10-ma’ruza. Xamir zuvalalariga shakl beruvchi jixozlar. Reja


Download 104.37 Kb.
bet6/10
Sana08.11.2023
Hajmi104.37 Kb.
#1758592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Ma\'ruza

17-расм. Ширмой зд^нонлар

Matristaning tirqishidan chiqayotgan plitalar tunuka taxtalarga teriladi va kerakli hollarda qo’l bilan to’g’rilanadi. Mashinada plitalarga shakl berish ancha unumli bo’lsa ham, ammo qo’lda shakl berilgan plitalarning g’ovakligi mashinalarga shakl berilgan plitalarga ko’ra afzallikga ega.


Shakl berilgan plitalarni tindirish 35...40 oS haroratda, 75...85 % nisbiy namlikda 40...120 min davomida tindirish xona-larida yoki shkaflarida amalga oshiriladi.
Pishirishdan oldin plitalar yuzasi suyuq tuxum aralashmasi bilan surkaladi va ayrim navlarining yuzasiga qoqnon talqoni, maydalangan bodom va boshqalar sepiladi. Xamir plitalarini pishirish turli konstrukstiyaga ega pechlarda 180...250 oS haroratda 7...20 min davomida (qoqnonlarni naviga ko’ra) amalga oshiriladi. Pishirish kamerasida namlanish talab qilinmaydi.
Pishirilgan plitalar odatda shu tunuka taxtalarning o’zida 15...20 minut davomida sovutiladi. Keyin plitalar yog’och lotoklarga joylanib 8...24 soat saqlanadi. Qoqnon plitalarini saqlashdan maqsad ularni burdalarga kesish uchun muvofiq holatga keltirishdir.
Plitalar saqlanadigan xonalar toza, quruq va yaxshi shamol-latiladigan bo’lishi kerak. Havoning harorati 12...15 oS, nisbiy namligi 65...70 % bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Agar plitalar maxsus sovutish konveyerli shkaflarda eng qulay havo almashinish sharoitda saqlansa, ularning saqlanish davomiyligi 3,5...7 soatni tashkil etishi mumkin.
Saqlangan plitalar qoqnon naviga javob beradigan qalinlikda maxsus qirqish mashinasida burdalarga kesiladi. Burdalar quritish uchun mo’ljallangan tunuka taxtalarga qatorlab yotqaziladi.
Quritish novvoylik pechlarida 165...220 oS haroratda 12...35 min davomida
(qoqnonning o’lchami va restepturasiga ko’ra) amalga oshiriladi.
Shirmoy qoqnonlar ishlab chiqarishning bu bosqichini yuzaki qovurish-quritish deb atash maqsadga muvofiq bo’lar edi, chunki, bunda qoqnonlar nafaqat quritilishi, balki yon tomonlari qizargan rangda bo’lishi ham kerak. Shuning uchun shirmoy nonlarni quritish konvektiv usulida isitiladigan quritgichlarda emas, balki novvoylik pechlarida amalga oshiriladi. Chunki, faqat bu holda issiqlik beruvchi yuzalardan nurlanish natijasida burdalarning qizarishiga erishiladi.
Tayyor bo’lgan shirmoy qoqnonlar 2...3 soat sovutiladi va shundan keyingina saralanadi va qadoqlanadi.
Shirmoy qoqnonlar ishlab chiqarish maxsus kompleks-mexaniza-stiyalashtirilgan uzluksiz ishlaydigan jihozlar qatorlarida ham amalga oshiriladi.

Download 104.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling