10-mavzu: Endokrin tizim. Reja


Download 87.84 Kb.
bet8/11
Sana15.06.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1482026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-Ma\'ruza

Mineralokortikoid gormonlari koptokchali zona hujayralari tomonidan ishlab beriladi. Bu gormonlar avvalo qondagi natriy va kaliy mikdorining me’yorini tutib turadi. Bundan tashqari, buyrak kanalchalarida natriy xlor reabsorbsiyasini kuchaytirib, kaliy reabsorbsiyasini susaytiradi. Natijada qon, limfa va to‘qima oraliq suyuqliklarida osh tuzining mikdori ko‘payib, kaliy kamayadi. Shunday qilib, osmotik bosim bir me’yorda boshqarilib turadi. Organizmda suv kerakli mikdorda yig‘ilib turadi. Mineralokortikoidlarga aldosteron gormoni kiradi.
Glyukokorshakoidlar tutamli zona hujayralari tomonidan ishlab beriladi. Bular organizmda karbon suvlar almashinuvini, fosforlanish jarayonlarini boshqaradi, ya’ni oqsillarni uglevodlarga aylanishini tezlashtiradi. Natijada jigarda oksidlanish va dezaminlanish reaksiyalari kuchayadi. Oqibatda qonda qand, jigar va muskullarda glikogen mikdori ko‘payadi. Bu gormonlar uglevodlarni yog‘ga aylantirish jarayoniga ham to‘sqinlik qiladi.
Bu gormonning yetishmasligi natijasida karbonsuv almashinuvi jarayonlari buzilib, gipoglikemiya va jigarda glikogen miqdorining kamayishi, buyraklar funksiyasining kamayishi, pigment almashinuvining ishdan chiqishi va organizmda azot chiqindilarining yig‘ilib qolish hodisasi yuz beradi. Ular ko‘p miqdorda organizmga yuborilsa, muskul va biriktiruvchi to‘qima oqsillari keskin kamayib ketadi. Glyukokortikoidlarga kortikosteron, kortizon (gidrokortizon) gormonlari kiradi.
Androgen va estrogep gormonlari to‘rsimon zona hujayralari tomonidan ishlab beriladi. Ular ta’siri jinsiy gormonlar funksiyasiga o‘xshaydi. Ma’lum bo‘lishicha, androgen gormoni jinsiy a’zolar va ikkilamchi jinsiy belgilarga ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, oqsil sintezini tezlashtiradi. Skelet muskullarini rivojlantirib, bo‘yni o‘stiradi. Buyrak usti bezi ginerplaziyaga yoki rak kasaliga uchrasa, bu gormonning mikdori qonda ko‘payib ketishi ayollarda, ayniqsa, ikkilamchi jinsiy belgilarni yuzaga keltaradi. Ayollar gavdasi erkaklarnikiga o‘xshab kattalashadi, mo‘ylov va soqol chiqa boshlaydi. Bunday holata adrono-genital sindromi nomi berilgan. Ekstrogen gormoni ham qonda ko‘payib ketsa, jinsiy faoliyatning buzilishiga olib keladn. Yosh qizlarda. voyaga yetish jarayoplari o‘z vaqgidan ilgari kuzatiladi.

Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling