10. Amaliy o’quv mashg’ulotlarning o’qitish texnologiyasi Mavzu


XOTIRADA MAVJUD HUJJATLARNI YUKLASH


Download 211.91 Kb.
bet8/10
Sana20.01.2023
Hajmi211.91 Kb.
#1105124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-dars

XOTIRADA MAVJUD HUJJATLARNI YUKLASH
Xotirada mavjud hujjatlarni yuklash uchun gorizontal menyu satridan «Файл»-«Открыт» buyruqlar ketma-ketligi yoki unga mos keluvchi uskunalar panelidagi piktogrammasi yordamida yuklash operatorining maxsus oynasi ochiladi.
Bu oynada joriy manzilga tegishla bo’lgan fayllar ro’yxati akslanadi. Ro’yxatdagi ixtiyoriy fayl belgilanib «Открыт» tugmasi bosiladi. Natijada tanlangan fayl yuklanadi.
MATNLI HUJJATLARGA AVTOFIGURALAR QO‘YISH
«АВТОФИГУРА» – Microsoft Word dasturi tarkibiga kiruvchi belgilar majmui hisoblanadi.

  1. Hujjatlarga rasmlardan tashqari, avtofiguralar ham qo’yish mumkin. Buning uchun «Вставка» menyusidan «Рисунок» bo’limini tanlaymiz va hosil bo’lgan menyudan «Автофигуры» bo’limini tanlab, sichqonchaning chap tugmasini bosamiz.

  2. Natijada «Автофигуры» nomli uskunalar paneli hosil bo’ladi. Siz bu panelni istalgan joyga qo’yishingiz mumkin. Bu panelda oltita tugma bor. Bu tugmalar nomi quyida keltirilgan:


MATNLI HUJJATLARGA FORMULALAR KIRITISH VA

TAHRIRLASH


Tibbiy kuzatish olib borish jarayonida olingan ma‘lumotlar ustida statistik hisoblash bajarishda, matn ko’rinishidagi ma‘lumotlarni jadval yoki natija ko’rinishida taqdim etishda albatta matematik formulalardan foydalanishimizga to’g’ keladi. Matnli hujjatlarga formulalar kiritish kerak bo’lsa, «Вставка» menyusidan «Уравнение» buyrug’i yoki uskunalar panelidagi «Редактор формул» tugmasidan foydalanish kerak.


  1. Agar bu tugma uskunalar panelida bo’lmasa, u holda «Вид» menyusidan «Панел инструментов» bo’limidagi «Настройка»

bo’limini tanlashdan hosil bo’ladigan

  1. «Настройка» oynasidan foydalanib tugmani qo’yib olamiz.

Formulalarni kiritishdan avval hujjatda ularni kiritish kerak bo’lgan joyga kursorni qo’yamiz va «Редактор формул» tugmasini bosamiz. Natijada WORD oynasi ko’rinishi o’zgaradi va Formula nomli panel va kursor atrofi markerlar bilan ajratilgan soha bilan o’raladi.
Formula nomli paneldan kerakli bo’lim tugmasi bosilib, hosil bo’lgan oynadagi elementlardan kerakli element tanlanadi va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Natijada tanlangan element kursor o’rnida hosil bo’ladi va shu tarzda formula elementlarini kiritish davom ettiriladi. Formula kiritilib bo’lgandan so’ng sichqoncha ko’rsatkichini sohadan tashqariga joylashtirib, uninig chap tugmasini bosamiz, natijada avvalgi WORD oynasi hosil bo’ladi va matn kiritishni davom ettiramiz.

Download 211.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling