10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana15.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1201613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish

Fraksional segmentatsiya. Ayrim biznes modellari ehtiyojlar va talablar 
jihatidan bir oz farq qiladigan bozor segmentlarini ajratib ko’rsatadi. Banklardagi 
chakana xizmat ko'rsatish bo'limlari, masalan, CrediteSuisse-da depozitlari 100000 
AQSh dollaridan oshadigan mijozlar guruhini va ulardan 500 000 AQSh dollaridan 
oshiqroq bo'lgan eng boy mijozlar guruhini ajratib ko'rsatishi mumkin. Ushbu 
segmentlardagi mijozlar bir-biridan farq qiladi, bu CrediteSuisse biznes modelining 
boshqa tarkibiy qismlari, xususan qiymat takliflari, savdo kanallari, mijozlar bilan 
aloqalar, daromad manbalari uchun muhimdir. 
Diversifikatsiyalangan. Diversifikatsiyalangan biznes modeliga ega tashkilot 
har xil ehtiyoj va talablarga ega bo'lgan ikki xil xaridor segmentiga xizmat qiladi. 
Masalan, 2006 yilda Amazon.com chakana savdo tarmog'i "bulutli hisoblash" 
xizmatlarini taklif qildi. Natijada, kompaniya butunlay yangi iste'molchilar segmenti 
- mutlaqo boshqa qiymat taklifiga ehtiyoji bo'lgan veb-kompaniyalar bilan o'zaro 
aloqalarni boshladi. Diversifikatsiya qilishning strategik asoslarini Amazon.com 
ning kuchli IT-infratuzilmasi orqali tushuntirish mumkin, kuchli IT-infratuzilma 
mijozlarga chakana savdo va yangi bulutli xizmatni bir vaqtning o'zida yetkazib 
berishga imkon beradi. 
Ko'ptarmoqli platformalar (yoki ko'ptarmoqli bozorlar) 
Ba'zi tashkilotlar mijozlarning ikki yoki undan ortiq segmentlariga xizmat 
qiladi. Masalan, kredit karta kompaniyasiga kartalar egalarining ulkan bazasi
shuningdek ushbu kartalarni qabul qiladigan savdogarlar va xizmat ko'rsatuvchi 
kompaniyalar bazasi kerak. Xuddi shu tarzda, erkin media biznesi reklama 
beruvchilarni jalb qilish uchun ko'plab o'quvchilar/auditoriyaga muhtoj va bu orqali 
o’z ishlab chiqaruvchi va ta’minlovchilarini moliyalashtiradi. Bunday biznes 
modelning ishlashi uchun ikkala segment ham zarur. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling