10-Ma’ruza Maavzu: Jaxon savdo tashqiloti (jst)


Download 71.27 Kb.
bet2/3
Sana06.02.2023
Hajmi71.27 Kb.
#1171135
1   2   3
Bog'liq
10--Mavzu (2)

2 GATT doirasida amalga oshirilgan muzokaralar evalyusiyasi. GATT raundlari va ularning mazmuni.
Xalqaro savdo tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaning tarif masalalariga bag‘ishlangan bo‘limini tashkil qilish bo‘yicha maxsus munazaralar Jenevada bo‘lib o‘tdi. Natijada 1948-yil 30-iyunda tarif va savdo masalalari bo‘yicha vaqtinchalik shartnoma — GATT (General of Trade and Tariff) 23 mamlakat tomonidan imzolandi. Shu sababli 1948-yil 30 iyun GATT tashkil topgan kun deb e’tirof etiladi.
1947-yil 21-noyabrda Gavanada BMT ning savdo va bandlik bo‘yicha konferensiyasi ochildi. Bu konferensiyada rasman 56 ta mamlakat ishtirok etgan boTib, ular Xalqaro savdo tashkiloti (XST) nizomini muhokama qilishdi.
1948-yil 24-martda esa ushbu mamlakatlarning aksariyat qismi XST nizomini imzoladi, ammo bu hujjatning milliy qonunchilik organlari tomonidan ratifikatsiya
qilinishi ancha qiyin kechdi. Deyarli hamma mamlakatlar nizomning AQSh kongressi tomonidan ratifikatsiya qilinishini kutishdi. Ammo 1950-yilning dekabr oyida AQSh kongressi 3 marta XST nizomini qaytargandan keyin AQSh prezidenti apparati bu hujjatni boshqa ratifikatsiya qilishga harakat qilmasligini e’lon qildi.
Bu holat XST tashkil qilinmasligiga va GATT kelishuvining 1994-yil oxiriga qadar xalqaro savdo to‘siqlari xalqaro darajada tartibga soluvchi yagona dastakka
aylanishiga olib keldi.
GATT doirasida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar «raundlar» deb nomlangan
va ularning birinchi beshtasida muzokaralar, asosan, bojxona bojlarini pasaytirishga
bag‘ishlangan. GATT ning keyingi raundlarida bojxona bojlarini pasaytirish bilan birgalikda boshqa masalalar ham o‘rganilgan. Masalan, 1964-1967-yillardagi Kennedi
raundida dempingga qarshi choralar muhokama qilingan. 1973-1979-yillarda
102 ta mamlakat ishtirokida bo‘lib o‘tgan Tokio raundi notarif to‘siqlar bilan kurashishga bag‘ishlangan. Ushbu o‘tkazilgan raund natijasida 9 ta sanoat mahsulotlarining jahon bozoridagi bojxona bojlari 1/3 qismga, jumladan, sanoat mahsulotlaridan undiriladigan bojxona bojining 0‘rtacha stavkasi 4,7 %gacha pasaydi. Tokio raundi jarayonida qator masalalar hal etilmadi. Jumladan, qishloq xo'jalik mahsulotlari savdosi, tashqi savdodagi himoya choralari bo‘yicha kelishuvlar qabul qilinmadi. Ko‘pchilik hollarda qabul qilingan kodekslarni yetakchi taraqqiy etgan mamlakatlar imzolashdi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra hal qilinmagan masalalar Urugvay raundiga qoldirildi.


  1. Download 71.27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling