o’zgartirishlar hosil qilish, matn qismlarining o’rnini almashtirish, bir necha fayllarni bitta faylga keltirish va aksincha bittasini bir nechta mayda matnlarga bo’lish ishlaridan iboratdir. Matnlar ustida ishlashda kiritish va muharrirlik qilish ko’pincha bir vaqtning o’zida parallel ravishda bajariladi. Kiritish va muharrirlik qilishda matn tarkibi shakllantiriladi. Форматlash amallari yordamida hujjatlar shakllantiriladi. Uning buyruqlari matnni monitor ekranida yoki qog‘ozda qanday ko’rinishda ifodalanishini to’liq aniqlaydi. Download 211.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling