10-Ma’ruza Maavzu: Jaxon savdo tashqiloti (jst)
Download 71.27 Kb.
|
10--Mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston va JST munosabatlari O’zbekitonning JSTga a’zo bo’lish jarayonlaridagi iqtisodiy oqibatlar tavsifi. O’zbekiston
JST ga a’zo bulish boskichlari. JST faoliyatining zamonaviy tendensiyalari.
Quyidagi 19.2.1-jadvalda GATT raundlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. GATT doirasida bo‘lib o‘tgan sakkizinchi Urugvay raundi davomiyligi va ishtirokchilari soni jihatidan avvalgi raundlardan katta bo‘ldi. Urugvay raundi 1986-1994-yillarda bo‘lib o‘tdi va unda 123 ta mamlakat qatnashdi. Urugvay raundida xalqaro xizmatlar savdosi, intellektual mulk huquqiga amal qilish, savdodagi nizolarni hal etish qoidalari, azo mamlakatlar tashqi savdo siyosati to‘g‘risida axborot berish, qishloq xo'jalik mahsulotlari savdosi kabi masalalar muhokama qilindi. GATT da ko'plab qarorlar qabul qilinishi AQSh, Yel, Kanada va Yaponiyadan iborat «kvarro guruhi»ning o‘zaro kelishib olishiga ustun darajada bog‘liq edi. 1993-yilda kvarro guruhi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining savdosi bo'yicha yagona qarorga kelganini e’lon qildi. Ushbu sababga ko‘ra Urugvay raundi 1994-yil 15-aprelda Marokashda o‘z nihoyasiga yetdi. O’zbekiston va JST munosabatlari O’zbekitonning JSTga a’zo bo’lish jarayonlaridagi iqtisodiy oqibatlar tavsifi. O’zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish yo’nalishlari. Urugvay raundida erishilgan muhim yutuqlardan biri — JST ni tuzish to'g'risidagi kelishuvning qabul qilinishi bo'ldi. JST 1995-yil 1-yanvardan mustaqil xalqaro tashkilot sifatida o'z faoliyatini boshladi. 2011-yil dekabriga kelib JST a’zolari soni 157 ta bo‘lib, 26 ta davlat kuzatuvchi maqomiga ega. A’zo bo‘lgan mamlakatlar hissasiga Jahon savdo aylanmasining 97 % to‘g‘ri keldi va 14,85 trln. dollarga teng bo‘ldi'. Xalqaro savdoning hamma ishtirokchilari uchun yagona qoidalar va joriy qilingan yangi me’yorlarni nazarda tutuvchi savdo tashkilotining tashkil qilinilishi xalqaro savdo to‘siqlarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etdi. JST quyidagi funksiyalarni bajaradi: • kelushuvlarni joriy etish va nazorat qilish; • o‘zaro muzokaralarni olib borish uchun forumlarni tashkil qilish; • savdo nizolarini hal qilish; • turli mamlakatlarning savdo siyosatini amalga oshirish to‘g‘risida axborot berish; • global iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda mamlakatlar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish; • rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordam berish. Xalqaro savdoni erkinlashtirish va adolatliligini ta’minlash JST ning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Download 71.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling