10-mavzu: auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja: 1


  Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana15.11.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1776406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-MAVZU AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI.doc

4. 
Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik. 
Auditorlik xulosasi qisqa, bir necha satrdan iborat bo’ladi xolos. U auditorlik faoliyatida 
maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan axborot 
bo’lishi mumkin. Ammo, shuni inobatga olish kerakki, tekshiruv yakunidagi xulosa bir necha 
qatordan iborat bo’lsada, u o’ta ehtiyotkorlikni talab qiladi va sinchiklab, uzoq vaqt o’tkazilgan 
audit jarayonining yakunlanganini bildiradi. 
AQShda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, aniq bir yilda transmilliy auditorlik 
firmasining o’zi kabi yirik beshta mijoziga ko’rsatgan ish hajmi 128000 soatga teng. Bajarilgan bu 
kabi yirik hajmdagi ishni auditorlar 175 ba’zan esa undan ham kam so’zdan iborat bo’lgan 
auditorlik xulosasida aks ettiradilar. Shuni ta’kidlash kerakki, xulosadan tashqi foydalanuvchi 
auditor bajargan ish bilan boshidan oxirigacha tanishishni istamaydi. Unga faqatgina qisqa 
satrlardagi xulosa ahamiyatli xolos. (tasavvur qiling 128000 soatlik ish natijalarini ko’rib chiqish 
qancha uzoq vaqt olishini). 
Rahbariyatning auditorlik hisoboti uchun javobgarligi 
2002 yilga qadar AQShdagi korxonalarning boshqaruv xodimlari moliyaviy hisobotlardagi 
buzib ko’rsatishlar, xatoliklar uchun tasdiqlangan firibgarlik holatlaridan tashqari, javobgarlikka 
tortilmas edilar (Boshqacha aytganda, xodimlar bu xatoliklar haqida bilar edilar va bu ularning 
qastdan qilgan xatolari bo’lishi ham mumkin edi) 2002 yilda Sarbeyke-Okeli (SOX) qonuni qabul 
qilingach bunga chek qo’yildi. Unga ko’ra, ijrochi yoki moliyaviy direktor va shunga o’xshash 
mansabdor shaxslar AQShning qimmatli qog’ozlar va birjalari (SEC) bo’yicha Komissiyaga taqdim 
etilgan yillik yoki choralik hisobotlarda quyidalarni tasdiqlashlari lozim: 
 
rahbar hisobotni ko’rib chiqadi;
 
hisobot jiddiy faktlar haqida yolg’on ma’lumotni bayon qilmaydi yoki moddiy faktni 
bekitmaydi,
 
moliyaviy hisobotlarda va boshqa moliyaviy axborotlardagi barcha muhim 
ko’rsatkichlar kompaniyaning moliyaviy ahvolini haqqoniy aks ettiradi;
 
rahbariyatning imzolari:
 
-ichki nazorat tizimini tashkil etish va xizmatidan foydalanish uchun javobgarlik bor;
 
imzo qo’yuvchi mansabdor shaxslar kompaniya ichki auditorlari va direktorlar 
kengashining audit bo’yicha qo’mitasi quyidagilarni ochib beradi:
- ichki nazoratni loyihalashtirishdagi yoki ichki nazorat faoliyatidagi kompaniyaga salbiy 
ta’sir qilishi mumkin bo’lgan hamma jiddiy kamchiliklar ro’yxatga olinadi, ishlab chiqiladi
umumlashtiriladi va kompaniya auditoriga bu haqda xabar qilinadi; 
-boshqaruv yoki boshqa xodimlarni o’z ichiga oluvchi va kompaniya ichki nazorat tizimida 
muhim ahamiyatga ega har qanday firibgarliklar; 
-ichki nazorat tizimidagi kamchiliklar va o’zgarishlar yoki ichki nazoratga jiddiy ta’sir 
ko’rsatuvchi omillar haqida hisobotga imzo qo’ygan mansabdor shaxslar ularni baholash sanasidan 
keyin jiddiy kamchiliklar va zaif tomonlariga nisbatan barcha tuzatuvchi xatti-harakatlarni ham 
inobatga olgan holda. 


Bu shuningdek, shtab-kvartirasi AQShdan tashqarida bo’lgan, aktsiyalari AQSh fond 
birjalarida sotiladigan korporotsiyalarning mansabdor shaxslariga ham tegishli bo’lib xalqaro 
muzokaralarga olib kelishi ham mumkin. Qator Evropa mamlakatlarida talab ushbu qonun doirasida 
bo’lib, unda direktorlar kengashining hamma a’zolari (yoki ikki darajali boshqaruvda ijro etuvchi 
organ va kuzatuv kengashi) moliyaviy hisobotlarga imzo qo’yishlari bilan ularning javobgarligi 
yuzaga kelishini, mas’uliyat faqat bitta bosh direktor yoki moliyaviy direktorga taalluqli emasligini 
bildiradi. Biroq, moliyaviy hisobotlar va ichki nazorat uchun asosiy javobgarlik boshqaruv 
yuklatilgan shaxs zimmasida qoladi va bu Sarbeyke-Okeli qonunining asosiy tamoyilidir. 
Shlyumberje korxonasining moliyaviy hisobotlarini korporativ boshqaruv xodimlari 
tomonidan tasdiqlanishi 
Bosh ijrochi direktor tasdiqnomasi 
Men, Endro Guld, quyidagilarni tasdiqlayman: 
1. 
Men Shlumberger Limibedolon 10-k shakl bo’yicha ushbu yillik hisobotini ko’rib 
chiqdim; 
2. 
Mening fikrimcha, bu hisobotda jiddiy faktlar haqida yolg’on yozuvlar yo’q va ushbu 
hisobot o’zi qamrab olgan davr uchun foydalanuvchilarni chalg’itmaydi. 
3. 
O’z bilimlarimga tayanib shuni aytishim mumkinki, ushbu moliyaviy hisobotlar va 
undan boshqa moliyaviy axborotlar barcha tomondan korxona moliyaviy holatini, operatsiyalar 
natijalarini va o’tgan yil holati va ushbu hisobotda ko’rsatilgan davr uchun pul oqimlari haqidagi 
haqqoniy ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi; 
4. 
Tashkilot auditorlari va direktorlar kengashining audit bo’yicha qo’mitasi (yoki vazifa 
jihatdan shunga teng funktsiyani bajaruvchi shaxslar) bizning ichki nazoratga bergan 
baholarimizni va moliyaviy hisobot tuzish jarayonida ko’zga tashlangan kamchiliklar haqidagi 
ma’lumotlarni oldilar; 
5. 
(A) ichki nazoratdagi moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida aniqlangan, ehtimoli 
ko’zda tutilgan, korxonaning moliyaviy axborotlariga ishlov berish, umumlashtirish va ochib berish 
jarayonlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan ichki nazoratdagi hamma muhim kamchiliklar va 
ichki nazoratning zaif joylari. 
6. 
(B) boshqaruvdagi va moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida asosiy ahamiyatga ega 
bo’lgan xodimlar bilan bog’liq har qanday firibgarliklar. 
Sanasi: 3 mart 2004 y Endro Guld ----------------------------- imzo 
Endro Guld 
Rais va bosh ijrochi direktor 
 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling