MADANIY NUTQ SIFATLARI: NUTQ TO’G’RILIGI, ANIQLIGI, SOFLIGI, MANTIQLILIGI, JO’YALILIGI, TUSHUNARLILIGI, TA’SIRCHANLIGI VA QISQALIGI
Amaliy mashg`ulotning maqsadi: tinglovchilarga madaniy nutq va uni shakllantiruvchi asosiy sifatlar haqida ma’lumot berish; ma’naviyati va madaniyati shakllangan xalqlar uchun madaniy nutq inson faoliyatida muhim omillardan biri ekanligi haqida interfaol metodlar orqali tushuntirish.
Nutq so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko‘rinishi bo‘lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanalmay, ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchiga yetkazish, shu yo‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat. Ammo nutq bunday ta’sir quvvatiga ega bo‘lishi uchun, madaniylik talablariga javob berishi zarur. Buning uchun nutqda bir qator zaruriy sifatlar mavjud bo‘lishi kerak. Nutqning madaniyligini ta’minlaydigan kommunikativ sifatlar bir qancha bo‘lib, ularning asosiylari qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Nutqning to‘g‘riligi. 4. Nutqning jo‘yaliligi.
2. Nutqning aniqligi. 5. Nutqning sofligi.
3. Nutqning mantiqiyligi. 6. Nutqning boyligi
. Ana shu sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Mazkur sifatlarga bog‘liq holatda nutq madaniyatining ikki bosqichi farqlanadi, ya’ni nutqda to‘g‘rilik sifatining mavjud ligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi hisoblanadi, nutqda qolgan boshqa sifatlarni ham mujassamlashtirish esa nutq madaniyatining ikkinchi – oliy bosqichi sanaladi. Topshiriq. Atoqli tilshunos Alibek Rustamovning „So‘z xususida so‘z“ kitobidan olingan parcha o‘qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |