10-ma’ruza. LabView dasturlash muhitida avtomatlashtirish asoslari
Download 0.8 Mb.
|
Mavzu №10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagrammalar grafigi Diagrammalar grafigi (Waveform Chart)
- Advanced => Update Mode
10-ma’ruza.LabVIEW dasturlash muhitida avtomatlashtirish asoslari. LabVIEW asosida fizik tajribalarni avtomatlashtirish. LabVIEW ning diagrammalar grafigi, ossillogrammalar grafigi va ikki koordinatali grafigini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha keng imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. LabVIEW da ma’lumotlarni grafik tarzda taqdim qilish uchun turli tuman va yetarli darajada kerak tomonga o‘zgara oladigan vositalar bor. Bitta yoki bir nechta egriliklarni akslantiradigan, rangni sozlaydigan, taqdim tipi, shkalalar masshtabi va sh.k. dan foydalanish mumkin. Diagrammalar grafigi Diagrammalar grafigi (Waveform Chart)- bitta va ko‘proq grafiklar ko‘rinishida indikasiyalashning maxsus elementi. Diagrammalar grafigi Controls => Graph palitrasida joylashgan. 1-rasmda ikkita grafikli: tajriba natijalari va ularning o‘rtacha qiymatlari diagrammalar grafigi misolida ko‘rsatilgan. Diagrammalar grafigi ma’lumotlarni akslantirishning uchta turli rejimlaridan foydalanadi: strip chart, scope chart va sweep chart(2-rasmga qarang). O‘rnatilgan rejim - strip chart 1-rasm. 1- nomi (Label); 2- shkala U (Y-scale); 3-shkala X (X-scale); 4-shkalalarni boshqarish paneli (Scale legend); 5-grafik bilan ishlash uchun instrumentlar palitrasi (Graph palette); 6 – grafikni boshqarish paneli (Plot legend). 2-rasm. Diagrammaga sichqonchaning o‘ng klavishasi bilan chertish va kontekst menyudan Advanced => Update Mode punktini tanlash orqali kerakli rejimga o‘tish amalga oshiriladi. strip chart rejimi ekran bilan ifodalanib, xuddi qog‘oz tasma kabi chapdan o‘ngga aylanadi. scope chart va sweep chart rejimlari ossillograf ekrani kabi va strip chart rejimiga qaraganda ma’lumotlarni katta tezlikda akslantirishi bilan ajralib turadi. scope chart rejimida o‘ng chegaraga yetganda grafikning maydoni tozalanadi va diagrammani to‘lishi chap chegaradan boshlanadi. sweep chart rejimi scope chart rejimidan farq qilib, grafik maydonini tozalamaydi, yangi ma’lumotlarni esa eskilaridan vertikal chiziq – marker bilan ajratadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling