10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi
Manbalar: darslikdagi Imtihon savollari namunalari
Download 130.01 Kb.
|
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy vazifasi uchun g’oyalar 1 Ishchi daftardagi 10.1-10.3-mashqlar
Manbalar: darslikdagi Imtihon savollari namunalari: 1-3 va 6, yoki Ish daftaridan 10.2-mashq.
Mazmun va maqsad: O’quvchilar mustaqil holda yoki juftlikda darslikda berilgan “shaxsiy rivojlanish nazorati” uchun savollarga javob beradilar. O’quvchilarga bir-birlarining ishlarini baholashlariga imkon bering. Ushbu bosqichda ishchi daftarda AQSh dagi ovqatdan zaharlanish holatlariga bag’ishlangan 10.2-mashqni bajarish mumkin. O’quvchilarga patogenlar va ularning xo’jayin organizmida keltirib chiqaruvchi simptomlar o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni aks ettiruvchi konseptual xarita tuzishni taklif eting. Masalan, vabo va sil kasalliklari qo’zg’atuvchilari bakteriyalar hisoblanadi. Konseptual xaritalarni ko’zdan kechiring va har bir guruhga bajargan ishlari va foydalangan havolalar haqida bir daqiqalik taqdimot tayyorlashni taklif eting. Ushbu mashqni bajarishda ular nimalarga oson erishdilar, qanday qiyinchiliklarga duch keldilar? Aksariyat o’quvchilar bu turdagi topshiriqlarni murakkab deb biladilar, topshiriqni yaxshi uddalasalar, ularda o’qitishning ushbu turi bilan bog’liq kuchli o’zlashtirganlik tuyg’usi uyg’onadi. Uy vazifasi uchun g’oyalar 1 Ishchi daftardagi 10.1-10.3-mashqlar Mazkur mashqlar dars davomida o'tilgan materialni mustahkamlash imkonini beradi. 2 Konseptual xarita O’quvchilarga patogenlarning xilma-xilligi va ular xo’jayin organizmida keltirib chiqaruvchi simptomlar, shuningdek ular o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni umumlashtirish uchun konseptual xarita tuzishni taklif eting. Masalan, vabo va sil kasalliklari qo’zg’atuvchilari bakteriyalar hisoblanadi. Konseptual xaritalarni ko’zdan kechiring va har bir guruhga bajargan ishlari va foydalangan havolalar haqida bir daqiqalik taqdimot, raqamli infografika yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun kichik xabar tayyorlashni taklif eting. Ushbu mashqni bajarishda ular nimalarga oson erishdilar, qanday qiyinchiliklarga duch keldilar? Aksariyat o’quvchilar bu turdagi topshiriqlarni murakkab deb biladilar, topshiriqni yaxshi uddalasalar, ularda o’qitishning ushbu turi bilan bog’liq kuchli o’zlashtirganlik tuyg’usi uyg’onadi. O’quvchilarda mavjud vaqtni hisobga olgan holda uy vazifasini belgilashingiz mumkin. Ishchi daftardagi mashqlarni bajarish uchun ko'proq vaqt talab etiladi. Kontseptsual xarita tuzish esa o'quvchilarga o'z fikrlarini yozma bayon qilishga ijodiy yondashish imkonini beradi. Har qanday topshiriq formativ baholash, ya’ni keyinggi mavzuga o’tishdan avval ushbu mavzuni qanday o'zlashtirganliklarini aniqlashga imkon beradi. Download 130.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling