10-mavzu. Kreditning ta’minoti va uning shakllari ma’ruza rejasi
Download 360 Kb.
|
10-MAVZU. KREDITNING TA’MINOTI VA UNING SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHaqirilmaydigan kafolat
2. Majburiyat sub’ektlari bo‘yicha Qonun bo‘yicha bank garantlari sifatida faqat kredit muassasalari va sug‘urta tashkilotlari qatnashishi kafil sifatida esa turli yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin
3. Munosabatlarni o‘rnatish shakli bo‘yicha Bank-garantlar bank-kreditorlari bilan bank kafolati shartnomasini tuzadilar yoki ularga kafolat xati yuboradilar Kafillilik munosabatlari esa bank-kreditor va kafil o‘rtasida kafillik shartnomasi tuzilishi natijasida o‘rnatiladi Ko‘pchilik (asosan kam tajribali garantlar) nimani boshdan kechirishlarini qachon qarz oluvchi olgan kreditini qaytarishini yo xohlamasa yoki qaytara olmasa taxmin qila olmaydilar Tajribali britan iqtisodchisi Kristofer A Blumfild kafolat berayotgan paytida ba’zi bir qoidalarga e’tibor berishni maslahat beradi Buning uchun siz quyidagilarga ishonch hosil qilishingiz kerak: 1) Kafolatlanayotgan shartnomaning mustahkamligiga ishonish; 2) Berilgan kreditni qoplash bo‘yicha masalalarni yaxshilab ko‘rib chiqish; 3) Bank-kreditor bilan kafolatni taqdim etish to‘g‘risida kelishish bunda kafolat summasi sizning aktivlaringiz qiymatidan yuqori bo‘lmasligi kerak Bank kafolati berilganiga qarz oluvchi garantga mukofot to‘laydi CHaqirilmaydigan kafolat – bu kafolat chaqirilishi bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi (agar bank-garant bank-kreditor bilan oldindan kelishib olmagan bo‘lsa) mumkin emas Ammo qonun bo‘yicha chaqiriladigan kafolatni qo‘llash ham ta’qiqlanmagan Agar bank kafolati to‘g‘risidagi shartnomada: “bank kafolati chaqiriladigan xarakterga ega” deb aniq belgilangan bo‘lsa bunda garant xohlagan paytida bergan kafolatini bekor qilishi mumkin Agar kreditor chaqiriladigan kafolatga rozilik bildirsa uning ishi bitdi degan gap CHunki bunday kafolat bo‘yicha mablag‘ni kreditor hech qachon ololmaydi SHuning uchun kreditorlar kafolat turiga juda e’tibor bilan qarashlari lozim Bank-kreditor qarz oluvchi va garant o‘rtasidagi munosabatlarda eng muhim jihati bu bank kafolatini kuchga kirish vaqtini aniqlash hisoblanadi Qonunda belgilab o‘tilgan bank kafolati u berilgan kundan boshlab kuchga kirishi to‘g‘risida agar kafolatda boshqa hol nazarda tutilmagan bo‘lsa Amaliyotda kafolatni kuchga kirishining boshqa hollari ham mavjud: - qarz oluvchi garantga kafolat summasidan aniq foiz hisobida komission mukofot o‘tkazilgandan keyin; - qarz oluvchining hisob raqamiga barcha kredit summasi o‘tkazilgandan keyin; - kredit shartnomasida ko‘rsatilgan maqsadlar bo‘yicha kredit ishlatilganda va boshqa hollarda kafolat kuchga kiradi Bank kafolatini ijro etilishi to‘g‘risidagi kreditor talabi u tomonidan yozma shaklda kafolatda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga garantga taqdim etilishi kerak. Agar qarz oluvchining majburiyati bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan qoidani buzib o‘tish hollari bo‘lsa u albatta ko‘rsatib o‘tilishi lozim. SHundan so‘ng garant benefitsiar talabini qabul qilish paytida yuzaga kelgan aniq majburiyatlarni bajarishi, ya’ni: - kechiktirmasdan bu haqda prinsipal (qarz oluvchi)ga xabar berish va unga talabnomaning nusxasini barcha ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga yuborishi; - berilgan muddatda benefitsiar (kreditor) talabini ilova qilingan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqishi va bu talabnoma va hujjatlar kafolat shartlariga to‘g‘ri kelishini aniqlashi zarur Umumiy me’yorlarga muvofiq hujjatlar birinchi navbatda kafolat bilan ta’minlangan prinsipal majburiyatlarini ijro etilmasligini tasdiqlashi kerak Ammo bunday hujjatlarni yig‘ish benefitsiar uchun ancha mushkuldir va bu bank kafolati bo‘yicha to‘lovni olish imkoniyatini kamaytiradi Bunday hujjatlarga: - kafolat bilan ta’minlangan majburiyatni prinsipial tomonidan bajarilmaslik holatini o‘rnatuvchi sud arbitraj sudi qarori; - qarz oluvchining majburiyatini bajarmasligini rad etish to‘g‘risida hujjatlar va boshqalar kiradi Barcha kreditor va garant o‘rtasidagi munosabatlar bank kafolati shartnomasida aniqlanadi bu qoidaga rioya qilmaslik yoki yozma shaklda shartoma tuzmaslik shartnoma haqqoniy emasligidan dalolat beradi Kafolat yoki ikki tomonlama shartnoma garant tomonidan kreditorga yuborilgan kafolat xati orqali rasmiylashtiriladi Download 360 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling