10-ma’ruza. Xamir zuvalalariga shakl beruvchi jixozlar. Reja
а — Шоти; б — гуржи «Мадаури» лаваши; в — Трахтинули; г — думало
Download 104.37 Kb.
|
10-Ma\'ruza
а — Шоти; б — гуржи «Мадаури» лаваши; в — Трахтинули; г — думало^ тандир нони; д - Кутхиани
tavsifi. 1 etilgan 1 uchun ши ijananti ш iiian^uiuLiaiiiu i^niau uuucuidiuii наш л i luxclui. hlarga ajratish mum n mahsulotlari buyrak, yurak qon tomir sistemasi, gipertoniya ui-laii og rigan va gormonoterapeyada bo’lgan bemorlarning ovqatlanish rasti-oniga qo’llash uchun tavsiya etiladi. 26-расм. Тузсиз (аххлоридли) нон Tuzsiz mahsulotlar guruhi axlorid non (tuzsiz birinchi navli bug’doy unidan), tuzsiz sidirma non va axlorid sushkalarni o’z ichiga oladi. Kislotaligi kamaytiril-gan non mahsulotlari ikkinchi guruhni tashkil etadi. Ular oshqozon yarasi va gastrit bilan kasallangan bemorlar uchun tavsiya etiladi. Bu guruhga kislotaligi pasaytirilgan birinchi navli bug’doy unidan tayyorlangan bulkalar va qoqnonlar kiradi. Uglevodlar miqdo-ri kamaytirilgan non mahsulotlari uchinchi guruhni tashkil etadi. Bu turdagi mahsulotlar-ni semizlik, diabet bi-lan kasallangan, shu bi-lan 27-расм. Кислоталилиги пасайтирилган birga o’tkir revma-tizm булка bilan kasallangan bemorlarning ovqatla-nish rastionida foydala-nish tavsiya etiladi. Mahsulotlar tarkibida oqsil miqdorining ko’p bo’lganligi sababli, bu mahsulotlarni oqsilga ehtiyoji bo’lgan, masalan, kuyish jarohatini olgan bemorlarga tavsiya etish mumkin. Bu mahsulotlarni tayyorlash uchun kleykovina va kepakdan foydalanish natijasida unning ulushi kamayadi. Ayrim mahsulotlarni shirinlashtirish uchun saxarin, ksilit yoki sorbitdan foydalaniladi. Restepturasiga kepak kiruvchi mahsulotlarni ko’rsatilgan kasalliklarda va ichak atoniyasida ham foydalanish mumkin. Uglevodlar miqdori kamaytirilgan non mahsulotlariga oqsil-bug’doyli non, oqsil- kepakli non, diabetik javdar noni, sorbit qo’shib tayyorlangan batonchalar, kulchalar, kepakli bulkalar va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Oqsil miqdori kamaytirilgan (oqsilsiz) non mahsulotlari to’rtinchi guruhga kiradi. Ushbu non mahsulotlari oqsil almashinishi buzilgan bemorlarga (finilketonuriya, glyutenli enteropatiya va boshqa-lar) tavsiya etiladi. Bemorlar kam miqdorda natriyga ehtiyoj sezishgani uchun bu mahsulotlarni tayyorlashda osh tuzi ham ishlatilmaydi. Bu guruhga ham oqsilsiz, ham tuzsiz makkajuxori kraxmalidan (91,4 %) va jaydari javdar unidan (8,6 %) tayyorlangan va faqat bug’doy kraxmalidan tayyorlangan non mahsulotlari kiradi. 28-расм. Углеводлар микдори камай- тирилган нон махсулотлари а - оксил-бу&дойли нон; Oziqaviy to’qimalarga boy bo’lgan don, kepak kabi xom ashyolarni qo’shib tayyorlangan non mahsulotlari beshinchi guruhni tashkil etadi. Bu mahsulotlar ichaklar atoniyasi (kam harakatchanligi) bilan kasal-langan va keksa kishilarga tavsiya etiladi. Bu guruhga Barvixino noni, donli non, «Sog’lom» non (bu navlarni tayyorlashda oliy navli bug’doy uni va maydalangan bug’doy ishlatiladi), doktor non (oliy navli bug’doy uni va bug’doy kepagi ishlatiladi) kiradi. Lestitin qo’shib tayyorlangan non mahsulotlari oltinchi guruhga kiradi. Bu non mahsulotlari aterosklerozda, semirishda, buyrak kasal-ligida, asab tizimi zaiflanganda tavsiya etiladi. 29 - расм. Озикавий тукималар билан бойитилган нон махсулотлари а - «Сотом» нон; б - Доктор нон Bu guruhga Amursk noni va batoni, lestitinli kepakli non (birinchi navli bug’doy va yog’sizlantirilgan soya unlaridan tayyorlanadi), lestitin qo’shib tayyorlangan kepakli parhezbop nonlar (bug’doy kepagi va yog’sizlantirilgan quruq sut qo’shiladi) va lestitin qo’shib tayyorlan-gan parhezbop bulochkalar (birinchi navli bug’doy uni, yog’sizlantiril-gan quruq sut va soya uni ishlatiladi) kiradi. Yod miqdori oshirilgan non mahsulotlari ettinchi guruhga kiradi. Bu guruhga kiruvchi non mahsulotlarini quyidagi kichik guruh-larga ajratish mumkin: lestitin va dengiz karami qo’shilgan non mahsulotlari. Ularni tayyorlashda asosan lestitindan iborat fosfatid konstentratdan tash-qari dengiz karami qo’shiladi. Bu mahsulotlar qalqonsimon bez, yurak qon tomir sistemasi kasallangan bemorlar va keksa kishilarni parhez ovqatlanishini tashkil etishda tavsiya etiladi. Bu kichik guruhga lestitin va dengiz karami qo’shilgan kepakli nonlar, lesti-tin va dengiz karami qo’shilgan parhezbop oddiy va shirin bulkalar kiradi. Bu mahsulotlar birinchi navli bug’doy unidan tayyorlanadi. dengiz karami yoki kaliy yodid qo’shilgan non mahsulotlari. Bu mahsulotlar qalqonsimon bez kasalligi bilan kasallangan bemorlarga va yod etishmagan hududlarda aholini davolash va parhezbop ovqatlanishini tashkil etish uchun tavsiya etiladi. Bu kichik guruhga dengiz karami qo’shilgan bug’doy noni, kaliy yodid qo’shilgan bug’doy noni va yodlashtirilgan batonlar kiradi. Sanab o’tilgan barcha guruhdagi mahsulotlarning restepturalari va ishlab chiqarish texnologiyasi maxsus to’plamlarda to’liq bayon etilgan. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, yuqorida sanab o’tilgan par-hezbop va shifobaxsh non mahsulotlarini ishlab chiqarishda ularning restepturalariga, ishlab chiqarish texnologik rejimlariga qat’iy rioya qilish shart. Ayniqsa qo’llaniladigan qo’shimchalarni dozalashda alohida e’tibor berish kerak. Shu bilan birgalikda mahsulotlarni xush-ta’mligi va yangiligi katta ahamiyatga ega ekanligini ham doimo diq-qat markazida saqlash lozim. Sanoatda shu bilan bir qatorda bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun mo’ljallangan non mahsulotlari ham ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda bolalar ovqatlanishini tashkil etish to’g’risidagi nizomning talablarini qat’iyan bajarish lozim. Bolalarning ovqatlanishi uchun mo’ljallangan mahsulotlar tarkibida margarin, ko’knor urug’i, ziravorlar, limon kislotasi, patoka, vanilin kabi mahsulotlar va sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan ruxsat berilmagan qo’shimchalar bo’lmasligi kerak. Bolalar ovqatlanishi uchun mo’ljallangan non mahsulotlari restep-turasidagi xom ashyolarni boshqalari bilan almashtirish ta’qiqlanadi. Sog’liqni saqlash tashkilotlari tavsiyasiga ko’ra bolalar ovqatlanishi uchun mo’ljallangan «Kolobok» bulkasi, sutli bulkalar, smetanali kulchalar, sutli qoqnonlar va shu kabi yangi yaratilgan boshqa non mahsulotlarning navlari sanoat korxonalarida ishlab chiqariladi. Download 104.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling