10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi
Download 130.01 Kb.
|
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Emlash (20 daqiqa) . Ta’lim maqsadi
Baholash uchun g’oyalar: O’zlashtirilgan bilimlarni takrorlashga qaratilgan “doim to’g’ri/ ba’zan to’g’ri/noto’g’ri” bayonotlarning qisqa raundini o’tkazing. Bular quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
• «Ikkilamchi immun javob reaksiyasi doim salomatlikka xavf solayotgan omillarni bartaraf etish imkonini beradi” (noto’g’ri). • «Emlashlar kasallik yuqqanidan so’ng uning belgilari paydo bo’lishini oldini oladi” (ba’zan to’g’ri). • «Emlashlar organizmni immun xotira hujayralarini ishlab chiqarishga undaydi” (doim to’g’ri). Agar sinfda o’quvchilar soni ko’p bo’lsa, ularga bir tarafida to’g’ri, ikkinchi tarafida noto’g’ri deb yozilgan qog’ozchalar tarqating (“ba’zan to’g’ri” javobiga qog’ozchani ko’rsatmagan holda javob berish mumkin). O’quvchilar qog’ozchalarni ko’tarib javob berganda sinfdagi barcha o’quvchilarni baholash mumkin. Ushbu mashqni mazkur bobda o’quvchilar o’zlashtirishi zarur ma’lumotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun formativ baholashning asosi sifatida qo’llash mumkin. 2 Emlash (20 daqiqa) . Ta’lim maqsadi: Juftlikda o'tkaziladigan ushbu interfaol mashqda o'quvchilar sherigining faqatgina og’zaki tavsifi asosida diagramma tuzishi lozim. Manbalar: Darslik Mazmun va maqsad: O’quvchilarga birlamchi va ikkilamchi yuqishidan so’ng antitanalar va bakteriyalar soni o’zgarishining sxematik diagrammasini taqdim eting (bu maqsadda darslikdagi 10.19-rasmning nusxasini olib, kattalashtirish mumkin, bunda izohlar oldindan olib tashlanadi). Har bir juftlikning bitta a’zosigina rasmni ko’rishi mumkin, juftliklarga rasmni buklangan holda taqdim eting. Ulardan kim tavsiflovchi (bu o’quvchi rasmni ko’radi), kim esa interpretator (tavsifni tasvirga aylantiruvchi) sifatida qatnashishini hal etishni so’rang. Ta’riflovchilarga rasmni tasvirlash uchun ikki-uch daqiqa bering, ular qo’l harakatlari yoki boshqa usul bilan sheriklariga yordam bermasliklari haqida ogohlantiring. Interpretator tasvirni faqat og’zaki tavsif asosida aks ettirishi lozim. O’quvchilar mashqni bajargunlariga qadar xonada yurib ularning faoliyatini baholang, so’ng ularga rasmni doskada ko’rsating (yoki ta’riflovchiga rasmni ko’rsatishga ruxsat bering). Siz avvaldan tushirib qoldirilgan rasm izohlarini ko’rsatguningizga qadar, juftlikning ikkala a’zosiga izohlar haqida o’ylab ko’rishga imkoniyat bering. Ushbu faoliyat o’quvchilarga infeksiya, patogen va immun javob reaksiyasi o’rtasidagi bog’liqlikni tushunishga yordam beradi. Download 130.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling