10-mavzu: auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja: 1


 Auditorlik xulosasining turlari tavsifi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana15.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1776406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-MAVZU AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI.doc

5. Auditorlik xulosasining turlari tavsifi 
705 sonli AXSda modifikatsiyalangan fikrning uch shakli, xususan, qo’shimcha izohlar 
bilan fikr, salbiy fikr va fikr bildirishdan bosh tortish belgilanadi. Vaziyatga mos keladigan 
modifikatsiyalangan fikr shaklini aniqlash quyidagilarga bog’liq bo’ladi: 
(a) 
Fikrni modifikatsiyalashni talab qilgan masalaning xususiyatiga, ya’ni 
moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bor-yo’qligiga yoki, etarlicha tegishli auditorlik 


dalillarini olish mumkin bo’lmagan holda, moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar 
bo’lishi mumkinligi yoki mumkin emasligiga; va 
(b) 
Mazkur masalaning moliyaviy hisobotlarga ta’siri keng qamrovliligi yoki uning 
ta’sir ko’rsatish ehtimoli to’g’risida auditorning mulohazasiga 
Auditorning maqsadi quyidagi hollarda talab etiladigan moliyaviy hisobotlar bo’yicha 
modifikatsiyalangan fikrni tegishli ravishda aniq ifodalashdan iborat: 
 
Olingan auditorlik dalillari asosida auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib 
ko’rsatishlar mavjud degan xulosaga kelgan bo’lsa; 
 
Auditor unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas 
degan xulosaga kelish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga 
ega bo’lmasa. 
Auditorlik fikrini modifikatsiyalash shaklini aniqlash 
Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish 
Auditor quyidagi hollarda fikrni qo’shimcha izohlar bilan ifodalashi lozim: 
 
Etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, auditor buzib ko’rsatishlar 
alohida- alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun muhim hisoblanadi, lekin ular 
keng 
qamrovli emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa; 
 
Auditor o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik 
dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, biroq u topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular 
mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri muhim bo’lishi mumkin, 
lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa. 
Salbiy fikr bildirish 
Auditor, agar u etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, buzib ko’rsatishlar alohida- 
alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun ham muhim, ham keng qamrovli 
hisoblanadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, salbiy fikr bildirishi lozim. 
Fikr bildirishdan bosh tortish 
Auditor, agar u o’ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik 
dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa va topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud 
bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri ham muhim, ham keng qamrovli 
bo’lishi mumkin, degan xulosaga kelgan bo’lsa, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Shuningdek, 
agar auditor (ko’p sonli noaniqliklardan iborat bo’lgan kamdan-kam hollarda) noaniqlikning har bir 
jihati xususida etarlicha tegishli dalillar olinganiga qaramay, noaniqlik jihatlarining potentsial 
o’zaro aloqasi va ular jamuljam holda moliyaviy hisobotlarga ta’sir ko’rsatishi mumkinligi tufayli 
moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni hosil qilish mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa ham, 
fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. 
Auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan 
cheklashlar belgilangani tufayli etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin emasligi 
oqibatlari 
Agar auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati audit 
ko’lamiga cheklashlar belgilaganidan xabar topgan bo’lsa va ular auditor fikriga ko’ra, moliyaviy 
hisobotlar bo’yicha qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortishni talab 
qilishi mumkin bo’lsa, auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatidan cheklashni olib tashlashni 
so’rashi lozim. 
Bordiyu, tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati ko’rsatilgan cheklashni olib tashlashdan bosh 
tortgan bo’lsa, auditor, boshqaruv yuklatilgan shaxslarning barchasi tadbirkorlik sub’ektining 
rahbariyati bo’lib ham ishlaydigan hollarni istisno qilganda, bu haqda boshqaruv yuklatilgan 
shaxslarni 260 sonli AXSga muvofiq xabardor qilishi 
7
va etarlicha tegishli auditorlik dalillarini 
olish uchun muqobil tartib-taomillarni bajarish mumkinligi yoki mumkin emasligini hal etishi 
lozim. 
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa, u 


buning oqibatlarini quyidagicha aniqlashi mumkin: birinchidan, auditor topilmagan buzib 
ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sir 
muhim bo’lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo’lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa, 
auditor qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirishi lozim, ikkinchidan, topilmagan buzib ko’rsatishlar 
(agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siri shu darajada 
ham muhim, ham keng qamrovli bo’lishi mumkinki, qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish 
vaziyatning jiddiyligini ko’rsatish uchun etarli bo’lmasligi mumkin, degan xulosaga kelgan bo’lsa 
auditni o’tkazishdan bosh tortishi yoki moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirishdan bosh tortishi 
kerak. 
Agar auditor, yuqorida nazarda tutilgandek, auditni o’tkazishdan bosh tortayotgan bo’lsa, 
bunday qilishdan oldin auditor auditni o’tkazish jarayonida aniqlangan, fikrni modifikatsiyalash 
talab etilishiga sabab bo’lgan har qanday masalalar to’g’risida boshqaruv yuklatilgan shaxslarni 
xabardor qilishi maqsadga muvofiq. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling