10-mavzu: auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja: 1


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana15.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1776406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-MAVZU AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI.doc

Auditor qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirganda uning javobgarligi tavsifi 
Qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirayotganda, auditorning javobgarligi tavsifiga 
auditor o’zi olgan auditorlik dalillari modifikatsiyalangan auditorlik fikrini bildirishga asosni 
ta’minlash uchun etarlicha tegishli dalillardir, deb hisoblashini ko’rsatadigan o’zgartirish va 


qo’shimchalar kiritishi lozim. 
Auditor fikr bildirishdan bosh tortganda uning javobgarligi tavsifi 
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr 
bildirishdan bosh tortgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafiga moliyaviy 
hisobotlar auditini o’tkazish uchun yollanganini ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi 
lozim. Shuningdek, auditor auditorning javobgarligi tavsifiga va auditning ko’lami tavsifiga faqat 
quyidagilarni ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim: 
“Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni biz Auditning Xalqaro 
Standartlariga muvofiq o’tkazgan audit asosida bildirishdan iborat. Biroq, fikr bildirishdan bosh 
tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihatlar)ga ko’ra, biz auditorlik 
fikrini bildirish uchun asosni ta’minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga 
ega bo’lganimiz yo’q”. 
Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga misollar 
1- 
misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli 
qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 
2- 
misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli salbiy 
fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 
3- 
misol: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi 
tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 
4- 
misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha tegishli 
auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish 
ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi). 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling