10-mavzu: Endokrin tizim. Reja


Download 87.84 Kb.
bet6/11
Sana15.06.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1482026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-Ma\'ruza

Tireokalsiytonin parafollikul hujayralarining ikkinchi turi bo‘lib, K-hujayralar (S-hujayralar) nomi bilan yuritiladi va shu nomli gormonni ishlab beradi. Tireokal’tsiytonin kalsiy almashinish jarayonida ishtirok etadi, qonda kalsiy mikdorini kamaytiradi va qalqonsimon bez oldi bezi gormonining ontogonisti hisoblanadi. Shu gormon follikullar ichiga o‘tmaydi, shuning uchun ularning ichidagi kolloid suyuqligi tarkibida uchramaydi. Bu gormon 32 ta aminokislotadan tashkil top-gan polipeptid bo‘lib, tarkibidagi aminokislotalar joylashish tartibi turli sut emizuvchilarda har xil bo‘ladi. Tireokalsiytonin qonda kalsiy va fosfor mikdorini kamaytiradi. Suyakllrdan qonga kalsiy moddasining chiqishiga to‘sqinlik qilib, siydik bilan chiqishiga sababchi bo‘ladi. Qonda kalsiy mikdorini bir me’yorda saqlash vazifasini bajaradi. Hamma qalqonsimon bez oldi bezi olib tashlansa ham qonda kalsiy mikdorini bir me’yorda saklab qolish xususiyatiga ega.
Qalqonsimon bez oldi bezi (glanduia paiathyroidea) mayda bezchalar bo‘lib, ularning har birining vazni 0,5 g. ga teng. uzunligi 4-8 mm, kengligi 3-4 mm, qalinligi 2-3 mm. Odatda qalqonsimon bezning har bitta yon bo‘lagining orqa yuzasida ikkitadan joylashadi. Ayrim holatlarda shu bez to‘qimasi bilan bevosita tutashgan bo‘ladi. Asosiy paratiroid bezchalardan tashqari, qo‘shimcha bezchalar ham uchrab turadi. Bez tarkibida zich joylashgan ikki xil bez hujayrasi uchraydi. Bular bosh va oksifil hujayralardir. Ma’lum bo‘lishicha, yosh bolalarda dastlab bosh hujayralar rivojlanib, so‘ng 4-7 yoshlarida oksifil hujayralar paydo bo‘ladi. Yosh ulg‘ayishi bilan oksifil hujayralarning soni ko‘payib boradi. Organizm qarigan chog‘ida bez asosiy qismini oksifil hujayralar tashkil etadi.
Paratiroid bezlarning hammasi olib tashlansa, 2-3 sutka o‘tganidan so‘ng hayvonlarning ishtahasi yo‘qolib, juda qiyinchilik bilan yuradigan, bosh va tanasining ayrim muskullari tinmay titrab turadigan bo‘lib qoladi. Bu titroq vaqt o‘tishi bilan tobora kuchaya boradi va keyinchalik hayvon tanasining boshdan oyog‘iga tarqalib, butun tanasi bo‘ylab gavda talvasasiga (titrog‘iga) aylanadi, bu borgan sari kuchayaveradi va oxiri hayvon halok bo‘ladi. Agar paratiroid bezchalari qisman olib tashlansa ham, yuqorida aytib o‘tilgan alomatlarning hammasi bo‘lmasa ham, lekin kamroq darajada namoyon bo‘ladi, shilliq pardalarga qon quyiladi, me’da, ichaklarda uzoq vaqt tuzalmaydigan yaralar paydo bo‘ladi.
Eksperimental hayvonlarning paratiroid bezchalari olib tashlangani-dan so‘ng, ularning oziqlanish jarayoni ham titroq (titoniya) kuchayishi yoki pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, go‘sht bilan ozikdanadigan hayvonlarga go‘sht ko‘p berilsa, titroq kuchayadi, sut va o‘simlik oziklarni ko‘p bersa, titroq kamayadi. Buning asosiy sababi sut va o‘simliklar ozuqa tarkibida kalsiy moddasi ko‘p.
Paratgormon oqsil modda bo‘lib, organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bu gormon yetishmaganida qonda kalsiy kamayadi. Odatda organizmda paratgormonlar suyak to‘qimasida kerakli mikdordagi kalsiyning qonga chiqib turishini va shu tariqa qondagi kalsiy mikdorini yetarli darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga paratgor-mon ichaklardan kalsiyni qonga so‘rilishini, buyrak nefronlarida kalsiy reabsorbsiyasini kuchaytiradi, suyaklarda osteoklast hujayralarning ko‘payishini ta’minlaydi. Natijada qonda kalsiy miqdori bir me’yorda saklanib turadi. Paratgormon hayvonga ichirilganida uning ko‘pchiligi me’da va ichak shiralari ta’sirida o‘z kuchini yo‘qotadi. Shuning uchun kerakli vaqtda gormon vena tomiriga yuborilgani ma’qul. Paratgormon organizmda ko‘payib ketsa ham salbiy ta’sir kuzatiladi. Bunda mushaklarning ish qobiliyati pasayadi, tez charchaydi.
Paratgormon organizmda yetishmay qolishi odamlarda ham kuzatilishi mumkin. Qalqonsimon bez patologiyasida (bo‘qoq kasalida) operatsiya yo‘li bilan olib tashlanishi kerak bo‘lgan qalqonsimon bezning bir qismi bilan birgalikda paratiroid bezlari ham ayrimlari birga olib tashlanishi kuzatilgan.

Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling