10-mavzu. Butik mehmonxonalarning shakllanishi, rivojlanishi va afzalliklari, ularni o’zbekistonda yaratish masalalari reja


Butik mehmonxonalarning afzalliklari va kamchiliklari, butik mehmonxonalarini O’zbekistonda yaratish masalalari


Download 0.74 Mb.
bet6/6
Sana09.09.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1674944
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
бутик меҳмонхоналар

10.3. Butik mehmonxonalarning afzalliklari va kamchiliklari, butik mehmonxonalarini O’zbekistonda yaratish masalalari

O’zbekistonda turizm mavsumiy bo’lib, asosan bahor va kuz mavsumlarida sayyohlar tashrif buyurishadi. Shuningdek, ko’pchilik hollarda sayyohlar soni unchalik ko’p bo’lmasligi mumkin.6 Bunday omillar turistik hududlarda aynan butik mehmonxonalarni yaratishni taqozo etadi. Chunki, kichik va biror mavsumga xos, samarador xususiyatlar aynan zamonaviy butik mehmonxonalarga xosdir. O’zbekiston sharoitidan kelib chiqadigan bo’lsak, butik mehmonxonalar yaratishda aynan quyidagilarga alohida e’tibor berish foydadan holi bo’lmaydi:



  • zamonaviy butik mehmonxonasining aynan turistik markazda bo’lishiga e’tibor qaratish zarur. Sababi, butik mehmonxonasining chekka hududlarda qurilishi daromad keltirmasligi mumkin;

  • butik mehmonxonasi interyer va eksteryer dizayn uslubida milliy, tarixan shakllangan qadriyatlarga mos bo’lgan va zamon nafasi ufurib turuvchi ranglar, aksessuarlar va usullardan foydalanish zarur;

  • butik mehmonxonasining arxitekturaviy yechimi ham sodda, ham murakkab elementlardan iborat bo’lishi zarur. Masalan, kichik oddiy shakldagi butik mehmonxonasining ayvon, eshik va romlari, tom va boshqa shu kabilarida murakkab sharqona elementlardan foydalanilishi ko’proq mijozlarga estetik zavq beradi;

  • har bir butik mehmonxonaning yuqori qismida ertaknamo bezatilgan, atrof-muhit, manzara kaftdek aniq namoyon bo’ladigan yozgi ayvon bo’lishi zarur. Mehmonlar bu yerda tamaddi qilishlari, dam olishlari, hatto turli bazm kechalarini o’tkazishlari mumkin;

  • butik mehmonxonasi xonalari fondi juda ko’p bo’lishi kerak emas. O’zbekiston sharoiti uchun asosan 10 – 25 tagacha bo’lgan xonalar fondi qo’shimcha harajatlarning ko’paymasligiga sabab bo’ladi;

  • xonalar fondidagi bezaklar bir-birini takrorlamagan bo’lishi kerak. Zero, butik mehmonxonasining omad kaliti ham shunda;

  • butik mehmonxonasi o’zining kichik bog’i, basseyni bilan yanada ko’proq mijozlarga ega bo’lishi aniq. Shuning uchun kichik va chiroyli, maftunkor bog’ va basseyndan foydalanish zarur;

  • butik mehmonxonalarida bar va restoranlarning bo’lishi nazarda tutilgan. Ularning yana bir o’ziga xosligi bar va restoranlar faqat mehmonxona mijozlari uchun emas, balki tashqaridan keluvchi mijozlarga ham xizmat ko’rsatishi mumkin. Bu esa qo’shimcha daromad hisoblanadi. Bar va restoranlar ham mehmonxonaga mos bezatilishi kerak;

  • shuni unutmaslik kerakki, butik mehmonxonalar mijozga individual yondashadi. Shunday ekan, har qanday etika, estetika, gigiyena qoidalariga, tartib-intizomga rioya qilish kerak. Xodimlar nazoratda bo’lishi zarur;

  • butik mehmonxonalarining mijozlari bir-birlari bilan erkin muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’lishlari mumkin hisoblanadi. Bunda esa butik mehmonxonasida sharoit yaratilgan bo’lishi shart;

  • eng muhimi shuni unutmaslik kerakki, butik mehmonxonalarga narx belgilashda har qanday omilni hisobga olish zarur. Ko’pchilik butik mehmonxonalar ancha qimmat bo’ladi. Shunday ekan, raqobatbardoshlikni ta’minlashda o’zrtacha narxdagi ta’riflarni joriy qilish juda foydali bo’ladi.

Umuman olganda, hozirgi zamonaviy turistik infratuzilmani shakllantirishda noodatiy, bejirim, maftunkor dizayn uslublaridan keng foydalanilmoqda. Chunki, mehmonxonalar mijozlarining talabi ana shunday o’ziga xos dizayn, muhit va xizmatlardir. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli “O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida aynan maxsus tipdagi joylashtirish vositalari, mehmonxonalarni joriy qilish vazifasi belgilab qo’yilgan. Dunyo tajrisabidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, butik mehmonxonalar ham O’zbekiston turizm sohasida muhim va samarali rivojlanish kaliti bo’lib hisoblanadi.

1 101 mehmonxona tarixi: Butik mehmonxonalar. – HotelChatter rasmiy sayti: http://www.hotelchatter.com

2 “Butik mehmonxonalar evolyutsiyasi” Migle Polikeviciute: https://ojs.kauko.lt

3 www.gayot.com rasmiy web-sayti asosida, 2012-yil

4 HVS.com – mehmonxonalar statistikasi va segmentatsiyasi rasmiy sayti

5 Muallif tomonidan ishlab chiqildi

6 “Turizm asoslari” darslik, Tuxliyex I.S., Amriddinova R.S., Tursunova G.R., Hayitboyev R., Toshkent-2016

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling