10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi


Download 130.01 Kb.
bet2/19
Sana31.10.2023
Hajmi130.01 Kb.
#1735964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)

To’ldiruvchi qism:
Vabo kasalligini ifloslangan suv orqali tarqaluvchi bakteriya tomonidan keltirib chiqariladigan kasallik sifatida ta'riflaydi.
Aktiv immunitetni organizmning antitanalar ishlab chiqarish yo’li bilan patogenlardan himoyalanishi deb ta’riflaydi.
Har bir kasallik qo’zg’atuvchisida spetsifik shaklga ega o’z antigenlari mavjudligini biladi.
Antitanalarni antigenlar bilan bog’lanib patogenlarning bevosita o’limiga olib keluvchi yoki fagotsitlar tomonidan nobud qilinishiga yordam beruvchi oqsillar sifatida ta’riflaydi. Spetsifik antitanalar spetsifik antigenlarga mos keluvchi komplementar shaklga egaligini tushunadi.
Faol immunitet patogen yuqtirib olinganidan so’ng yoki emlash natijasida hosil qilinishini tushuntiradi.
Emlash jarayonining quyidagi bosqichlariga ta’rif beradi:
• organizmga kuchsizlantirilgan qo’zg’atuvchilar yoki ularning antigenlari kiritiladi
• antigenlar antitanalar ishlab chiqaruvchi limfotsitlarning immun javob reaksiyalarini keltirib chiqaradi
• uzoq muddatli immunitetni ta’minlovchi immun xotira hujayralari hosil bo’ladi.
Yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashda emlashning tutgan o’rnini izohlaydi.
Nofaol immunitetni boshqa insondan, shu jumladan ona suti va homiladorlik davrida yo’ldosh orqali o’tgan antitanalar yordamida ta’minlanuvchi patogenlarga qarshi qisqa muddatli himoya deb tushutiradi.
Go’daklarda nofaol immunitetni shakllantirishda ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyatini tushuntiradi.
Nofaol immunitetda immun xotira hujayralari hosil bo’lmasligini biladi.

O’quvchi kitobi:
Loyiha
Imtihon savollari namunalari: 4,5 va 7-9

Ish daftari


10.4-mashq: Immun javob reaksiyasi


Hayotiy tajribalar (background knowledge)
-Aksariyat o’quvchilar “kasallik” va “immunitet” atamalari haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Ammo ularning juda oz qismi mazkur bobda yoritilgan atamalarning batafsil tafsilotlarga duch kelgan. Agar o’quvchilar ushbu atamalar haqida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmasalar, ulardan so’nggi marta qachon biron kasallik bilan kasallanganliklari, nima sababdan go’daklar va keksalar ko’proq kasallikka chalinishlari haqida so’rang. Bulardan mazkur ikki atamaga ta’rif berishda asos sifatida foydalaning.
-O’quvchilarga “limfotsit” va “antitana” atamalari bilan 9-bobda berilgan qon aylanish tizimi yuzasidan bajargan topshiriqlari orqali tanishgan. Mavzuni boshida, qonning asosiy vazifasi kislorod transportini ta’minlash ekani, bundan tashqari qon organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishda katta ahamiyatga egaligini ta’kidlang.

Download 130.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling