10-mavzu: Ekinlarni almashlab ekish (2 soat) Reja


Download 22.98 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi22.98 Kb.
#1621140
  1   2
Bog'liq
10-МАВЗУ


10-MAVZU: Ekinlarni almashlab ekish (2 soat)
Reja:
1. Almashlab ekish, surunkasiga ekish va monokultura haqida tushuncha.
2. Almashlab ekishning tarixi, rivojlanishi va uni joriy etish.
3.Almashlab ekishning agrotexnik va tashkiliy - xo’jalik hamda iqtisodiy jihatdan ahamiyati.
4. Almashlab ekish klassifikatsiyasi va sxemasi, rotasiyasi hamda rotasiya jadvali.
5. Qisqa rotasiyali almashlab ekish tizimlari va uning zaruriyati


Tayanch tushunchalar: almashlab ekish, monokultura, agrotexnik, tashkiliy - xo’jalik, iqtisodiy, almashlab ekish klassifikatsiyasi va sxemasi, rotasiya,rotasiya jadvali, o’tmishdosh ekinlar, oraliq va siderat ekinlar, lalmikor dehqonchilik, qisqa rotasiyali almashlab ekish.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A8; X1; X2; Q11; Q12.
1.Almashlab ekish deb, ekinlarni yillar davomida dalalar bo’yicha yuqori agrotexnik sharoitda tuproq unumdorligini yaxshilash va hosilni oshirishni ta’minlaydigan to’g’ri navbatlab ekishga aytiladi. Almashlab ekishning ahamiyati shundaki,uning tarkibidagi ko’p yillik o’tlar o’zidan keyin yerda ko’p miqdorda organik moddalar qoldiradi. Shu tufayli tuproqning strukturasi, suv-fizik xossalari, namlik sig’imi, zichligi, tuproqning oziq, issiqlik, havo rejimlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshilanadi.
Almashlab ekish ta’sirida tuproqda turli kasalliklar va hashoratlar miqdori keskin kamayadi. Faqat ekinlar navbatlashuvi ilmiy asosda tashkil etilib, joriy etilgandagina tuproq unumdorligini saqlash va oshirish mumkin. Maydon, kasalliklar manbai va begona o’tlardan tozalanadi, hosildorligini oshirish bilan chorvachilik yem-hashak bazasini ko’tarishda ham katta rol o’ynaydi.
Bir dalaning o’zida bitta ekinning uzoq vaqt eqilishi surunkasiga ekish deyiladi. Xo’jalik maydonlarining ko’p qismida uzoq vaqt bitta ekinni eqilishi monokultura deyiladi. Ekinlar o’zaro navbatlashmasdan bir maydonda uzluksiz ekilaversa, hosildorlikka putur yetkazadigan salbiy oqibatlar yuzaga kela boshlaydi, ekinga qanchalik parvarish berilsada hosildorlik ko’tarilmasdan pasaya boradi. Bunga sabab, o’simlikning bir tomonlama tanlab oziqlanishi bo’lsa, unga o’ziga xos kasallik, zararkunanda va moslashgan begona o’tlar paydo bo’ladi.
Tajriba ma’lumotlariga ko’ra, surunkasiga g’o’za ekilgan yerda vilt kasali 40-50% ni, almashlab ekilgan dalada esa 9% ni tashkil qilgan. Ma’lumki turli ekinlarning ildizi turlicha rivojlanadi. Shu tufayli ekinlar yerdan oziq elementlarni har-xil o’zlashtiradi. Masalan. g’alla ekinlari tuproqdan ko’p miqdorda fosfor, ildizmevalar esa kaliyni, dukkaklilar fosfor va kaliyni, g’o’za esa azot va fosforni ko’p o’zlashtiradi. Shu tufayli tuproqqa surunkasiga bir xil ekin ekish oqibatida oziq moddalarning bir tomonlama kamayish jarayoni sodir bo’ladi. Bunday jarayon surunkali davom etishi natijasida tuproq unumdorligi keskin pasayadi. Almashlab ekish natijasida begona o’tlar miqdori 30-50% gacha kamayadi, o’g’itlar samaradorligi 30-40% oshadi, har bir gektar ekin maydoniga sarflanayotgan suv 10-25% gacha tejaladi. Almashlab ekish ta’sirida ko’p yillik yem-xashak ekinlari botqoqlanish va sho’rlanish jarayoni ya’ni tuz to’planishini kamaytiradi, natijada ekinlarning hosildorligi 10-35% gacha oshadi.
2. Almashlab ekish, olinadigan mahsulotlarning turiga qarab dala, yem-xashak va maxsus turlarga bo’linadi.(1-jadval)
1. Dala almashlab ekish. Bunda umumiy maydonning yarmidan ko’pida don va texnik ekinlar ekiladi. Ular asosan bug’doy, g’o’za, zig’ir va hokoza ekinlardir.
2. Yem-xashak almashlab ekishda umumiy ekin maydoning ko’pini yem-xashak ekinlari tashkil qiladi. Ular ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi: ferma oldi va pichan tayyorlash (yaylov).

Ushbu jadvalda berilgan almashlab ekish klassifikasiyasi Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo’jalik akademiyasining dehqonchilik kafedrasida ishlab chiqilgan.


Turli yunalishdagi sabzavotchilik xo’jaliklari uchun ixtisoslashtirilgan almashlab ekishlarining taxminiy sxemalarida ekinlar navbatlashuvi 2-jadvalda berilgan.
Ferma oldida almashlab ekish fermaga yakin yerlarda tashkil qilinadi va ularda chorva mollariga ko’kat holda yediriladigan silosbop o’simliklar ekiladi. Pichan tayyorlanadigan yaylov almashlab ekishlar esa o’tloqlarda tashkil qilinadi. Bunda asosan ko’p yillik va bir yillik o’tlar ekiladi.
Maxsus almashlab ekishda alohida sharoitni talab qiladigan yani tuproq unumdorligi yuqori va sug’orishning maxsus usullarini talab etadigan ekinlar ekiladi. Bunday ekinlarga sholi, sabzavot, poliz, tamaki, kartoshka, kanop va boshqalar kiradi.
Barcha almashlab ekishlarda yem-xashak ekinlarining salmog’i 37,5% ni, shu jumladan beda 25% ni, boshqa oziq ekinlari esa 12,5% ni tashkil etadi. Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkaning salmog’i 62,5% ga to’g’ri keladi.
Sabzavot almashlab ekishda to’rt dala sabzavot, bitta dala kartoshka bilan band qilingan yoki ularning salmog’i 50 va 12,5% ni tashkil qiladi. Poliz almashlab ekishda poliz ekinlariga uch dala, sabzavot va kartoshkaga bittadan dala ajratiladi yoki ularning salmog’i 37,5; 12,5 va 12,5% ni tashkil etadi. Kartoshka almashlab ekishda kartoshkaga uch dala, sabzavot va poliz ekinlariga esa bittadan dala ajratiladi. Kartoshka 37,5% ni, poliz ekinlari 12,5% ni va sabzavotlar 12,5% ni band qiladi.
Polizchilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarda sakkiz dalali poliz beda almashlab ekish sxemalaridan foydalaniladi. Bu almashlab ekishda 3 dala poliz ekinlari bilan band bo’lib, qolgan dalalarga beda, sabzavot ekinlari va kartoshka ekinlar beda, karam, sabzi, makkajo’xori va sholi hisoblanadi.
Lalmikor sharoitda don-shudgor almashlab ekish qo’llaniladi.
«G’alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi qo’yidagi almashlab ekish sxemasini tavsiya etadi.
Lalmikorlikda, qirg’oqchilik ayniqsa, keskin bo’ladigan tekislik va tekislik-tepalik mintaqasining pastki qismi uchun 5 dalali shudgor almashlab ekish tavsiya etiladi: shudgor, g’alla ekinlari.
Almashlab ekishda ekinlar malum dalalarda navbatlanish tartibi buyicha joylashtiriladi, bunda dalalar soni 2-4 dan 10-12 tagacha bo’ladi. Masalan, 10 dalali almashlab ekish bo’lsa, dalalar 10 ta bo’lib, ekinlar unda navbat bilan joylashtiriladi.
Bir qancha ekin ekiladigan almashlab ekish dalasiga dalalar to’plami deyiladi.
Dalalar to’plamiga qo’yidagi talablar qo’yiladi:
Dalalar to’plami uchun yerga bo’lgan talab.
Ishlov berish va parvarish qilish tarkibi.
Ekinlarni tuproq unumdorligiga tasiri.
Qator oralariga ishlov beriladigan ekinlar.
Kuzgi ekinlar (bug’doy, arpa, javdar) ekiladigan dala.
Yoppasiga ekiladigan bahorgi ekinlar dalalari (beda, bugdoy, arpa, suli, va xokazo).
Lalmikor sharoitda almashlab ekishda bita dala toza shudgor holda qoldirilib qolganlariga don ekinlari ekiladi.
Almashlab ekishda o’tmishdosh ekin muhim ahamiyatga ega. O’tmishdosh ekin deb, muayyan dalada oldingi yillarda ekilgan ekin turlariga aytiladi.
Sug’oriladigan yerlarda barcha ekinlar uchun beda eng yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Beda o’simligi katta agrotexnik va xo’jalik ahamiyatiga ega.
1.Tuproqning fizik xususiyatlarini yaxshilaydi, donador holatga aylantiradi, chunki uning ildiz tizimi kuchli rivojlangan.
2.Serbargliligi, tuproq yuzasini Quyosh qizdirishidan saqlab, butun o’suv davrida tuproq yuzasiga tuzlarning ko’tarilishini to’xtatadi, bu jihatdan meliorativ tadbirni o’tkazdi.
3.Yer osti suvlari sathining pasayishiga olib keladi, chunki bu o’simlik massasi orqali gektariga 12-15 ming m3 suv bug’lantiradi, biologik drenaj rolini uynaydi, zaharli tuzlar kamayadi.
4.Ildizda tugunak bakteriyalar rivojlanib azot to’plasa, ildiz qoldig’ida ham 2-2,5% gacha azot to’playdi. Ikkalasi hisobiga har gektarida 500-600 kg gacha azot to’plashi mumkin.
5.Bedapoyada gumus miqdori ko’payadi, 3-yillik bedapoyaning 20-25 sm da 8-15 t/gacha gumus ko’payadi. Bu hisobda tuproqning barcha xossalari, ayniqsa suv balansi yaxshilanadi.
6.Beda ildizi chirishi bilan tuproqda harakatchan fofor miqdori oshadi.
7.Beda vilt va boshqa kasalliklarni kamaytiradi.
8.Beda mineral o’g’itlarning samaradorligini oshiradi.
9.Beda yuqori mahsuldorli yem-xashak ekinidir. U oqsil va karotinga boydir.
Lalmikor sharoitda esa toza shudgor yaxshi o’tmishdoshdir.
Shu narsalarni etiborga olib, paxtachilik xo’jaliklarida almashlab ekishning 10,9,8 dalali yani 3:7, 3:6,3:5 tizimlari qo’llanib kelindi (birinchi raqam beda, ikkinchi raqam g’o’za). Bunda g’o’zaning o’zaro salmog’i 70-66,7-62,5% ga tengdir.
Almashlab ekishning sxemasini belgilovchi omil, avvalo, xo’jalikning yo’nalishi va tuproqning sho’rlanish darajasi belgilasa, tuproq va shamol eroziyasi va maydonni kasallanish darajasini ham belgilaydi.
G’o’za vilt bilan kasallangan maydonlarda almashlab ekishning bo’laklangan 2:4:1:3, 2:4:1:2, 2:3:1:2 tizimlari tavsiya etildi (birinchi raqam-beda, ikkinchi raqam- g’o’za, uchinchi raqam-don yoki yem-xashak ekinlari, to’rtinchi raqam- g’o’za). Bedani birinchi yili don ekinlari, makkajo’xori, bilan aralashtirib ekish tavsiya etiladi.
Meliorativ jihatdan noqulay bo’lgan yerlarda 1:3:4; 1:3:5; shamol eroziyasi yoki qumli tuproqlarda 3:3; 3:4; 3:3:1 tizimlari qo’llanilgani maqul.
Dehqonchilikda tuproq unumdorligiga qarab almashlab ekishning hozirgi vaqtda tavsiya etilayetgan 8-dalali (3:4:1) va 6-dalali (2:3:1) sxemalarining rotasiyalarini keltiramiz (3-4 jadvallar).

Download 22.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling