10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi
Asosiy pedagogik g’oyalar
Download 130.01 Kb.
|
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmun va maqsad.
- Xavfsizlik
Asosiy pedagogik g’oyalar
1 Fagotsitozni jonlantirish (30 daqiqa) Ta’lim maqsadi: O'quvchilar fagotsitoz jarayonini umumlashtiruvchi kichik plakat tayyorlaydilar. Manbalar: Darslik (9.20-rasm). O'quvchilar o'z plakatlarini yaratishda foydalanishlari uchun rasmlar, qog'oz va boshqa kerakli anjomlar to’plami. Shuningdek qaychi va yelim ham kerak bo'ladi. O’quvchilar imkon qadar onlayn manbalarga va oq-qora printerga ega bo'lishlari kerak. Ular fagotsitoz jarayoni aks etgan hujayralarning mirkofotosuratlarini izlash va chop etish uchun zarur bo’ladi. Mazmun va maqsad. O’quvchilarda ba’zi hollarda fagotsitoz jarayonini tasavvur qilishda bir oz qiyinchilikka duch keladilar. Bunda animatsiya, mikrofotosuratlar va elektron mikrofotosuratlardan foydalanish qo’l keladi. Ushbu mashqda o’quvchilar fagotsitoz jarayoni haqida tasavvurga ega bo’lishlari uchun multfilm tasmasi ko’rinishidagi tasvirlar ketma-ketligida fagotsitoz qanday sodir bo'lishini ko'rsatadigan plakat tayyorlaydilar. Antigenning fagotsit tomonidan aniqlanishiga urg’u bering. Izohlovchi yozuvli yorliqchalar ushbu jarayonning barcha tafsilotlarini yoritishi mumkin. Shunga alohida e’tibor bering-ki, plakat imkon qadar kichikroq bo’lishi kerak, shunda o’quvchilar uni diqqat bilan ko’zdan kechiradilar. Mashq so’ngida doskada fagotsitozni aks ettiruvchi tasvir namunalarini ko’rsating. Bu o’quvchilarga o’z plakatlarida nimalarni tushirib qoldirganliklarini aniqlab, o’z xatolaridan xulosa chiqarishlariga, shuningdek ular tayyorlagan plakat nimani aniqroq aks ettirishi ustida mulohaza yuritishlariga yordam beradi. Xavfsizlik: Qaychidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Differentsiatsiya g’oyalari Yordam — fagotsitoz jarayonining bosqichlarini tushunishga yordam beruvchi animatsiyani havola eting. Muammo –o’quvchilar mutolaasi yoki muhokamasi uchun ushbu dars mazmuni bilan bog’liq quyidagicha qo’shimcha ma’lumotlar to’plang va o’quvchilarga havola eting: • Antigenni yashirish. Bu hodisa ayrim patogenlarga, jumladan bezgak, OITS va sil kasalliklari qo’zg’atuvchilariga xos. Ular qanday qilib fagotsitozdan omon qoladi? • Leykemiya, suyak ko’migi saratonini kimyoterapiya usulida davolash natijasida kelib chiqadigan immun sistemasi bilan bog’liq nojo’ya ta’sirlar. Bu fagotsitlar va boshqa leykotsitlarning hosil bo’lishiga aloqador. • Miasteniya grevis, psoriaz va tarqoq skleroz kabi autoimmun kasalliklar. Bunda organizmning o’z antigenlari (autoantigenlar) fagotsitlar va boshqa leykotsitlar tomonidan yot antigen sifatida tan olinadi. Download 130.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling