10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi


Download 130.01 Kb.
bet19/19
Sana31.10.2023
Hajmi130.01 Kb.
#1735964
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)

Loyiha yo’riqnomasi
Bezgakka qarshi vaksinaning yaratilishi
Mazkur topshiriqni bajarishda o’quvchilar bezgakka qarshi yangi vaksina tatbiq qilinishi bilan bog’liq ayrim masalalarni tasvirlash maqsadida o’yin tashkil etadilar. Bu o’z navbatida ayrim ijtimoiy, ahloqiy va tibbiy masalalarni hal qilishga yordam beradi.
O’quvchilarni loyihada ishtirok etishga tayyorlash uchun guruhlarga ajrating, sahna ko’rinishida ishtirok etadigan qahramonlarning asosiy rollarni taqsimlashga ko’maklashing. Ular orasida keng ko‘lamda foydaniladigan bezgakka qarshi vaksinani yaratgan yoki yaratishga harakat qilayotgan olimlar, bezgakka qarshi vaksina yaratilishi uchun mablag‘ ajratgan homiy, bezgakka qarshi vaksina loyihasida ishtirok etayotgan shifokorlar, vaksinani bemorlarga tavsiya etuvchi sog‘liqni saqlash xodimlari, farzandlariga bezgakka qarshi emlanishga ruxsat berish haqida ikkilanayotgan ota-onalar, emlanadigan bolalar va/yoki kattalar, loyihada qatnashishi mumkin bo‘lgan boshqa insonlar mavjud. O’quvchilar faoliyatiga o’z xissangizni qo’shish maqsadida xonani aylanib chiqing.
O’quvchilarga darslikda keltirilgan veb-saytlarning veb- havolalarini taqdim eting:
World Health Organization website
The History of Vaccines website
The Zero Malaria Africa website.
Loyiha davomida o’quvchilar belgilangan har bir ishni aniq hamda o’z vaqtida amalga oshirishlari uchun nazorat xaritasi taqdim eting. Qo’shimcha yordam kerak bo’lgan o’quvchilarga nazorat xaritasi asosida bajargan ishlarini kiritib borishlari uchun yordamchi rejalashtirish varag’ini taqdim etishingiz mumkin.
O’quvchilar tomonidan bajarilgan ishni baholash uchun har bir guruhdan vaqt reglamentiga qat’iy rioya qilgan holda o’z sahna ko’rinishlarini taqdim etishlarini so’rang. O’quvchilarga nazorat xaritasidan foydalanib o’z faoliyatini mustaqil baholash hamda o’z baholarini qog’ozga yozib, barchaga ko’rsatishlari uchun imkoniyat yarating.
Download 130.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling