10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha logos) atamasi «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat»


Download 75.08 Kb.
bet5/22
Sana02.01.2022
Hajmi75.08 Kb.
#197676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Konstruktiv mantiq –matematik mantiqning asosiy oqimlaridan biri. U konstruktiv matematikaga asoslanish hamda intuitiv mantiq qoidalarini tanqidiy o‘rganish negizida paydo bo‘lgan. Mantiqdagi bu oqim ham Kantor to‘plam nazariyasidagi paradoksni hal qilishga urinish asosida paydo bo‘ldi. Konstruktiv mantiq real dunyoda mavjud bo‘lmagan, lekin fikrda qurish mumkin bo‘lgan obektlarni, ularning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishlarini tadqiq etadi.

Logitsizm – bu oqim ham Kantor to‘plam nazariyasidagi paradokslarni hal qilishga intilish asosida vujudga kelgan. Logitsizm noklassik mantiqning o‘ziga xos  tarmog‘i bo‘lib, unda  mantiq ilmi va matematikaning o‘zaro yaqinligiga alohida etibor beriladi. Xususan, bazi o‘rinlarda mantiqni matematikadan ustun qo‘yishga intilish, boshqa o‘rinlarda ularni tenglashtirish bitta  fan deb hisoblash hollari mavjud. Uning tarafdorlari matematikani mantiq doirasiga to‘laligicha kiritish mumkin, buning uchun xech qanday qo‘shimcha tushunchalar talab qilinmaydi, deb takidlaydilar. Bu fikr matematik haqiqatni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega edi. Matematika rivoji uchun boshqa fanlarga nisbatan mantiq juda katta ahamiyat kasb etadi. Undagi teoremalar, aksiomalar kuchli mantiqiy asosga ega. VA, umuman, matematika qadimdan mantiqan izchil fan deb hisoblangan. Biroq, hozirda matematikani mantiq ilmi bilangina bog‘lash orqali fan sifatidagi maqomini o‘rnatish va tushuntirish mumkin emasligini ko‘pchilik matematik va mantiqshunoslaryaxshi bilishadi. 


Download 75.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling