10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarani oshirish
- Moslashtirilgan ishlab chiqarish
2. Qiymat takliflari. Ushbu blokda biz quyidagi savollarga javob berish orqali
qiymat taklifiga oydinlik kiritamiz. Iste'molchiga qanday qiymat taqdim etamiz? Biz mijozlarimizga muammolarni hal qilishda qanday yordam beramiz? Biz qanday ehtiyojlarni qondiramiz? Har bir iste'molchi segmentiga qanday tovar va xizmatlar to'plamini taklif qila olamiz? Qiymat taklifi ushbu segmentning ehtiyojlarini qondirish uchun bir nechta elementlarni birlashtirib, ma'lum bir mijoz segmenti uchun foyda keltiradi. Foyda miqdoriy (narx, xizmat ko'rsatish tezligi) yoki sifatli (dizayn, mijozning ijobiy hissiyotlari) bo'lishi mumkin. Quyida iste'molchi uchun mahsulot yoki xizmatning qiymatini tashkil etadigan ba'zi bir elementlar keltirilgan. Yangilik Ba'zi bir qiymat takliflari ilgari bozorda mavjud bo'lmagan butunlay yangi ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan. Bunday qiymat takliflari ba'zan texnologik yutuqlar bilan bog'liq bo’ladi. Masalan mobil telefonlar, ular mutlaqo yangi sanoat bo’lgan mobil aloqaning asosini yaratadi. Ammo har qanday yangi narsa ham yaxshi qiymat taklifi bera olmaydi. Masalan taom yetkazishni Lyuks turdagi mashinalarda yetkazish yangilik bo’lishi mumkin, lekin qiymat taklifi nuqtai nazaridan hech qanday qiymat yaratmaydi. Samarani oshirish Samaradorlik yoki tezlikni oshirish, qiymatlar taklifini yaratishga qaratilgan. Masalan, kompyuter sanoati ushbu omilga tayanib, tobora kuchliroq kompyuterlarni bozorga olib chiqmoqda. Ammo tezlikning o'sishi o'z chegaralariga ega. So’ngi vaqtlarda ishlash tezligi, xotirasi katta va grafikasi yuqori bo'lgan kompyuterlar iste'molchilar talabining o'sishiga sabab bo’lmoqda. Moslashtirilgan ishlab chiqarish Mijozlarning individual ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlar yoki xizmatlarning tor doiralari yuqori narxga ega bo’ladi. So'nggi yillarda individual buyurtmalarga binoan va mijozning o'zi ishtirokida mahsulot ishlab chiqarishga bo'lgan talab doimiy ravishda oshib bormoqda. Ushbu yondashuv mijozlarning shaxsiy xohish-istaklarini inobatga olishga va shu bilan birga ishlab chiqarishni masshtablashtirish evaziga yaxshi iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling