10-mavzu. Efiopiya zoogeografik hududi Reja
G‘arbiy-Afrika kenja hududi
Download 203.32 Kb.
|
MAVZU 10. Efiopiya zoogeografik hududi
G‘arbiy-Afrika kenja hududiMazkur keja hudud Afrikaning g‘arbiy va markaziy qismidagi nam ekvatorial o‘rmonlarni o‘z tarkibiga kiritadi (Gvineya ko‘rfazining janubiy sohillari va Kongo daryosi basseyni). Bu kenja hududda asosan nam tropik (ekvatorial) o‘rmonlar yoki gileyalar shakllangan. Gileyadagi hayvonlar jamoasini tuproqda, o‘simlik qoldiklari (xazon) ostida va yer ustidagi pog‘onalarda yashovchi turlarga ajratish mumkin. Gileyada biotsenozdagi funksional roliga ko‘ra bir nechta trofik guruhlarni farqlash mumkin. Ulardan ayrimlari o‘rmonning u yoki bu pog‘onasida ham yashashga moslanishlar hosil qilgan. Saprofaglar bu joyda turli-tuman va ko‘p. Ular o‘simliklarning yerdagi qoldiklari bilan (xazon, shox, poya va boshqalar) oziqlanishadi. Nam tropik o‘rmonning o‘rta va yuqori yaruslari turli fitofaglar bilan egallangan. Fitofaglar o‘simliklarning tirik massalari (barg, shox-shabba, meva va boshqalar) bilan oziqlanishadi. Fitofag va saprofaglarga qaraganda zoofaglar pog‘onalar bo‘yicha bir muncha tekis tarqalishga ega. Bular yirtqichlar, hasharotxo‘r qushlar, yirtqich umurtqasizlar, ekto va endo parazitlar (hayvonlar parazitlari) va boshqalardan tashkil topadi. Fitofaglarning katta guruhini Afrika gileyalarida yashovchi maymunlar tashkil etadi. Ayniqsa, kolobuslar (qirol, qora-qizil, yashil kolobuslar), turli martishkalar (diana martishkasi, mono martishkasi) xarakterli turlar hisoblanadi. Gileyalarda gorillalar, shimpanze va yarim maymunlar (galago, potto) ham uchraydi. Tuyoqlilar bu joylarda kam uchraydi. Ular orasida cho‘tka quloqli cho‘chqa, yirik o‘rmon cho‘chqasi, bongo antilopasi va pakana suv ayg‘irini uchratish mumkin. Bu joyda tuyoqlilarning juda mayda vakillari ham yashaydi. Ularning balandligi atigi 40 sm atrofida, massasi 10-15 kg (afrika bug‘uchasi va bir necha turdagi dukerlar). Mazkur turlar ozuqa sifatida nafaqat o‘simliklar balki mayda hayvonlardan ham foydalanishadi. Bunday oziqalanish ayrim kemiruvchilar uchun ham xos (botqoq kalamushi, dag‘al junli sichqonlar va boshq.). Tipik zoofaglarga pangolinlar yoki yashchurlar, qoplonlar, viverralar va yer qazarlarni kiritish mumkin. Afrika gileyalarida o‘simliklar bilan oziqlanuvchi qushlar turli-tuman. Bularga tovuslar, turako yoki bananxo‘rlar, karkidon qushlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bulardan tashqari kaptarlar, to‘tilar (kul rang-jako) va boshqalar mazkur hudud uchun xos turlardandir. Hayoti suv bilan bog‘lanmagan-ko‘ktarg‘oqlar, bulbullar, bo‘zdoqlar, drongo, lichinkaxo‘rlarni ham uchraydi. Martishka va kolobuslar bilan oziqlanuvchi maymunxo‘r burgutlar ham bu hudud uchun xos turlardir. O‘ziga xos qiziqarli xulq-atvorni asal darakchilarida kuzatish mumkin. Ular hasharotlar va asalari uyalaridagi mum bilan oziqlanishadi. Afrika o‘rmonlarida xamelionlar ayniqsa xilma-xil. Ko‘pchilik reptiliyalar daraxtlarda ov qilganligidan yashil rangga kirgan. Jumladan, xlorofis ilonlari, yashil manba va daraxt qora ilonlari xuddi shunday moslanishlarga ega. Suv havzalarida to‘mtoq tumshuqli timsoh uchraydi. Tipik zoofaglarga pangolinlar yoki yashchurlar, leopardlar, viverralar, yer qazarlarni kiritish mumkin. Gileyalardagi dominant guruh hisoblangan yirtqich hasharotlarga chumolilar kiradi. Bu joyda ularning 600 dan ortiq turlari uchraydi. Tuproq yuzasi ya’ni xazon ostida yirik skolopendralar, qora chayonlar va turli o‘rgimchaklar yashaydi. Gileyada guruh holida yashovchi saprofaglarga termitlarni misol qilish mumkin. Nam tropik o‘rmonlarda ularning uyalari 1 ga da soni 80 tadan 100 tagacha yetadi. 1 m2 da uchrovchi termitlar soni esa 500 tadan 10 mingtagacha tebranadi. Xuddi shunga o‘xshash saprofag oziqlanishni bu joyda uchrovchi suvaraklar, shiralar, qung‘izlar, juft qanotlilar va boshqa bug‘im oyoqlilarning lichinkalari hamda voyaga yetgan vakillarida kuzatiladi. Ko‘pchilik kapalaklar G‘arbiy-Afrikaning tropik o‘rmonlarida yashaydi. Ularning 3/4 qismi endemiklardir. G‘arbiy-Afrikada uchrovchi ayrim oilalar va ko‘pchilik avlodlarning Indo-Malay hududining o‘rmonlarida uchrashi katta qiziqish tug‘diradi. Uchlamchi davrda nam o‘rmonlar juda katta maydonni egallab, ular Afrika va Janubiy-Osiyoda keng tarqalgan va ularni o‘zaro bog‘lab turgan. Hozirda bu areallar alohidalashgan. Download 203.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling