10-mavzu. Kichik biznes subyektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan rо‘yxatdan о‘tkazish tartibi
Download 20.33 Kb.
|
1 2
Bog'liq10-мавзу. Кичик бизнес субъектларини банк,солиқ,ва молия муассасаларидан рўйхатдан ўтказиш тартиби
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Litsenziya beruvchi organlar
litsenziya berish tartibi
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan litsenziya olgandan keyingina ijozat beriladi. Litsenziya beruvchi organlar 5.3.1-jadvalda keltirilgan. Litsenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bо‘lgan shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan sо‘ng, 30 kun ichida litsenziya berish haqida qaror qabul qilinadi. Agar litsenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat bо‘lgan davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan sо‘ng, 15 kun mobaynida ariza va kerakli hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza о‘tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi tо‘laydi. 1-jadval. Litsenziya beruvchi organlar
Litsenziya ikki nusxada bо‘lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qо‘l qо‘yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi. Litsenziyada quyidagilar kо‘rsatilgan bо‘ladi: - litsenziya berayotgan muassasa nomi; - yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi; - litsenziya berilayotgan faoliyat turi; - faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari; - litsenziyaning rо‘yxat raqami, berilgan vaqti va muddati. Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziyada belgilangan qonun-qoidalarni yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek, aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullansa, u holda litsenziya bergan muassasa tadbirkorni litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir. Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor litsenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda litsenziya litsenziya bergan muassasa tomonidan olib qо‘yiladi. Download 20.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling