10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja
Download 88.62 Kb.
|
Arxivshunoslik 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxeografiyaning vazifasi
Arxeografiya - arxiv hujjatlarini nashr qilishga tayyorlashning qoida va usullarini o’rgatadigan fan. Hujjatlarni e’lon qilish tarix fanining rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Arxivlar, ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan tayyorlab, nashr qilingan hujjatlar to’plamlari tarixni chuqur o’rganishga, haqiqatni tiklashga yordam beradi. Bunday hujjatlar to’plamlari tarixchilar tomonidan ilmiy asarlar yozishda muhim manba hisoblanadi.Binobarin, O`z.Res.Vazirlar Mahkamasining “1998 yil 27 iyulda ”O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutini takomillashtirish to`g`risida”gi Qarori, hamda 2004 yil 3 fevral Qaroridagi o`zbek xalqi va uning davlatchiligini tarixini xolisona o`rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasida ko`tarish davlatchiligimiz tarixini tarixiy manbalar asosida o`rganish, ish yuritish va arxiv ishi sohasida yagona davlat siyosatini olib boorish vazifalari belgilangan.Ilmiy ish ya`ni tadqiqot olib borishda hujjatlarning qiymati katta. Hujjatlar to’plamlarining tarix fani taraqqiyotida, tarixchilar ilmiy-ijodiy faoliyatida o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Hujjatlar to’plamini tayyorlash mavzu tanlash va reja tuzishdan boshlanadi.
Arxeografiya (yunoncha qadimgi –yozaman, ta`riflayman) degan ma`noni bildiradi.U yordamchi tarix fani sohasi bo`lib, - yozma manbalarning umumiy nashrini; - nashr uchun manbalarni tanlashning tamoyillari va tartibini, shuningdek, ularni nashrga tayyorlashni; - tarixiy manbalarni nashr etishni nazarda tutadi. Arxeografiya yozma manbalarni nashr etishning nazariy va amaliy sohalarini o`rganuvchi fandir.Arxeografiyaning vazifasi qo`lyozma manbalarni qayta ishlash usullari va nashrga tayyorlashdan iboratdir. Arxeografiya fan sifatida XII-XVIII asrlarda shakllanib brogan.Dastlabki hujjatlarning tanqidiy nashri XVI-XVIII asrlarda chop etilgan. G`arbiy Yevropada XV asrdan Frasiya, Germaniya davlatlarida, davlatchilik tarixi, cherkov tarixiga oid manbalar keng ko`lamda chop etilgan.Buni boshqa davlatlar tarixida ham ko`rishimiz mumkin. Masalan “Fransiya tarixiga oid nashr qilinmagan hjjatlar’ (1835), Italiya tarixi manbalari” (1887), Italiyada “O`rta asr ingliz yozuvchilari(1856-96)to`plamlari nashr etilgan. Rossiyada bu jarayon XVIII asrda rivojlanib bordi. V.N. Tatishchev (1686-1750) “Rossiyaning eng qadimgi tarixi” asarida bir qator solnomalardan foydalangan.Ayni paytda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskva bosh arxivi qoshida “Davlat mukofotlari va bitimlar haqidagi Komissiya (1811),Moskva universiteti qoshida “Rossiya tarixi va qadimshunoslik”, ”Rus tarixchilar jamiyati” ning roli katta bo`lgan. Dastlabki arxeografiyani tayyorlovchi institute 1821 yilda Fransiyada asos solingan Parij Xartiya maktabi hisoblanadi.Ma`lumki birinchi navbatda hujjatlarni nashr etishda tashqi siyosat tarixiga oid hujjatlar tashkil etgan. XIX-XX asrlarda nashrga hujjatlarni mavzusiga qarab tanlash va nashrga tayyorlash va ishlab chiqish boshlangan. XIX asrning 30 yillarida AQShda Tarixiy manbalarning keng miqiyosida nashri boshlanadi. “Amerika davlat hujjatlari” to`plami shular jumlasidandir. Shu davrda arxeografiya na faqat Yevropada balki Osiyo mamlakatlari: Xitoy, Misr, Qohirada, Hundistonda, Eronda, Arab mamlakatlarida taskil etilgan. XX asrning 20-30 yillarida O`zbekistonda hujjatlar nashr etila boshlandi.”O`zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnali yangi manba va hujatlarni chop etib borgan. 1998-2000 yillar davomida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida qo`lyozmalarning: “История”(Tarix), «Естественные науки”, “Медицина” va ssufiylik ta`limotiga oid “Краткий каталог суфийских произведений ХVIII- ХХ asrlar tasavvufiga oid qisqa kataloglari chop etildi; Shuningdek, Abu Ali ibn Sinoning 6 jildli “al –Qonun fit –tibb”o`zbek va rus tilida Abu Rayhon Beruniyning tanlagan asarlari (4jildli o`zbek va 7 jilddan iborat rus tilidagi) asarlari chop etildi; A. Jomiy, A.Navoiy, Abu Nasr Farobiy, Amir Xusrav Dehlaviy asarlari qo`lyozma kataloglari tuziladi; Shuningdek, “Каталог Хивинский казийских документов XIX нач. XXвв kataloglari chop etildi; 2001 yilda 3 jildli “Sharq minatyuralari katalogi; Al Xorazmiy va Al-Farg`oniyning matematika va astranomiyaga oid asarlari chop etiladi; Mirzo Ulug`bekning “Ziji Ko`ragoniy” (1996) ruscha tajrimasi, Imom Buxoriy, al Marg`inoniy, al –Motrudiylarning kitoblari hamda islom madaniyatiga oid naqshbandiya va yassaviya tarigatiga oid asarlari chop etiladi.1991 yili “Sharqshunoslik” nomli ilmiy almanax nashr etiladi. Sharqshunoslik institutida 130 ga yaqin ko`chirilgan hujjatlar nusxasi to`plamlari saqlanmoqda.Uning boy xazinasi YUNESKO ro`yxatiga kiritilgan.2001 yilda akademik A.Muhammadjonov tashabbusi bilan “Насиленые пункты Бухарского эмирата”nomli monjgrafiya chop etildi. Hujjatlarni nashr qilish tartibi. Hujjat keng ma`noda ma`lumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (kinoplyonka, magnitafon lentasi, perfokarta, qog`oz) ilmiy texnika hujjatlari (maqola, kitoblar, patentlar,chizmalar, jadvallar) huquqiy hujjatlar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar) boshqaruv hujjatlari (buyruqlar, ko`rsatmalar, qarorlar)ga bo`linadi. Download 88.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling