10-ma’ruza. LabView dasturlash muhitida avtomatlashtirish asoslari
Download 0.8 Mb.
|
Mavzu №10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Show Connector
- Flip Horizontal
Icon Editor ni o‘ng tomonidagi opsiyalar quyidagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan:
• Show Terminals – tahrirlash sohasida kiritish/chiqarish maydonlarini ko‘rsatish; • OK – ikonkaga kiritilgan o‘zgarishlarni saqlaydi; • Cancel - o‘zgarishlarni saqlamay Icon Editorni yopadi. Biriktirish panelini (Connector) sozlash. VAdan VA tagdasturi sifatida foydalanish uchun biriktirish panelini(Connector) rostlash kerak. Biriktirish paneli VA boshqarish elementlariga va indikasiyalarga mos keluvchi ma’lumotlarni kiritish/chiqarish maydonlarining majmui hisoblanadi. Biriktirish paneli VA ma’lumotlarini kiritish va chiqarish maydonlarini belgilaydi. Shunday qilib, VAni tagdastur sifatida qo‘llash mumkin. Har bir ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish maydoniga old panelda o‘zining elementi mo‘ljallanadi. Biriktirish panelini tahrirlash uchun VA ikonkasiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan chertish va kontekst menyusidan Show Connector (Ma’lumotlar kiritish/chiqarish maydonini ko‘rsatish)punktini tanlash kerak. Shundan so‘ng ikonka o‘rniga biriktirish paneli paydo bo‘ladi va undagi har bir to‘g‘ri to‘rt burchak ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish maydoniga mos keladi. Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish maydonlarining soni old paneldagi elementlar soniga mos keladi. 2-rasmda ikkita boshqarish elementiga va ikkita indikasiyaga ega bo‘lgan old panel tasvirlangan. Shunday qilib, LabVIEWning biriktirish paneli ma’lumotlarni ikkita kiritish va ikkita chiqarish maydonini ko‘rsatadi. 2-rasm Biriktirish panelining ko‘rinishini shablonlardan tanlash imkoniyati bor. Buni amalga oshirish uchun biriktirish paneliga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan chertish va kontekst menyusidan Patterns (Shablon) punktini tanlash kerak. Shablonda ma’lumotlarni kiritish/chiqarish maydonlaridan ba’zilarini ulanishlarsiz qoldirish va ulardan keyinchalik zaruryat tug‘ilganda foydalanish mumkin. Bunday moslanuvchanlik minimal akslantirish bilan VA iyerarxiyasiga o‘zgartirishlar kiritishga imkon beradi, chunonchi old panelning barcha elementlari albatta biriktirish panelida qo‘llanilishi shart emas. Foydalinalayotgan maydonlar ma’lumotlar elementi tipiga mos bo‘lgan rang bilan belgilanadi. Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish maydonlarining maksimal mumkin bo‘lgan soni 28 bilan chegaralangan, biroq 16 tadan ko‘proq ma’lumotlarni kiritish/chiqarish maydonlaridan foydalanish zaruriyatidan qochish kerak. 16 ta maydondan ko‘proq maydon mavjudligi dasturni o‘qish qulayligini pasaytiradi. Biriktirish panelidagi ma’lumotlarni kiritish/chiqarish maydonlarining makonda joylashuvini kontekst menyusidagi Flip Horizontal (gorizontal bo‘yicha akslantirish), Flip Vertical (vertikal bo‘yicha akslantirsh) yoki Rotate 90 Degrees ( 90°ga burish) mos punkti yordamida o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling