10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi


Download 130.01 Kb.
bet9/19
Sana31.10.2023
Hajmi130.01 Kb.
#1735964
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)

Baholash uchun g’oyalar: O’quvchilarga so’nggi bir soat mobaynida necha marta o’zining yuziga, boshqalarga yoki boshqalar tekkan buyumlarga qo’l tekizganlari haqida juftliklarda muhokama qilishni taklif eting. Javoblar ularni hayron qoldiradi. Muhokama jarayonida yon-atrofdan patogenlarni yuqtirib olish xavfi doim mavjudligini tushuntiring.
2 Qo’llar tozaligini o’rganishni rejalashtirish (40 daqiqa)
Ta’lim maqsadi: Qo’llarni yuvish kabi gigiyenik chora kasalxonalarda va oziq ovqat mahsulotlarini xavfsiz ishlab chiqarishda, ayniqsa oqova suvlar bilan ifloslangan suvda uchraydigan vabo bakteriyasiga tegishli holatlarda yuqumli kasalliklar tarqalishini kamaytirish uchun muhim chora hisoblanadi. Mazkur mashqda o’quvchilar qo’llarni yuvish samaradorligini baholash imkonini beruvchi tadqiqotni rejalashtirishtiradilar.
Mazmun va maqsad: O’quvchilarga darsikdagi 10.1- “Yuqumli kasalliklar” mashqini bajarishni taklif eting. Bu “o’yla, taqqosla, o’rtoqlash” mashqi bo’lib, o’quvchilardan o’z boshlaridan kechirgan yuqumli kasalliklari haqida fikrlab, ularning ro’yxatini tuzadilar va bu kasalliklarni qanday yuqtirib olganliklari haqida ayrim ma’lumotlarni keltiradilar; so’ng ular o’z fikrlarini partadoshlari bilan o’rtoqlashadilar va internet materiallaridan foydalanib o’z muhokamalari natijalarini tekshiradilar. Ayrim o’quvchilar hazm qilish tizimini zararlovchi kasalliklarni keltirib o’tadilar, shu bois topshiriqni vabo kasalligi, uning belgilari, tarqalish yo’li, davolash usullari va 2010-yilda Gaitida sodir bo’lgan epidemiyasining muhokamasi bilan to’ldiring. Darslikdagi 10.15 va 10.16-rasmlardan foydalaning. O’quvchiarga qo’llarni yuvish samaradorligini baholash bo’yicha tadqiqotni rejalashtirishni taklif eting. Bunda qo’llarni yuvishdan oldingi va keyinggi bakteriyalar koloniyalari soni erksiz o’zgaruvchi ekanligini aytib o’ting. Bu vazifani dars mashg’uloti tarzida o’tkazishingiz mumkin; bunda maktab oshxonasiga borish maqsadga muvofiq. O’quvchilarga juftlikda yoki guruhlarda tadqiqotni tashkil etish yuzasidan plakat tayyorlashni taklif eting. Bu topshiriqni rejalashtirishda guruhning har bir a’zosiga turli rollar taklif eting, masalan o’zgaruvchilarni standartizatsiya qiluvchi o’quvchi (masalan inkubatsiya davri, nazoratning ahamiyati), xavfsiz amaliyotga mas’ul o’quvchi va ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligiga mas’ul o’quvchi. O’quvchilarga Petri idishlari va aseptik usullar, bakteriylar koloniyalarini o’stirish va sonini hisoblash, “yuqish”, “sterillik” va “inkubatsiya” kabi kalit so’zlar tanish bo’lmasa, foydalaniladigan jihozlar ro’yxatini keltiring. Konstruktiv teskari aloqani ta’minlash maqsadida o’quvchilarga plakatlarni ko’zdan kechirish, boshqa guruhlar plakatlariga o’z fikrlari yozilgan stikerlar yopishitirishga ruxsat bering.

Download 130.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling