Yakka ossillogrammalar grafigi
Yakka ossillogrammalar grafigi bir o‘lchamli massivlar bilan ishlaydi va massiv ma’lumotlarini grafikda X o‘qi bo‘yicha x = 0 nuqtadan boshlab, 1 ortirma bilan nuqtalar ko‘rinishida ifodalaydi. Grafiklar boshlang‘ich qiymati x, ∆x o‘rnatilgan va u shkala bo‘yicha ma’lumotlar massivli klasterlarni ham akslantiradi. 6-rasmda keltirilgan misolda Function => Numeric da joylashgan Expression Node(ifodalar uzeli)dan foydalanilgan. Mod funksiyasi ikki butun son bo‘linmasidan qolgan qoldiqni hisoblaydi.
6-rasm
Yakka ikki koordinatali ossillogrammalar grafiklari
Yakka ikki koordinatali ossillogrammalar grafigi x va u massivlarga ega bo‘lgan klasterlar bilan ishlaydi. Ikki koordinatali ossillogrammalar grafigi har bir nuqtasi klaster hisoblangan x va u shkalalari bo‘yicha qiymatlarga ega bo‘lgan nuqtalar massivlarini ham qabul qiladi.
7-rasmda tasvirlangan ikkala blk diagramma bajarishda bir xil grafiklarni chiqaradi. Ma’lumot tiplarining farqiga e’tibor qarating: sonli qiymatlar juftligiga ega ikkita bir o‘lchamli massivdan klaster.
7-rasm
Ossillogrammalar majmuining ikki koordinatali grafigi
Ossillogrammalar majmuining ikki koordinatali grafigi x va u qiymatlar massivlariga ega bo‘lgan ma’lumotlar osillogrammasi klaster hisoblanadiganossillogrammalar massivi bilan ishlaydi. Ossillogrammalar majmuining ikki koordinatali grafigi har bir ossillogramma nuqtalar massivi bilan ifodalanadigan ossillogrammalar massivini ham qabul qiladi. Har bir nuqta - x va u qiymatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar guruhi.
Intensivlik grafiklari
Intensivlik grafiklari va jadvallari(Intensity graphs and charts) ikki o‘lchamli ma’lumotlarni akslantirish uchun qulay. Masalan, amplitudasi dengiz sathidan balandligi bo‘lgan joy topografiyasini ifodalash uchun. Xuddi diagrammalar va ossillogrammalar grafiklari holidagidek, intensivlik grafigi displeyning doimiy o‘lchamiga ega, intensivlik jadvalining displeyi esa aylantirish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |