Ish rejasi. Ish rejasini tuzishdan avval adabiyotlar va manbalar bibliografiyasini tuzib olish hamda adabiyotlarni sinchiklab o’rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni o’rganish jarayonida mavzuga doir asosiy masalalar doirasi aniqlab olinadi va shu asosda ish rejasi tuzib chiqiladi. Reja tadqiqotchining ilmiy ishini tayyorlash borasida qilinadigan ishlarda ma’lum bir qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Ishda qanday masalalar yoritilishi zarurligini aniq belgilab olish va uni chuqur tasavvur etish materiallar, hujjatlarni to’g’ri topish hamda tanlash uchun juda muhim davr hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot rejasi boshqa har qanday ilmiy ish rejasi singari to’plam tuzuvchilar tomonidan mas’ul muharrir rahbarligida tuziladi.
Dastlab ilmiy ish rejasi tuziladi. Demak, bu reja hali mukammal bo’lmaydi. Taxminiy rejadagi masalalar hajmi ilmiy ishning tuzilajak mukammal rejasidagi masalalar hajmiga qaraganda keng yoki tor bo’lishi mumkin. Chunki unda hali barcha mavjud manbalar hisobga olinmagan bo’ladi.
Ishning davom ettirilishi jarayonida taxminiy reja topilgan hujjatlar tarkibi, mazmuniga qarab o’zgarib, aniqlashib, mukammallashib boradi. Ilmiy ishni yozish uchun zarur bo’lgan barcha manbalar topilgandan keyingina ishda aniq masala yoki masalalarni to’la yoritish imkoniyati tug’iladi. E’lon qilingan, e’lon qilinmagan manbalarning hammasi topilganmidan keyin shu asosda aniq reja tuziladi. Reja tuzishga ijodiy yondashib uni yangi boblar va paragraflar bilan to’ldirish yoki biron bir bobdan, paragrafdan voz kechish, ayni paytda ayrim bob va paragraflarni kengaytirish, yiriklashtirish mumkin. Rejaning strukturasi so’z boshi, boblar, paragraflar va so’npi so’zdan iborat bo’ladi. Quyida ilmiy ishning dastlabki taxminiy rejasiga, uning o’zgarib borishiga misol keltiramiz.
Mavzuga ta`luqli adabiyotlarni o’rganib chiqish asosida mana bunday taxminiy reja tuziladi:
TURKISTON CHORIZM MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA
Hujjatlar to’plami
K i r i sh .
I b o b . Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |