10-ma'ruza. Ekspert tizimlarni qurish vositalari


Download 123.47 Kb.
bet3/5
Sana04.04.2023
Hajmi123.47 Kb.
#1327655
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 mavuz

Tushuntirish vositalari. Ba’zi tizimlar, ENYCIN ga o`xshagan - ichki tushuntirish mexanizmlariga ega. Qolganlarida bunday fikr yuritish vositalari yo`q, lekin ulardan foydalanish zarur. Tushuntirish mexanizmlarining bir necha turlari mavjud:

  • Qadimiy taqsimlash;

  • Farazli taqsimlash;

  • Qalbaki taqsimlash.


10.3-rasm. Qo`llab-quvvatlash komponentalari vositalari.


4. ETni qurish usullari


Masalani echish nuqtai-nazarudan predmet sohaning o’ziga xos xususiyatlarini quyidagi parametrlar bilan xarakterlash mumkin [1-5]:



  • echimni izlash hajmini aniqlovchi fazoning o’lchovi;

  • vaqt va fazo bo’yicha sohaning o’zgarish darajasi (bu erda statik va dinamik sohalarni ajratamiz);

  • sohani tavsiflash uchun foydalaniladigan modelning to’liqligi. Agarda model to’liq bo’lmasa, u holda bir-birini to’ldiruvchi bir nechta modellardan foydalaniladi;

  • echiladigan masala haqidagi ma’lumotlarning aniqlik va to’liqlik darajasini xarakterlovchi ma’lumotlarning aniqligi. Bunda aniqlik (noaniqlik) ko’rsatkichi predmet sohadagi echilayotgan masalaning tavsifi aniq yoki noaniq ma’lumotlar yordamida berilganligi bilan aniqlanadi. To’liqlik (noto’liqlik) deganda - masalani bir qiymatli echish uchun kiruvchi ma’lumotlarning etarliligi tushuniladi.

Quyida statik va dinamik muammoli sohalarda ishlatiladigan usullarni keltiramiz.
Ekspert tizimlarda masalalarni echishda foydalaniladigan mavjud usullarni quyidagicha sinflash mumkin [1-5]:

  • bir o’lchovli fazoda izlash usullari-bu usullar quyidagi sharoitlarda foydalaniladi: katta bo’lmagan o’lchovli sohalarda, model to’liq bo’lganda, ma’lumotlar aniq va to’liq bo’lganda;

  • ierarxik fazoda izlash usullari-bu katta o’lchovli fazoda ishlashga mo’ljallangan sohalarga mo’ljallangan;

  • ma’lumotlar noaniq va noto’liq bo’lganda izlash usullari;

  • predmet sohada masalani echish uchun bitta model etarli bo’lmaganda bir nechta modellardan foydalanish.

Ishlab chiqish usullari. ETlarini ishlab chiqish jarayonlarida 3 ta usuldan foydalanish mumkin [1-5]:
1. To`g`ridan-to`g`ri usulda universal dasturlash tillaridan foydalaniladi. Bu usulda ishlab chiqilgan tizimlarga misol qilib, DENDRAL, MYCIN va boshqa tizimlarni ko`rsatish mumkin. Bunday tizimlarni yaratish uchun ko`p vaqt sarflanadi.
2. Bilimlarni namoyish qilish tillari asosida yoki ET qurish tillarida bu usul oddiysidan farq qilib, yangi ET qurishga bir necha kun sarflaydi. Odatda ET uchun birinchi navbatda mahsuliy qoida modelidan foydalanadi.
3. Bilimlarni namoyish qilishda klassik usulidan foydalanish. Freymli model katta egiluvchanlikka ega va bu bitta freymda ikkala deklorativ va protsedurali bilimlarni yig`ish imkoniga ega.
Tajriba orttirish uchun misol va topshiriqlar.

Download 123.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling