10-mavzu. Efiopiya zoogeografik hududi Reja


Sharqiy-Afrika kenja hududi


Download 203.32 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi203.32 Kb.
#1513334
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU 10. Efiopiya zoogeografik hududi

Sharqiy-Afrika kenja hududi


Bu kenja hudud materikning katta qismini Saxara cho‘lining janubini va janubiy tropikkacha bo‘lgan hududni egallaydi. Bu kenja hududda savannalar va tizma tog‘lar landshafti shakllangan. Afrika savannalari tashqi ko‘rinishi bilan Yevro-Osiyodagi o‘rmon dashtlariga o‘xshaydi. O‘tchil o‘simliklar turli-tumanligining nisbatan kamligi va daraxt o‘simliklarining esa aksincha xilma-xilligini yuqoriligi bilan ajralib turadi. Juda keng maydonlarda baland o‘suvchi o‘tchil qoplamlar orasida yakka-yakka yoki bir joyda guruh holida yirik baobablar, baland akatsiyalar, mimozalar va boshqa daraxtlar uchraydi. Nisbatan ko‘proq namlanuvchi joylarda o‘rmonlar, quruq joylarda esa past bo‘yli o‘tchil va cho‘llashgan savannalar rivojlangan. Mavjud barcha formatsiyalarning o‘ziga xosligi davriy yog‘ingarchiliklar bilan uzviy bog‘liq. Quruq va nam mavsumlarning navbatlashib turishi savannada yashovchi organizmlarning hayotiy ritmlarini belgilab beradi va hayvonlarda aniq ifodalanuvchi adaptatsiyalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘pgina hasharotlarda anabioz holat ancha uzoq muddatni egallaydi. Shunday xususiyat amfibiyalar va ba’zi reptiliyalar uchun ham xosdir. Xuddi shunday qushlar migratsiyasi va yirik o‘txo‘r hayvonlarning ko‘chmanchi hayot kechirishi keng tarqalgan holatdir. Bunday xususiyatni ham namlikning mavsumiy taqsimlanishi bilan tushuntirish mumkin.
Hayvonot dunyosining tarkibi o‘rmon jamoalariga qaraganda nisbatan sodda. O‘tchil o‘simliklarning ko‘pligi sababli bu joylarda yirik o‘txo‘r hayvonlarni ko‘plab uchratish mumkin. Ayniqsa, tuyoqlilar bu joylarda turli-tuman va boy tarkibga ega. Tuyoqlilarning umumiy tur soni savannalarda 70 dan ortiq bo‘lib, ularning asosiy qismini antilopalar tashkil etadi. Ularning eng xarakterli guruhi savannada keng tarqalgan gnu antilopalari (ohu) galasidir. Mazkur turlar har yili o‘simliklarning davriy vegetatsiyasiga bog‘liq holda uzoq masofalarga migratsiya qilishadi. Gnular bilan birga zebralar ham migratsiyada qatnashishadi. Tompson va grant antilopalarida ham shunday migratsiyalar kuzatiladi. Mazkur turlarning barchasi tipik o‘tloq hayvonlaridir. Savannadagi antilopalar orasidagi buta o‘simliklari bilan oziqlanuvchi turlar (kanna) ham uchraydi. Afrikaning daraxt-butali savannalarida hamda qoyali hududlarida tog‘ va qoya damanlari yashashadi.
O‘txo‘rlar oziqa bo‘luvchi o‘simliklarning turli pog‘onalari bilan oziqlanish jarayonida, o‘ziga xos moslanishlarga ega bo‘lishgan. Jumladan, gnu antilopalari yerga yaqin joylashgan o‘tlarni, zebra boshoqlilarning yuqori qismini, qora karkidon butalarning 1 metrgacha bo‘lgan qismini, afrika fillari 2-4 metrgacha bo‘lgan o‘simlik qismlarini va nihoyat eng yuqori pog‘onadan jirafalar oziqa sifatida ishlatib ularni soyabonsimon shaklga kirishiga sabab bo‘lishadi, ya’ni ularga o‘ziga xos “shakl” berishadi.
Afrika savannalari uchun xos turlarga yana yirik buqalar-Afrika buyvollari va so‘galli cho‘chqalarni misol qilish mumkin.
Tipik o‘tloq hayvonlaridan biri-oq karkidondir. U oiladagi eng yirik tur bo‘lib, erkaklarining massasi 5-tonnagacha yetadi. Ayni vaqtda ularning soni kamayib ketgan va Afrikadagi boshqa yirik hayvonlar qatori Xalqaro “Qizil kitob” ga kiritilgan.
Yirik yirtqichlilar Afrika savannalarida ko‘chib yuruvchi antilopalar ortidan qolishmaydi. Bunday ta’qib yirtqich-o‘lja tipidagi munosabatlarga yaqqol misol bo‘la oladi. SHerlar guruh holida yirik antilopa va zebralar bilan ov qilishadi. Gepardlar esa yakka holda ov qilishni o‘zlashtirishgan. Tashkiliy holda juda g‘alati ov usuli sirtlonsimon itlarga xosdir. Xuddi shunga o‘xshash ov ola sirtlonlar va chiyabo‘rilar uchun ham xos. Bu hududda turli pavianlarni ham uchratish mumkin.
Boshoqli o‘simliklar bilan qoplangan savannalar uchun yirik afrika strauslari xarakterli. Qirg‘ovullar oilasidan savannada frankolinlar, seserkalar va to‘qimachilar uchraydi. Birgina Serengeti savannasida ularning 40-dan ortiq turlari qayd etiladi. Bulduruqlar, tuvaloqlar, kokilli quzg‘un, marabu (laylak) kabi turlar ham mazkur kenja hududda uchraydi.
Sudralib yuruvchilardan agamalar, gekkonlar, kobralar, manbalar, qora ilonlar tarqalgan. Daryolarda timsohlarni uchratish mumkin. Mazkur kenja hududga tegishli havzalarda ko‘p shu’lali va ikki xil nafas oluvchi protopter baliqlari tarqalgan.
Savannadagi yashil o‘simliklar massasi bilan oziqlanuvchi hasharotlar turli-tuman bo‘lib, ularga tangacha qanotlilarning qurtlarini, fitofag-qo‘ng‘izlarni, bargxo‘rlar, sikadalar, turli chumolilar, qizil va cho‘l chigirtkalarini va boshqalarni kiritish mumkin.
Bu kenja hududda termitlar miqdori, zichligi va yer ustki qismidagi uyalari bilan yuqori ko‘rsatkichga ega. Jumladan, Zoir savannalarida termitlarning uyalari egallagan maydon yer yuzasining 30 % ni tashkil qiladi. Termitlardan tashqari savannadagi detritni qayta ishlashda kivsyaklar, suvaraklar, qora qo‘ng‘izlar, yomg‘ir chuvalchanglari va mollyuskalar ham ishtirok etishadi.



Download 203.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling