10-mavzu: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi. Reja


Download 287.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana12.02.2023
Hajmi287.5 Kb.
#1191061
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu




10-mavzu: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi

Reja: 
1
.Sohaviy terminlarning morfologik,sintaktik,semantik usul bilsn yasalishi 
2.Terminlarning struktur tuzilishi. 
3.Sodda terminlarning xususiyatlari. 
4.Yasama terminlar. 
5.Qo‟shma terminlar. 
6.Birikmali terminlar. 
Sodda terminlar - tarkibida so„z yasovchi va so„z o„zgartiruvchi affikslarning 
bor-yo„qligiga qaramay, yolg„iz bir o„zakdan yoki negizdan paydo bo„lgan, birgina 
lug„aviy ma‟noli qism bo„lgan so„z hisoblanadi. Masalan: qo‘shin, shtab, avtomat 
(harbiy); panjara, shpal, yog‘och (yog„ochsozlik); voris, guvoh (yuridik). 
Sodda terminlar ikki guruhga bo„linadi: 
1.Tub terminlar – yolg„iz o„zakdan hosil bo„lgan terminlar: bola, jiyan, 
tog‘a (qarindoshlik); mebel, go‘sha, eshik (yog„ochsozlik); jarima, huquq, 
jazo (yuridik). 
2.Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning qo„shilishi bilan 
hosil bo„lgan terminlar: mebelsozlik, duradgorlik (yog„ochsozlik); dalolatchi, 
jinoyatchi (yuridik). 
Qo„shma termin - ikki va undan ortiq sodda terminlarning birikuvidan tuzilgan 
terminlar. 
Qo„shma terminlar ham qo„shma so„zlar kabi o„z qatlam so„zlaridan, boshqa til 
materiallaridan hamda har ikkala manbaning o„zaro qo„shilishidan yasaladi. 
O„zbek tili materiallari asosida yuzaga kelgan qo„shma terminlar asosan 
umumiste‟moldagi tayyor qo„shma so„zlarning ilmiy termin yoki nomen sifatida 
terminologik tizimlarga qabul qilinishi mahsulidir. Bunday ikki planda 
qo„llanuvchi leksik birliklar ko„proq xalq tili bilan bog„liq holda rivojlangan 
terminologik sistemalarda tez-tez uchraydi. Shuningdek, o„z tilimiz materiallaridan 
tuzilgan qo„shma terminlar ayni ruscha terminlarni to„liq kalkalash jarayonida ham 
yuzaga keladi
1



Ma‟lumki, o„zbek xalqi qadimdan boshqa xalqlar bilan hamkorlikda, 
qo„shnichilikda yashab kelgan. Shunga ko„ra, tilimizda ayrim komponentlari 
arabcha, forscha yoki ruscha-baynalmilal bo„lgan, hatto har ikkala qismi ham 
muayyan (o„zbek tilidan boshqa) til materialidan yasalgan qo„shma so„zlar va 
terminlar uchraydi. Demak, qo„shma terminlarning komponentlari genetik 
materialiga ko„ra turlicha. Shunga ko„ra, ya‟ni qo„shma terminlarni ularni tashkil 
etgan komponentlarining kelib chiqish materialiga ko„ra ikki guruhga ajratish 
mumkin: 1) bir tildagi qatlamga mansub so„z birliklaridan hosil etilgan qo„shma 
terminlar; 2) turli tillarga mansub so„z birliklaridan hosil etilgan qo„shma terminlar
.Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so„z birliklaridan hosil etilgan 
qo„shma terminlarBunday qo„shma terminlar ham, o„z navbatida, ikkiga 
bo„linadi: 
a) o‘
zbek tilida avvaldan qo„llab kelingan o„zbekcha, arabcha, forscha so„zlarning 
o„zaro qo„shilishidan yuzaga kelgan qo„shma terminlar. Bunday terminlar quyidagi 
ko„rinishlarga ega: 
Ot+ot modelida yasalgan qo„shma terminlar. Bu model botanika, zoologiya singari 
tabiiy fanlarda, ularning terminologik tizimida mahsuldor hisoblanadi. 
Masalan: ayiqtovon, ituzum, tuyaqush (botanika) kabi. Keyingi davrda texnikaning 
bir qator terminologik tizimlarida ham shu tpidagi qo„shma terminlar miqdori ortib 
bormoqda: qismfazo, tagmaxraj, ustmaydon, olovbardoshlik(fizika-matem.); qayin 
ona, katta buva (qarindoshlik); tintuv qilish, huquqni cheklash (yuridik) kabi. 

Download 287.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling