10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana15.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1201613
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish

Hamkorlikda yaratish 
Bugungi kunda ko'plab kompaniyalar xaridor bilan an'anaviy ravishda sotuvchi 
va xaridor munosabatlari chegaralaridan chiqib, qiymat yaratmoqdalar. Masalan, 
Amazon.com xaridorlarni sharhlar qoldirishga undaydi, shu bilan boshqa kitob 
ixlosmandlari uchun qiymat yaratadi. Boshqa kompaniyalar xaridorlarni mahsulot 
dizayni yaratishga targ’ib qiladi. YouTube.com kabi kompaniyalar esa 
foydalanuvchilarga o'zlarining kontentlarini yaratishga imkon beradi. 
5. Daromad oqimlari. Mijozlar haqiqatda nima tovar vaxizmat uchun 
to'lashga tayyor? Hozir ular ayni nima sabab uchun to'lashyapti? Ular qanday 
usulda to'lashyapti? Ular qanday to'lashni afzal ko'rishadi? Har bir daromad oqimi 
umumiy daromadga qancha hissa qo’shadi? 
Daromad oqimlarini yaratishning bir qancha usullari mavjud: 
Aktivlarni sotish 
Daromadning eng aniq oqimi - bu moddiy mahsulotga egalik huquqini 
sotishdan tushgan daromad. Amazon.com kitoblar, turli tovar va xizmatlar va 
boshqalarni sotadi. Fiat mashinalari - ularni xaridorlar haydashi, qayta sotishi va 
hatto yo'q qilishi mumkin. 
Foydalanish uchun to’lov 
Ushbu daromad oqimi ma'lum bir xizmatdan foydalanganlik uchun to'lovdan 
kelib chiqadi. Mijoz xizmatdan qanchalik ko'p foydalansa, shuncha ko'p pul to'laydi. 
Uyali aloqa operatori mijozdan qo'ng'iroqlarning daqiqalari uchun haq olishi 
mumkin. Mehmonxonada mehmon u yerda o'tgan kunlar uchun pul to'laydi. 
Yetkazib berish xizmati tovarni bir joydan boshqasiga yetkazib berish uchun haq 
oladi. 
Obuna to'lovi 
Bu xizmatga kirish muddatini sotishdan tushadigan daromad. Sport zali 
mijozlarga belgilangan davrda sport zalidan foydalanish imkoniyatini beradigan 
oylik yoki yillik abonementlar sotadi. Kompyuter tarmog'idagi “World of Warcraft 


Online” o'yini bir oy davomida o'ynaganligi uchun oylik abonent to'lovi oladi, 
Netflix video kontentga kirish uchun to’lov oladi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling