Xatolik
|
Aniqlash yo’li
|
Bartaraf etish yo’li
|
O’quvchilar ba’zida fagotsitoz jarayonini “oziqlanish” jarayoni sifatida tavsiflaydilar.
|
O’quvchilardan fagotsitoz jarayonini bitta jumla yordamida ifodalashni taklif eting.
|
O’quvchilarga fagotsitlar faoliyatiga tavsiv berishda e’tiborli bo’lishlarini ta’kidlang. Ushbu hujayralar patogenlarni yutib yuboradi.
|
O’quvchilar ko’pincha antitanalarni hujayra sifatida tasavvur etadilar.
|
O’quvchilardan hujayra va antitanani yonma-yon masshtabli rasmini chizishni taklif eting.
|
O’quvchilar masshtab haqida tasavvur hosil qilishlari uchun, ularga virus yoki hujayra yuzasida antigenlar bilan bog’langan antitanalar tasvirlangan 10.17 va 10.18 rasmlarni ko’zdan kechirishni taklif eting.
|
Aksariyat hollarda o’quvchilar antitanalar va ularning spetsifik antigenlari bir xil yoki “komplementar” shaklga ega deb yozadilar. Shu bois o’quvchilar ayrim hollarda antitanalar faol markazlarga ega deb ta’kidlashlari mumkin.
|
Antitana va antigenni komplementar holatini tasvirlang. Mazkur holatni ifodalashda o’quvchilar qanday tushunchalardan foydalanishlarini aniqlash uchun savollar bering.
|
O’quvchilarga antigen shakli va uning antitana bilan bog’lanuvchi qismi haqida so’z yuritilganda “komplementar” atamasinidan foydalanishni taklif eting. Antigenning ushbu qismini “bog’lovchi sayt” deb tavsiflashni ta’kidlang.
|
O’qivchilar antitana, antigen va antibiotiklarni chalkashtiradilar.
|
O’quvchilarga ushbu uch atama ishtirokida qisqa matn tuzishni taklif eting.
|
O’quvchilarga ushbu atamalarning qisqa va aniq tavsifini bering va har bir tavsifda atamalarning ostiga chizib qo’yishlarini ta’kidlang.
|
O’quvchilar ko’pincha bakteriyalarni patogenlar deb hisoblaydilar, bu esa har doim ham to’g’ri emas. Shu bois o’quvchilarda barcha mikroblar patogenlardir, degan noto’g’ri tushuncha shakllanishi mumkin.
|
O’quvchilardan “o’yla, taqqosla, o’rtoqlash” mashqini bajarishni taklif eting, so’ng “Patogen nima?” savoliga o’z fikringizni bayon eting.
|
Patogen bo’lishi mumkin bo’lgan barcha mikroorganizmlarni sanab o’ting.
|
O’quvchilar limfotsitlar patogenlarni xotirada saqlab qoladilar deb fikrlashlari mumkin.
|
O’quvchilarga immun xotira hujayralari qanday hosil bo’lishi va qanday vazifani bajarishi haqida so’zlab berishni taklif eting.
|
O’quvchilarni “yodda saqlash” tushunchasi o’rniga “immun xotira” atamasini qo’llashga undang.
|
Emlash va immunizatsiya bir xil tushuncha deb qaraydilar.
|
O’quvchilarga bu ikki tushuncha o’rtasidagi farqni tavsiflashni taklif eting
|
Emlash aktiv immunitetni nazarda tutishi; immunizatsiya esa aktiv hamda passiv tarzda qabul qilinishini tushuntiring.
|
O’quvchilar sun’iy passiv immunitet antigen (pathogen) larni organizmga kiritish yo’li bilan hosil qilinadi deb fikrlashi mumkin.
|
O’quvchilarga quturishga qarshi vaksina yoki ona suti tarkibida qisqa muddatli immunitetni ta’minlovchi qanday moddalar mavjudligi haqida so’zlab berishni taklif eting.
|
O’quvchilarga immun xotira hujayralari va antitanalar hosil bo’lishini nazarda tutgan holda immunitet turlarini taqqoslashga doir jadval tuzishga ko’maklashing.
|
O’quvchilar organizmning birlamchi immun javob reaksiyasidan so’ng qonda immun xotira hujayralari emas, balki antitanalar umrbod saqlanadi deb fikrlaydilar.
|
O’quvchilardan nima sababdan ayrim turdagi yuqumli kasalliklar bilan takror kasallanish sodir bo’lmasligini tushuntirib berishlarini so’rang, ularning javoblarni diqqat bilan tinglang.
|
O’quvchilarga immun xotira hujayralari va antitanalar hosil bo’lishini nazarda tutgan holda immunitet turlarini taqqoslashga doir jadval tuzishga ko’maklashing.
|
O’quvchilar ko’pincha chidamlilik va immunitetni chalkashtiradilar.
|
O’quvchilarga “chidamlilik” va “immunitet” tushunchalarining o’xshash, va farqli jihatlarini aniqlashni taklif eting.
|
O’quvchilarga bakteriyalarda immun sistemasi mavjud bo’lmagani sababli bakteriyalar antibiotiklar ta’siriga qarshi immunitet hosil qila olmasligi haqida ma’lumot bering.
|