10-mavzu: auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja: 1


  Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana15.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1776406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-MAVZU AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI.doc

6. 
Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa
 
Avvalo modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasiga misol ko’raylik: 
Biz taklif qilingan AVS kompaniyaning buxgalteriya balansini 31 dekabr 20x3 holatiga 
ko’ra, shuningdek tugayotgan yil uchun foyda va zararlar, pul oqimlari haqidagi hisobot auditini 


o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar uchun javobgarlik kompaniya raxbariyati zimmasida. 
Bizning majburiyatimiz biz tomonimizdan o’tkazilgan audit asosida ushbu moliyaviy hisobotlarning 
ishonchliligi haqida fikr bildirishdir. 
Biz auditni Auditning xalqaro standartlariga mos holda o’tkazdik. Ushbu standartlar biz 
auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar yo’qligiga ishonch hosil qiladigan darajada 
rejalashtirishni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit moliyaviy hisobotlardagi sonli ko’rsatkichlar 
va ochib berishlarni tasdiqlovchi dalilarni testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, 
shuningdek, foydalaniladigan buxgalteriya hisobi printsiplari va rahbariyat tomonidan qilingan 
muhim baholarni, shunindek, moliyaviy hisobotning umumiy ko’rinishini (tasavvur)ni baholashni 
ham o’z ichiga oladi. Biz umid qilamizki, biz tomonimizdan o’tkazilgan tekshiruv fikrlarimizni 
bildirish uchun etarlicha asos beradi. 
Bizning 
fikrimizcha 
moliyaviy 
hisobot 
jamiyatning 31 dekabr 20x3 holati bo’yicha moliyaviy hisobot moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlariga (yoki yuz berayotgan mamlakatda qo’llaniladigan moliyaviy hisobot qoidalariga 
mos keladi))** mos holda ishonchli va xolis tasavvurlar beradi(yoki barcha muhim jihatlarda 
ishonli aks etadi). 
Auditor Sana 
Manzil 
Auditorlik xulosasi modifikatsiyalangan va modifikatsiyalanmagan turlarga bo’linadi. 
Amaliyotda modifikatsiyalanmagan xulosa keng tarqalgan bo’lib, deyarli 90 % xulosalar 
modifikatsiyalanmagan xulosalardir. 
Auditor, agar u moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim 
etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangan, degan xulosaga kelgan bo’lsa, 
modifikatsiyalanmagan fikr bildiradi. 
Agar auditor: 
(a) 
olingan auditorlik dalillari asosida moliyaviy hisobotlar muhim buzib 
ko’rsatishlardan holi emas degan xulosaga kelgan bo’lsa; yoki 
(b) 
unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas, degan 
xulosaga kelish imkonini beruvchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega 
bo’lmasa, 
auditor AXS 705 ga muvofiq auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni modifikatsiyalashi 
lozim. 
Modifikatsiyalangan fikr – salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, izohlar bilan fikr bildirilgan 
auditorlik xulosasi, fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasini o’z ichiga oladi. 
Agar haqqoniy taqdim etish asosi talablariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar 
haqqoniy taqdim etishni ta’minlamasa, auditor bu masalani tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan 
muhokama qilishi va, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosi talablariga va 
masala qanday hal qilinganiga qarab, auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni AXS 705 ga muvofiq 
modifikatsiyalash zarur yoki zarur emasligini aniqlashi lozim. 
Agar moliyaviy hisobotlar muvofiqlik asosi talablariga binoan tayyorlangan bo’lsa, auditor 
moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni qay darajada ta’minlashini baholashga majbur emas. 
Biroq, kamdan-kam uchraydigan vaziyatlarda, agar auditor mazkur moliyaviy hisobotlar yanglish 
tasavvur hosil qilish uchun imkoniyat yaratadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor bu masalani 
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va mazkur masala qanday hal etilishiga 
qarab, buni auditorlik hisoboti (xulosasi)da ko’rsatish kerakmi, agar ko’rsatish kerak bo’lsa, buni 
qay tarzda amalga oshirish zarur, degan savollarga javob berishi lozim. 
Xulosaning tarkibiy qismlarini biz yuqorida aytib o’tdik. Ammo ta’kidlash zarurki, 
modifikatsiyalangan fikr hosil qilinganda modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo’lgan 
vaziyatni o’zida aks ettiruvchi maxsus qism kiritilishi lozim. 
Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik 
xulosasida maxsus qism "Salbiy fikr bildirish uchun asos", "Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos", 
"Fikr bildirishni rad etish uchun asos" deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq 


bu band auditorning fikridan oldin joylashtiriladi. 
Shuningdek, auditor yoki auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar 
diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi 
mumkin: 
auditorlik tashkilotining fikri bo’yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning 
moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega, 
moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga; 
auditorlik 
tashkilotining 
javobgarligini 
yoki 
auditorlik 
xulosasining 
mazmunini 
moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tushunishiga yordam berishi mumkin bo’lgan, 
moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga. 
Tushintirish qismi kiritilishi auditorni moliyaviy hisobot haqidagi fikriga ta’sir etmasdan 
shunchaki qo’shimcha izoh sifatida xulosadan joy olishi mumkin. Masalan, amaliyotdan quyidagi 
misolni ko’rsak. 
Tushuntirish (izoh) paragrafida hisob metodikasini o’zgartirish masalasi kiritilgan Intelning 
2002 yildagi moliyaviy hisobotlariga berilgan so’zsiz ijobiy xulosasi 
ERNST & YOUNG LLP auditorlik tashkilotining Intel korparatsiyasini aktsionerlari va 
Direktorlar kengashiga yo’llagan mustaqil auditor xulosasi 
Biz Intel korparatsiyasining 28 dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil holati balansini va 28 
dekabr 2002 yilda tugovchi har bir uch yil uchun daromadlar, xususiy kapitali va pul oqimlari 
haqida tegishli konsalidatsiyalashgan hisobotlarining auditini o’tkazdik. Bizning auditimiz 
shuningdek, indeksdagi 15 (a) – bandda hisoblab chiqilgan moliyaviy hisobot grafigini ham o’z 
ichiga oldi. Ushbu moliyaviy hisobot uchun javobgarlik kompaniya rahbariyatining zimmasida. 
Bizning majburiyatimiz o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot ishonchliligi haqida 
fikr bildirishdan iborat. 
Biz auditni Qo’shma Shtatlarda umum qabul qilingan audit standartlariga mos ravishda 
o’tkazdik. Bu standartlar, auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatolar yo’qligiga etarlicha ishonch 
hosil qiladigan darajada rejalashtirishimizni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit sonli 
ko’rsatkichlarni tasdiqlash va moliyaviy hisobotlarni ochib berishni tasdiqlovchi dalillarni 
testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, shuningdek, foydalanilayotgan 
buxgalteriya hisobi printsiplari baholari va rahbariyat tomonidan yo’l qo’yilgan muhim 
xatoliklarni, hamda, moliyaviy hisobotni umumiy ko’rinishini baholashni ham o’z ichiga oladi. 
Biz tomonimizdan o’tkazilgan audit fikrimizni bildirish uchun etarlicha asos beradi, deb 
o’ylaymiz. Bizning fikrimizcha, konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobot Intel korparatsiyasining 28 
dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil bo’yicha hisoboti konsalidatsiyalangan moliyaviy holatiga 
nisbatan hamma mavjud (muhim) munosabatlar bo’yicha ishonchli aks ettiradi, shuningdek, 28 
dekabr 2002 yil uchun Qo’shma shtatlarda umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi printsiplariga 
mos holda pul mablag’lari harakatini ham ishonchli aks ettirgan. Bundan tashqari, bizning 
fikrimizcha, umuman olingan asosiy moliyaviy hisobotlarga nisbatan munosabatlar ko’rib 
chiqilganda, mos keluvchi grafik, unda bayon qilingan axborotlarning hamma muhim 
munosabatlari ishonchli ko’rsatilgan. 
2 – eslatmadagi konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda ko’rsatilgandek, 30 dekabr 2001 
yildan kompaniya moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq №142 – “Ishbilarmonik obro’si 
(gudvil) va boshqa nomoddiy aktivlar haqida” bayonnoma qabul qildi. 
Ernest & Young 
San – Xose, Koliforniya 
 
Modifikatsiyalanmagan xulosaning oxirgi xatboshisi auditorlik xulosasi audit ekspertizasini 
o’tkazish natijalari bo’yicha tuzilganligini bildiradi. Bu band shunchalik muhimki, auditorlik 
xulosasi ko’pincha shu xatboshi nomi bilan “auditor fikri” deb ham ataladi. Fikrlar xatboshisi faqat 
tekshiruv natijasidagi faktni yoki kafolatning tasdig’i emas balki xulosalar professional 


mulohazalarga asoslanganligini ko’rsatadi. 
AQShdagi Wm.Wringley Jr.Company uchun modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasi va 
moliyaviy hisobotga javobgarlik bo’yicha rahbariyatning xati 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling