10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish
Ijaraga olish / ijaraga berish
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Litsenziyalar
Ijaraga olish / ijaraga berish
Ushbu daromad oqimi mijozga ma'lum bir aktivni belgilangan muddat davomida belgilangan haq evaziga ishlatish bo'yicha vaqtinchalik huquqlarni berish orqali hosil bo'ladi. Ijaraga oluvchi doimiy daromad oladi va ijarachi bitimning predmetidan to'liq narxini to'lamasdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunday munosabatlarning mukammal namunasini Zipcar.com da ko’rish mumkin. Kompaniya o'z mijozlariga soatiga avtomobillarni ijaraga berishni taklif qiladi. Natijada ko'pchilik avtomobilni sotib olish o’rniga, uni ijaraga olib foydalanish imkoniga ega bo’ladi. Litsenziyalar Bunda himoya qilinadigan intellektual mulkdan foydalanish huquqlarini berish orqali daromadlar oqimi yaratiladi. Litsenziyalash huquq egalariga mahsulot ishlab chiqarmasdan yoki xizmat ko'rsatmasdan mol-mulkdan daromad olish imkoniyatini beradi. Masalan, media sohasida mualliflik huquqi egasi mualliflik huquqini saqlab qoladi, ammo mulkni ishlatish uchun litsenziyani uchinchi shaxsga sotadi. Xuddi shu tarzda, sanoatda texnologiyalar uchun patentlarni sotish amalga oshiriladi. Brokerlik foizlari Daromad oqimi bitim jarayonida ikki yoki undan ortiq tomonga ko'rsatiladigan vositachilik xizmatlaridan ham kelib chiqadi. Masalan, kredit karta kompaniyasi karta sotuvchisi va mijoz o'rtasida o'tkazilgan bitimlarning foizini oladi. Brokerlar va ko'chmas mulk agentlari har bir muvaffaqiyatli operatsiya uchun komissiya oladilar. Reklama Bu turdagi daromad oqimi mahsulot, xizmat yoki brendni reklama qilish uchun to'lovlar orqali hosil bo'ladi. An'anaga ko'ra ommaviy axborot vositalari va ommaviy tadbirlarning tashkilotchilari reklama daromadlari modelidan foydalanadilar. So'nggi paytlarda boshqa tarmoqlar, shu jumladan dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilari va xizmat ko'rsatuvchi korxonalar reklama daromadlarining oqimiga ko'proq bog'liq bo'lishmoqda. Har bir daromad oqimining o'ziga xos narx belgilash mexanizmi mavjud. Siz tanlagan mexanizm turi sizning foydangizga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Narxlash mexanizmiga qarab narxlar o’rnatilgan yoki erkin bo'lishi mumkin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling