Fraksional segmentatsiya. Ayrim biznes modellari ehtiyojlar va talablar
jihatidan bir oz farq qiladigan bozor segmentlarini ajratib ko’rsatadi. Banklardagi
chakana xizmat ko'rsatish bo'limlari, masalan, CrediteSuisse-da depozitlari 100000
AQSh dollaridan oshadigan mijozlar guruhini va ulardan 500 000 AQSh dollaridan
oshiqroq bo'lgan eng boy mijozlar guruhini ajratib ko'rsatishi mumkin. Ushbu
segmentlardagi mijozlar bir-biridan farq qiladi, bu CrediteSuisse biznes modelining
boshqa tarkibiy qismlari, xususan qiymat takliflari, savdo kanallari, mijozlar bilan
aloqalar, daromad manbalari uchun muhimdir.
Diversifikatsiyalangan. Diversifikatsiyalangan biznes modeliga ega tashkilot
har xil ehtiyoj va talablarga ega bo'lgan ikki xil xaridor segmentiga xizmat qiladi.
Masalan, 2006 yilda Amazon.com chakana savdo tarmog'i "bulutli hisoblash"
xizmatlarini taklif qildi. Natijada, kompaniya butunlay yangi iste'molchilar segmenti
- mutlaqo boshqa qiymat taklifiga ehtiyoji bo'lgan veb-kompaniyalar bilan o'zaro
aloqalarni boshladi. Diversifikatsiya qilishning strategik asoslarini Amazon.com
ning kuchli IT-infratuzilmasi orqali tushuntirish mumkin, kuchli IT-infratuzilma
mijozlarga chakana savdo va yangi bulutli xizmatni bir vaqtning o'zida yetkazib
berishga imkon beradi.
Ko'ptarmoqli platformalar (yoki ko'ptarmoqli bozorlar)
Ba'zi tashkilotlar mijozlarning ikki yoki undan ortiq segmentlariga xizmat
qiladi. Masalan, kredit karta kompaniyasiga kartalar egalarining ulkan bazasi,
shuningdek ushbu kartalarni qabul qiladigan savdogarlar va xizmat ko'rsatuvchi
kompaniyalar bazasi kerak. Xuddi shu tarzda, erkin media biznesi reklama
beruvchilarni jalb qilish uchun ko'plab o'quvchilar/auditoriyaga muhtoj va bu orqali
o’z ishlab chiqaruvchi va ta’minlovchilarini moliyalashtiradi. Bunday biznes
modelning ishlashi uchun ikkala segment ham zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |