10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja
Download 88.62 Kb.
|
Arxivshunoslik 3-kurs
Arxiv hujjatlaridan:
1.Boshqaruvda: davlat muassasalarining istiqbolli reja yoki loyihalarini tuzishda, davlat boshqaruviga oid islohatlarni amalga oshirishda, yangi huquqiy –me`yoriy hujjatlarni qabul qilishda arxiv hujjatlaridan foydalanishning ahamiyati kattadir. 2. Arxiv hujjatlaridan siyosiy maqsadda -yangi qonun loyihalarini hayotga tadbiq etishda (qiyosiy tahlil yordamida) islohotlari dasturlarini amalga oshirishda, turli siyosiy partiya yoki guruhlar saylov jarayonlarida, tarixiy hujjatlar asosida davlat siyosatini targ`ib qilishda, davlat xavfsizligini mustahkamlashda, ma`muriy-hududiy chegaralanishlar o`tkazishda, xalqaro bitimlar tuzishda, davlatlararo chegaralarni aniqlashda, buzg`unchi g`oyalarga qarshi kurashishda keng foydalaniladi. 3.Iqtisodiy maqsadda – iqtisodiy rivojlanishning bashorat qilish yoki rejalashtirishda, loyiha –konstruktorlik ishlarini amalga oshirishda, ya`ni geologik va tog` - kon ishlari, gidrotexnik, meliorativ, yangi qurilishlar, aloqa yo`llari, sanoat va yashash joylarini loyihalashtirish va qayta tiklashda, davlat arxivlari tegishli fondlarida saqlanayotgan ilmiy texnika va kartografik hujjatlardan keng foydalaniladi. 4. Arxiv hujjatlaridan jamiyatning barcha sohalarida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni takomillashtirishda keng foydalanish katta samara beradi. 5. Arxiv hujjatlaridan madaniy va tarixiy yodgorliklarni qayta tiklashda, foydalanish ham iqtisodiy, ham madaniy-ma`rifiy maqsadlarni aks ettiradi. 6. Arxiv hujjatlaridan madaniy-ma`rifiy maqsadlarda foydalanish-turli mavzularga tegishli ko`rgazmalar , muzey ekspozitsiyalarini tayyorlashdam ilmiy ma`ruzalar o`qishm tarixiy ocherklar, risolalar, risolalar tayyorlashda, ekskursiyalar tashkil etishda, ommaviy axborot vositalarida hujjatlarni nashr etish yoki e`lon qilish va boshqalarda aks etadi. 7. Ijtimoiy-huquqiy maqsadlarda foydalanishga fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ko`zlovchi so`rovnomalarni bajarishda, xususan ularning ish stajlari, mukofotlari, imtiyozlari, mulkiy dahldorlik masalalarni aniqlash va boshqalarni kiritish mumkin. Davlat arxivlari -hujjatlaridan foydalanishni boshqa davlat idoralari bilan hamkorlikda ham amalga oshiradi.Masalan muzeylar ko`rgazmalari, hujjatlarni gazeta va jurnallarda e`lon qilish radio va teleko`rsatuvlar tashkil etish va hokazo. Davlat arxivlari hujjatlarni e`lon qilish maqsadida quyidagilarni amalga oshiradi: - arxiv hujjatlari asosida to`plamlar tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida maqolalar e`lon qilish; - o`quv xonalarini tashkil etish va ularda foydalanish qulayliklarini yaratish; - arxiv hujjatlari asosida turli mavzularda ko`rgazmalar tashkil etish (tarixiy sanalar, muhim tarixiy voqealar, mashhur kishilar yubileylari, kino foto hujjatlar, xaritalar va noyob hujjatlar jamg`armalaridan foydalanishga e`tibor qaratish) ; -o`quv zalida tarixiy mavzularda ma`ruzalar tashkil etish, o`quv qurollari yaratishni targ`ib qilish va tarixiy joylarga ekskursiyalar uyshtirish; - davlat arxiv hujjatlarini tashkilotlarga vaqtincha berishi ham mumkin, bunday holatlarda qonunchilik tartiblari asosida, yana arxivlar muzeylarda va ko`rgazmalar o`tkazishda o`z hujjatlari bilan ishtirok etishlari mimkin. Download 88.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling