Kaolinit – Al2O32SiO22N2O -zarrachalarining o‘lchami 0,01 mm dan kichik bo‘lib qizdirganda tarkibidagi suv tez ajraladi. Kaolinitli giltuproqlardan keramik massa tayyorlashda kam suv talab qilinadi, ulardan tayyorlangan buyumlarni quritish oson, pishirish davomidagi kichrayishi kam, pishirilgan buyumlarning rangi oq bo‘ladi.
Tarkibi asosan kaolinit mineralidan iborat bo‘lgan giltuproq kaolin deb ataladi.
Giltuproq tarkibida kaolinitdan tashqari montmorillonit - Al2O34SiO2nN2O, g‘alluzit - Al2O32SiO24N2O, beydellit Al2O33SiO2nN2O, gidroslyuda kabi minerallar bor.
Giltuproq zarrachalarining o‘lchami 0,005 mm dan kichik bo‘lib, uning mayinligi plastiklik va boshqa xossalariga ta’sir qiladi. YUqori plastik giltuproqlarda o‘lchamlari 0,005 mm dan kichik bo‘lgan zarrachalarning miqdori 80-90% ga etadi.
Bentonit deb, tarkibida montmorillonit ko‘p bo‘lgan yuqori dispers giltuproqli jinslarga aytiladi. Ularda o‘lchamlari 0,001 mm. dan kichik bo‘lgan zarrachalarning miqdori 80-90% ga etadi.
Trepel va diatomit - cho‘kindi tog‘ jinslari bo‘lib, asosan amorf shakldagi kremnezyomdan tashkil topgan. Bular issiqlik izolyasiyasi materiallari, engil g‘isht va toshlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Qo‘shimchalar. Giltuproq va undan tayyorlanadigan keramik buyumlarni kerakli xossalarga ega bo‘lishini ta’minlash uchun keramik buyumlar ishlab chiqarishda giltuproqqa har xil qo‘shimchalar qo‘shiladi.
Plastiklikni kamaytiradigan qo‘shimchalar – Keramik buyumlarni quritish va pishirishda kirishishini kamaytirish uchun, buyumlarda deformatsiya va yoriqlar bo‘lishini oldini olish uchun ishlatiladi. Bu qo‘shimchalarga degidratlangan giltuproq, shamot, shlaklar, kul, kvars qum kiradi.
Degidratlangan gil - oddiy giltuproqni 700-750 da qizdirish yo‘li bilan olinadi. Bu haroratlarda giltuproq kimyoviy birikkan suvni va plastiklik xususiyatini yo‘qotadi.
SHamot - o‘tga chidamli va qiyin eriydigan giltuproqlarni 1000-14000S da kuydirib, maydalash yo‘li bilan olinadi (zarrachalarning o‘lchami 0,16-2 mm). SHamot keramik buyumlarni quritish va pishirish davomidagi xossalariga yaxshi ta’sir qiladi, shuning uchun yuqori sifatli buyumlar, pardozbop g‘isht, o‘tga chidamli buyumlar olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |