10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intellektual resurslar
Moddiy resurslar
Ushbu toifaga ishlab chiqarish ob'ektlari, binolar, uskunalar, transport vositalari, savdo nuqtalari va tarqatish tarmoqlari kabi jismoniy boyliklar kiradi. Walmart va Amazon.com kabi chakana savdo korxonalari moddiy resurslarga juda bog'liq bo'lib, ko'pincha katta kapital xarajatlarni talab qiladi. Birinchisi ulkan do'konlar tarmog'iga va tegishli infratuzilmaga ega. Ikkinchisi IT texnologiyalaridan keng foydalanish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishning rivojlangan tarmog'i bilan tavsiflanadi. Intellektual resurslar Tovar belgilari, yopiq ma'lumotlar, patentlar va mualliflik huquqlari, hamkorlar va mijozlarning ma'lumotlar bazalari kabi intellektual mulk biznes modelining eng muhim tarkibiy qismidir. Intellektual resurslarni yaratish oson emas, ammo muvaffaqiyatli bo'lsa, ular katta foyda keltirishi mumkin. Nike yoki Sony kabi iste'mol tovarlarini ishlab chiqaruvchilar uchun brendlar asosiy manba hisoblanadi. Microsoft va SAP faoliyatining asosini kompaniyalar yaratgan dasturiy ta'minot va tegishli intellektual mulk tashkil etadi. Qualcomm, keng polosali uyali aloqa uchun mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi, ishlab chiqarish litsenziyalarini boshqa kompaniyalarga sotishdan katta daromad olib, o'z biznes modelini patentlar atrofida yaratdi. Xodimlar Ishga qabul qilish har qanday korxona uchun muhim vazifadir, ammo bunda resursga alohida e'tibor berishni talab qiladigan biznes modellar mavjud, masalan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarda yoki ijodiy jamoalarda xodimlar asosiy resurs hisoblanadi. Ayniqsa Novartis singari farmatsevtika kompaniyasi uchun xodimlarni yollash katta ahamiyatga ega. Uning biznes modeli jiddiy olimlar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishdan iborat. Moliya Bir qator biznes modellar ma'lum moliyaviy resurslarni yoki moliyaviy kafolatlarni talab qiladi, masalan, naqd pul, kredit liniyalari yoki rahbar xodimlarni yollash uchun mablag' zaxirasi bo’lishi mumkin. Iqtisodiy rag'batlantiruvchi vosita sifatida moliyaviy resurslardan qanday foydalanishni mobil aloqa uskunalarini ishlab chiqaruvchi Ericsson kompaniyasining biznes modeli misolida tasvirlash mumkin. Ericsson banklardan yoki bozordan qarz olib, so'ngra mablag’larning bir qismini mijozlar buyurtmalari asosida rivojlanishga sarfladi; bu ularga raqobatchilardan uskunalarga buyurtma bermaslikni kafolatladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling