10. Amaliy o’quv mashg’ulotlarning o’qitish texnologiyasi Mavzu


Download 211.91 Kb.
bet9/10
Sana20.01.2023
Hajmi211.91 Kb.
#1105124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-dars

FORMULALARNI TAHRIRLASH


  1. Agar kiritilgan formulalarda xatolik topilsa yoki o’zgartirish kerak bo’lib qolsa, u holda formula ustiga sichqoncha ko’rsatkichini qo’yib uning chap tugmasini ikki marta bosamiz.

  2. Natijada formulani kiritish va tahrirlash rejimiga o’tamiz. Kerakli o’zgartirishni qilib bo’lgandan keyin yana sichqoncha ko’rsatkichini soha tashqarisiga qo’yib uning chap tugmasini bosamiz.

  3. Formula o’lchamini o’zgartirish uchun formula ustiga sichqoncha ko’rsatkichini qo’yib chap tugmani bir marta bosish kerak. Natijada formula atrofida markerlar hosil bo’ladi. Markerlar yordamida formula o’lchamini kerakligicha o’zgartirish mumkin.

  4. Formulani tekislash tugmalari yordamida ixtiyoriy tekislash mumkin.

Agar formulani butunlay o’chirib tashlash kerak bo’lsa, u holda formulani belgilab olib klaviaturadan «DELETE» tugmasini yoki uskunalar panelidan «Вырезать» tugmasini bosish bilan o’chirish mumkin.

  1. Bu yerda ham kontekst menyudan foydalanish mumkin.

Word dasturida diagramma yaratish, ular ustida ishlash va chop etish
Ko’p hollarda hujjat uchun diagrammalar Excel dasturida yaratiladi. Lekin diagrammani Word matn muharririda ham yaratishimiz mumkin. Buning uchun biz menyular satridan
«Вставка» menyusining «Рисунок»-«Диаграмма» komandasini beramiz. Agar uskunalar panelida diagramma piktogrammasi bo’lsa, uni tanlash yo’li bilan ham ishchi sohaga diagramma va uning parametrlarini belgilovchi jadvalni joylashtirishimiz mumkin. Hujjatda tayyor jadval bo’lib, uning diagrammasini yaratmoqchi bo’lsak, u holda jadvalni belgilab olib, menyular satridan «Вставка» – «Рисунок»-«Diagramma» komandasini tanlasak yoki uskunalar panelidan diagramma piktogramasini bossak, diagramma parametrlarini belgilovchi jadvalda bizning hujjatdagi jadval parametrlari asosida yaratilgan diagrammani yaratishimiz mumkin. Agar hujjatda jadval bo’lmasa, u holda ishchi sohada hosil bo’lgan jadvalga o’zimizning parametrlarimizni kiritishimiz mumkin.
Ekranda diagramma va jadval hosil bo’lishi bilan dasturning uskunalar paneli elementlari diagramma rejimiga o’tadi. Bu rejim uskunalar paneli elementlari yordamida diagramma elementlarini tahrirlashimiz mumkin.
Belgilangan nuqtalardan diagramma o’lchami kattalashtiriladi.

Download 211.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling