10-mavzu. Biznes modellarni ishlab chiqish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana15.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1201613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10.3. Canvas yondashuvi asosida biznes modellarni tahlil qilish

Xarajatlarni kamaytirish 
Iste'molchilarga xarajatlarni kamaytirishga yordam berish - bu qiymatni 
yaratishning yana bir o’zgacha usuli. Masalan, Salesforce.com mijozlar bilan 
munosabatlarni boshqarish (CRM) sohasida o’z dasturiy yechimlarini bepul taklif 
etadi, bu esa mijozlarga xarajatlarni tejash imkonini beradi. Jumladan, dasturni sotib 
olish, o'rnatish va boshqarish uchun qo'shimcha mablag’ va kuch sarfini 
kamaytiradi. O’z navbatida Salesforce.com boshqa jihatdan kompaniyalarga ta’sir 
o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu shu ifodalanadiki, Salesforce dasturlarni 
bepul taklif etish evaziga kompaniyalarning sug’urta xizmatlari bilan bog’liq 
ishlarni bajarishga shartlashadi. Bu bilan Salesforce o’z sug’urta biznesi uchun talab 
yaratadi. 
Riskni kamaytirish 
Iste'molchi uchun muhim qiymat u tovar va xizmatlarni sotib olishda duch 
keladigan risk darajasining pasayishi bo'lishi mumkin. Masalan, xaridor uchun 
ishlatilgan avtomobilning yillik kafolat xizmati ta'mirlash va turli nosozliklar bilan 
bog'liq risklarni kamaytiradi. Bu yondashuv axborot texnologiyalari sohasidagi 
xizmat va mahsulotlarni taqdim etishda ham afzallik yaratadi. 
Mavjudlik 
Qiymatni yaratishning yana bir usuli - ilgari imkoni bo'lmagan iste’molchi 
guruhlari uchun tovar va xizmatlarni taqdim etish. Bunga innovatsion biznes 
modellar va yangi texnologiyalar yoki ikkalasining kombinatsiyasi orqali erishiladi. 
Masalan, NetJets kompaniyasi xususiy reaktiv samolyotlar uchun ulushga 
asoslangan egalik g'oyasini ommalashtirdi. Innovatsion biznes model orqali NetJets 


jismoniy shaxslar va korporatsiyalarga ilgari ko'pchilik uchun mavjud bo'lmagan 
xizmat samolyotlaridan foydalanishni taklif qilmoqda. 
Qulaylik / qo'llanilishi 
Mahsulotdan foydalanish qulayligi ham qiymatga aylanishi mumkin. IPod va 
iTunes yordamida Apple xaridorlarga musiqani topish, sotib olish, yuklab olish va 
tinglashni osonlashtirdi. Shu tufayli, hozirgi kunda kompaniya bozorda hukmronlik 
qilmoqda. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling