10-ma’ruza. LabView dasturlash muhitida avtomatlashtirish asoslari


Download 0.8 Mb.
bet5/9
Sana05.05.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1431750
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu №10

Virtual tagasboblar (SubVI). VTA yaratish va rostlash. Ikonkalarni tahrirlash (Edit Icon). Ma’lumotlarni chiqarish/kiritish maydonini old paneldagi elementlarga bog‘lash.
Tagasboblarni yaratish, tahrirlash va ulardan foydalanish o‘rganiladi. Ikonkani tahrirlash jarayoni va biriktirish paneli bilan ishlash bayon qilinadi.
VA shakllanib, uning ikonkasi yaratilgan va biriktirish paneli sozlangandan keyin virtual asbobni boshqa VA dagi tagdastur sifatida qo‘llash mumkin. Boshqa virtual asbob ichida qo‘llaniladigan virtual asbob virtual tagasbob(VTA) deb ataladi. VTA matnli dasturlash tillaridagi tagdusturga mos keladi. VTA uzeli tagtasdurni chaqirishga mos keladi.
Uzel – xuddi matnli dasturlash tillarida tagdastur bajarilishning kodi emasdek VTAning xususiy bajarilish kodi emas, balki VA tagdasturini grafik ifodalashdir. VA tagdasturidan foydalanish o‘zgarishlarni tez boshqarishga va blok diagrammani sozlashga yordam beradi.
VTAni yaratish va sozlash
VAni blok diagrammasi yaratilib, old panel shakllantirilgandan keyingi qadam VA ikonkasini yaratish va VTA sifatida virtual asbobdan foydalanish uchun biriktirish panelini sozlash hisoblanadi. Har bir virtaul asbob old panelning yuqorigi butchagida va blok diagramma oynasida ikonka bo‘lib aks etadi.
Ikonka –asbobning grafikli ifodasidir. U matn, rasm yoki unga ham bunga ham bir vaqtda ega bo‘lishi mumkin. Agar VAdan tagdastur sifatida foydalanilsa, unda ikonka uni blok diagrammadagi boshqa VAda idenfikasiyalaydi. VAning o‘rnatilgan ikonkasi nomerga ega, u LabVIEW ishga tushirilgandan keyin nechta yangi asboblar ochilganini ko‘rsatadi. O‘rnatilgan ikonkadan farq qiladigan, xususiy ikonkani yaratish uchun sichqonchaning o‘ng klavishasi bilan old panel yoki blok diagrammaning o‘ng yuqorigi burchagidagi ikonkaga chertish kerak. Shundan so‘ng, kontekst menyudan Edit Icon (ikonkani tahrirlash) punktini tanlash kerak. Icon Editor (Ikonka muhariri)ni panellarning biridagi yuqorigi o‘ng burchakga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta chetish orqali ham chaqirish mumkin.
Ikonkani tahrirlash asosiy menyuning File punkti orqali ham amalga oshirilishi mumkin, buning uchun keyin VI Properties (VAning xossalari)ni tanlash va Category (Kategoriya) muloqat oynasidan General (umumiy) punktini tanlab, Edit Icon (Ikonkani tahrirlash) tugmasiga bosish kerak.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling