10-bob Kasalliklar va immunitet O’qitish rejasi


O’qituvchiga tavsiyalar (преподавательские навыки)


Download 130.01 Kb.
bet3/19
Sana31.10.2023
Hajmi130.01 Kb.
#1735964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Teaching plans and notes(11.12.22) (3)

O’qituvchiga tavsiyalar (преподавательские навыки)
O’quvchilar e’tiborini maqsadli yo’naltirish: Mazkur mavzu bo’yicha tashkil etiladigan mashg’ulotlarda loyihalar asosida o’quvchilar mustaqil ta’lim olishlari uchun imkoniyatlar mavjud. O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ushbu tadqiqotlar, o’quvchilarga o’zlashtirgan bilimlarini tasavvur etish imkoniyatini beradi. Shu tarzda o’quvchilarning o'z-o'zini boshqarishi avtonomiya deb ataladi.
O’quvchilarga individual yondashuv: guruhda har bir o’quvchi o’z zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarishini nazorat qiling. Guruhdagi vazifalar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: guruh sardori – guruh faoliyatini tashkil etadi va siz bilan aloqada bo’ladi; kotib – yakuniy xulosa chiqarish uchun har qanday qarorni yozib boradi; skeptik – qiyin savollar beradi; xulosani shakllantiruvchi – barcha muhokamalarni birlashtirib, qayta aloqani ta’minlaydi. Siz hattoki bir o’quvchiga “mahfiy agent” rolini berishingiz, va albatta boshqa o’quvchilardan mahfiy ravishda qo’shimcha mas’uliyat yuklatishingiz mumkin. O’quvchilarga bajargan ishlarini noodatiy tarzda taqdim etish taklif eting, masalan yuvilgan kiyimlarni dorga qator ilib qo’yish kabi, raqamli infografika ko’rinishida yoki ijtimoiy tarmoqlarda batafsil yoritish.
Yondashuvning afzalliklari: O’quvchilarning shu tarzda hamkorlikda faoliyat yuritishlarining ko’plab ijobiy jihatlari mavjud. Ochiq, mustaqil faoliyat tadqiqotchilik ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa o’z navbatida mavzuni chuqur o’rganish orqali fanga qiziqish uyg’otishga zamin yaratadi. Darslarni shu tarzda guruhlarda tashkil etish o’quvchilarning o’z fikrini bayon etish, reglamentga rioya qilish va tanqidiy fikrlash ko’nikmalari rivojlantiradi.
Amaliyot: mavzuni boshlashdan avval “sinfni ishga soling”, o’quvchilarni faollashtiring. O’quvhilarni dars mavzusi, maqsadi, guruhlar uchun topshiriqlar mazmuni, ma’lumot sifatida o’quvchilar mavzuni o’rganishlarida foydalanishlari mumkin bo’lgan veb-saytlar ro’yhati va darslik sahifalari bilan tanishtiring. Ushbu yondashuvning afzalligi shundaki, o'quvchilar darsga hamkorlikda ishlashning maqsadini yaxshi anglagan holda yangi g'oyalar bilan darsga keladilar.
Bu, o’z navbatida, o'qituvchiga o'quvchilar mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berish uchun ko'proq vaqt ajratish imkonini beradi.
Refleksiya: Oldingizga qo’yilgan vazifani qanchalik samarali amalga oshirganingizni baholash uchun o’quvchilar bilan qisqa so’rovnoma o’tkazing, bunda siz kasalliklar va immunitetni loyihalar asosida (masalan, qo’llar tozaligini o’rganishga qaratilgan tadqiqotni rejalashtirish, konseptual xarita asosida uy vazifasi, “Bezgakka qarshi vaksina yaratish” loyihasi) o’rganish ularga ma’qul kelganligi haqida savol bering. Darsni yana qanday usulda tashkil etishingiz mumkinligi haqida fikrlang. Masalan, onlayn-animatsiya yordamida 3 ta asosiy tushuncha – patogen, kasallik va organizm reaksiyasi haqida so’zlab berishingiz mumkin edi. O’quvchilarning so’rovnomaga bergan javoblarini ustida mulohaza yuriting. Siz o’quvchilarni yetarlicha qo’llab-quvvatladingizmi? O’quvchilar yangi bilimlarni o’zlashtirishda yanada ko’proq mustaqil tarzda faoliyat yuritishlari uchun qanday usullarni qo’llashingiz mumkin?

Download 130.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling