10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi


Download 130.01 Kb.
bet18/19
Sana31.10.2023
Hajmi130.01 Kb.
#1735964
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)

Uy vazifasi g’oyalari
1 Ish daftari 10.4-mashq Immun javob reaksiyasi
Ushbu mashqda o'quvchilar murakkab grafikda keltirilgan ma'lumotlarni (poliomielit bilan bog'liq) tahlil qilishlari hamda korrelyatsiya va sabab-oqibat bog’lanishlar o'rtasidagi farq haqida mulohaza yuritishlari lozim.
2 “Kamroq -ko’proq”
O'quvchilarga "immun javob reaksiyasi" haqidagi bilimlarini umumlashtirish uchun "kamroq ko'proq" deb nomlangan topshiriqni taklif eting. O'quvchilardan jarayonni imkon qadar kamroq so'zlar yordamida tushuntiradigan bir nechta xulosalar yozishlarini so’rang. Ushbu topshiriq yordamida musobaqa o’tkazish mumkin. Eng kam so'z ishtirokida (mazmuni saqlangan holda) jumlalar shakllantirgan o'quvchilar g'olib deb e'lon qilinadi.
Agar o’quvchilarga mazkur mavzuning amaliy jihatlari bilan bog’liq atamalarni tushunish mushkul bo’lsa, Uy vazifasidagi 2-mashqini tanlash zarur. Biroq o’quvchilarda ushbu dars bo’yicha katta hajmdagi ma’lumotlarni umumlashtirishda qiyinchiliklar tug’ilsa, Uy vazifasidagi 1-mashqni tanlang. 2-mashq kamroq vaqt talab etgani bois, bu uni tanlash maqsadga muvofiqroq ekanligiga yana bir asos bo’ladi.


Raqamli manbalar havolalari
Bu yerda o’quvchilar uchun foydali turli onlayn-manbalar havolalari keltirilgan:
The human body: Ushbu veb-saytda kasalliklar va immunitetga oid eng so’nggi ma’lumotlar mavjud.
The World Health Organization: Ushbu veb-saytda kasalliklar va immunitetga oid eng so’nggi ma’lumotlar mavjud.
Phagocytosis animation: O'quvchilar o'zlari ishlab chiqqan fagotsitozga oid plakatni veb-saytda taqdim etilgan animatsiya bilan taqqoslashlari mumkin.


Boshqa fanlar bilan bog’liqlik
Mazkur bobda o’quvchilar tanishgan mavzularni boshqa fanlarning o’quv rejasi bilan bog’lang hamda maktabingizdagi boshqa fan o’qituvchilari bilan hamkorlik qiling.
O’quvchilarga ayrim kasallik nomlarining kelib chiqishini o’rganish yuzasidan tadqiqot olib borishni taklif eting. Masalan, bezgakning ilmiy nomi malyariya o’rta asrlarda Italiyada qo’llangan mala aria, ya’ni “yomon havo” ma’nosini bildirgan atamadan kelib chiqqan. Kasallik asosan botqoqli joylarda tarqalganligi sababli botqoq bezgagi deb nomlangan.
O’quvchilarga yer yuzidagi qaysi hududlarda qaysi turdagi kasalliklar endemik hisoblanishi yuzasidan ma’lumot to’plashni taklif eting va natijalarni geografiya fanida olgan bilimlari bilan bog’lashni tavsiya eting.
O’quvchilarda matematik ko’nikmalarini rivojlantirish imkoni mavjud: masalan, qo’zg’atuvchilar o’lchamlarini taqqoslash. Epidemiologiyani o’rganish ham ko’p sonli insonlarni o’rganishga imkon beradi. Shunday qilib o’quvchilar standart shaklda yozilgan sonlardan foydalanishni (masalan 10 000 000 = 1 × 107 yoki 107) va foiz o’zgarishlari qiymatini aniqlashni mashq qilishlari mumkin. Ishchi daftardagi 10.3-mashqdan o’qitish jarayonida o’quvchilar egallashi zarur asosiy ko’nikma sanalgan foiz ortishini hisoblashni mashq qilishda foydalanish mumkin.

Download 130.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling