10-mavzu: auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja: 1


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana15.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1776406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-MAVZU AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI.doc

Salbiy fikr bildirishga yoki fikr bildirishdan bosh tortishga taalluqli bo’lgan boshqa jihatlar 
Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortish 
zarur deb hisoblagan bo’lsa, auditorlik hisoboti (xulosasi)ga ham ayrim moliyaviy hisobot yoki 
7
АХС 260 “Бошқарув юклатилган шахслар билан ахборот алмашинуви”, 13-банд 
moliyaviy hisobotning bir yoki bir nechta alohida elementlari, schyotlari yoki moddalari bo’yicha 
moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning ayni o’sha asosi xususida modifikatsiyalanmagan fikr 
kiritilishi mumkin emas. Mazkur vaziyatda ayni o’sha hisobot (xulosa)ga bunday 
modifikatsiyalanmagan fikrning kiritilishi
8
moliyaviy hisobotlar bo’yicha bildirilgan salbiy 
auditorlik fikriga yoki auditorning fikr bildirishdan bosh tortishiga zid bo’lur edi. 
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ning shakli va mazmuni 
quyidagicha. 
Modifikatsiyani ifodalovchi paragrafni kiritish uchun asos. Tekshiruvni o’tkazgan auditor 
moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti 
(xulosasi)ga AXS 700 ga muvofiq talab etiladigan alohida elementlarga qo’shimcha ravishda fikrni 
modifikatsiyalashni talab qilgan jihatni tavsiflovchi paragrafni kiritishi lozim. Auditor bu paragrafni 
auditorlik hisoboti (xulosasi)da fikr bildirilayotgan paragrafdan bevosita oldin joylashtirishi va 
vaziyatga qarab, “Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos”, “Salbiy fikr bildirish uchun 
asos” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhani qo’llashi lozim. 
Moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan muhim buzib ko’rsatish moliyaviy hisobotlardagi 
alohida summalar (shu jumladan miqdoriy ochib berilgan ma’lumotlar) bilan bog’liq bo’lsa, auditor 
modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafga mazkur buzib ko’rsatish moliyaviy 
ta’sirning tavsifi va summasini kiritishi lozim (agar buning imkoni bo’lsa). Agar moliyaviy ta’sir 
hajmini hisoblab chiqish mumkin bo’lmasa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan 
paragrafda buni ko’rsatishi lozim. Bordiyu, moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib 
ko’rsatishlar ochib berilayotgan tavsifiy ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lsa, auditor modifikatsiyalash 
uchun asos ifodalanayotgan paragrafga ochib berilgan ma’lumotlar qanday buzib ko’rsatilgani 
xususida tushuntirishlarni kiritishi lozim. 
Ayrim hollarda moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko’rsatishlar ochib berish talab 
etiladigan ma’lumotlarni ochib bermaslik bilan bog’liq bo’ladi. Bunday hollarda auditor ochib 
berilmagan 
ma’lumotlarni boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan muhokama
qilishi, modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tushirib 
qoldirilgan ma’lumotlar xususiyatini ko’rsatishi va agar bu qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar 
bilan ta’qiqlangan bo’lmasa, u hisobot (xulosa)ga tushirib qoldirilgan ma’lumotlarni kiritishi lozim 
bo’ladi. (agar buning imkoni bo’lsa ya’ni u tushirib qoldirilgan ma’lumotlar xususida etarlicha 
tegishli auditorlik dalillarini olgan 
bo’lsa). 


Modifikatsiyalashga talabning paydo bo’lishi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish 
mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lsa, auditor buning sabablarini modifikatsiyalash uchun asos 
ifodalanayotgan paragrafda ko’rsatishi lozim. Hatto auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy 
fikr bildirgan yoki fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa ham, modifikatsiyalash uchun asos 
ifodalanayotgan paragrafda auditor o’zi xabar topgan va fikrni modifikatsiyalashni talab qilishi 
mumkin bo’lgan boshqa har qanday sabablarni ko’rsatishi, shuningdek ularning ta’sirini tavsiflashi 
uning professional vazifasidir. 
Fikr bildiriladigan paragraf 
Agar auditor auditorlik fikrini modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u fikr bildiriladigan paragraf 
uchun (vaziyatga qarab) “Qo’shimcha izohlar bilan fikr”, “Salbiy fikr” yoki “Fikr bildirishdan bosh 
tortish” degan sarlavhalardan foydalanishi lozim. 
Auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha 
izohlar bilan fikr bildirayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda u, qo’shimcha izohlar bilan fikr 
bildirish uchun asos ifodalangan bandda tavsiflangan jihat (jihatlar) ta’sirini istisno qilganda, o’z 
fikriga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim: 
(a) 
Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq 
tayyorlangan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni 
taqdim etishning qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilganini (yoki to’g’ri va 
haqqoniy tasavvur hosil 
8
АХС 805 “Алоҳида масалалар – айрим молиявий ҳисобот ва молиявий ҳисоботнинг алоҳида 
элементлари, счётлар ёки моддалар аудити” 
qilish imkonini berishini); yoki 
(b) 
Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan 
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish 
uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanganligini. 
Agar fikrni modifikatsiyalashga talab etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati 
yo’qligi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, auditor modifikatsiyalangan fikrni bildirishi uchun tegishli 
“...jihat (jihatlar) ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni istisno qilganda” iborasini qo’llashi lozim. 
Tekshiruv oqibatida auditor salbiy fikr bildirayotgan bo’lsa, u fikr ifodalanayotgan 
paragrafda o’z fikriga ko’ra, salbiy fikr bildirish uchun asos ifodalangan paragrafda tavsiflangan 
jihatning ahamiyatliligiga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim: 
(a) 
Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq 
tayyorlangan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni 
taqdim etishning qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilmaganini (yoki to’g’ri va 
haqqoniy tasavvur hosil qilish imkonini bermasligini); yoki 
(b) 
Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan 
bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish 
uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanmaganligini. 
Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr 
bildirishdan bosh tortayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda quyidagilarni ko’rsatishi lozim: 
(a) 
Fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda 
tavsiflangan jihat (jihatlar)ning ahamiyatliligi tufayli auditor auditorlik fikrini bildirish uchun asosni 
ta’minlaydigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmagan; va, tegishli 
ravishda, 
(b) 
Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirmaydi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling